Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Тилшунослик • Языкознание • Linguistics RESUME


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/118
Sana19.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1102433
TuriЛитература
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.

39
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
RESUME. The article covers the national-cultural characteristics of hydronymic indicatives specific to the 
Uzbek and Karakalpak languages.
РЕЗЮМЕ. В статье рассматриваются национально-культурные особенности гидронимических изъ-
явлений характерных для узбекского и каракалпакского языков.
Philological research: language, literature, education
2022; 5-6(5-6)
Qabul qilingan sana: 16.11.2022
Nashr etilgan sana: 28.11.2022
ISNN: 2181-1741 (Print); ISNN: 2181-1725
EVFEMIZMLARDA GRADUONIMIK TAMOYILLAR 
Sirojiddin Turdimurodov
Termiz davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, 
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Tilshunoslik tarixiga nazar tashlasak, til muayyan 
qoidalarga bo‘ysunuvchi, bir qarashda bitta jadvalga 
sig’dirish mumkin bo‘lgan aniq xususiyatlarga ega, 
muloqot vositasi vazifasini o‘taydigan tushuncha si-
fatida o‘rganila boshlangan. Lekin vaqt o‘tishi bilan 
har qanday til o‘ziga xos murakkabliklarga, doimiy 
o‘zgaruvchan jarayonlarga uchraydigan ko’p qirrali 
obyekt ekanligini anglash mumkin.
Tilshunoslikda lisoniy birliklarning o‘zaro leksik-se-
mantik munosabatlari turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib 
(sinonimiya, antonimiya, omonimiya, polisemiya, gi-
ponimiya, meronimiya, partonimiya, plesionimiya), 
mazkur paradigmalarda til birliklari ularning deno-
tativ va konnotativ semalariga tayangan holda klas-
sifikatsiya qilinadi. Zamonaviy lingvistikada mazkur 
paradigmalar qatoriga graduonimiya (darajalanish) 
paradigmasi ham kiritish zarur. Zero, darajalanish 
hodisasining borliqda turli-tuman ko‘rinishda mavjud 
ekanligi olimlar
1
tomonidan isbot qilindi. Graduonimi-
ya (darajalanish) ilmiy atamasi asosida lisoniy bir-
liklarning tildagi muayyan bir belgisi oshib-kamay-
ib borishiga ko‘ra zidlanishi tushuniladi. O‘zbek 
tilshunosligida hozir “graduonimiya”, “graduonimik 
munosabat” va “darajalanish” atamalari deyarli si-
nonimlar sifatida qo‘llanilmoqda
2
.
O‘zbek tilidagi gradual sinonim qatorlarga xos 
muhim jihat shundaki, unda aynanlik belgisiga nis-

Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. – Тошкент: Фан, 
1995. – 130 б.

Джумабева Ж.Ш. Ўзбек ва инглиз тилларида лексик гра-
дуонимия. – Тошкент: Мумтоз сўз, 2014. – 147 б. 
batan farqlilik belgisi ustuvorlik qiladi. Xuddi shu xus-
usiyat evfemik graduonim qatorlarida ham aynanlik-
ka nisbatan farqlilik va ierarxik (pog‘onaviylik) xusu-
siyatining yuqorilik belgisi sezilishi bilan ajralib turadi. 
O‘zbek tilidagi leksemalar sinonimik qatordagi dara-
jalanish hodisasini aks ettiruvchi gradual sinoniуmiya 
umumiy ma’nosiga ko‘ra birlashuvchi ma’nodoshlar 
qatorida kuzatilishi, har bir ma’nodoshlik turida uning 
namoyon bo‘lishi yuzasidan ma’lum ishlar amalga 
oshirilgan
3
ligiga qaramasdan, bu borada jumladan, 
tadqiqotimiz obyekti hisoblangan evfemik ma’no-
dosh leksemalar qatorida graduonimiyaning yuzaga 
kelishi alohida tadqiq obyekti sanaladi.
Har bir tilda evfemik ma’noli leksemalarning 
keng qo‘llanilishi shu millat va xalqning milliy mu-
omala madaniyatining muhim belgisidir. Jamiyatda-
gi bo‘layotgan ijtimoiy o‘zgarishlar evfemizmlarga 
nazariy va amaliy jihatdan o‘zgarishlar kiritib, davr 
talabiga mos izohli lug‘atlarni mukammallashtirishni 
talab etmoqda
4
. Garchi o’zbek tili evfemizmlari tad-
qiqi yuzasidan ma’lum ishlar amalga oshirilganligiga 
qaramasdan, evfemik graduonimiya hodisasining 
tadqiq etilishi tadqiqottalab ishlardan hisoblanadi.
Til birliklari munosabatida qayd etiluvchi aynanlik 
va farqlilik tamoyili evfemik ma’nodosh leksemalar 
qatorida ham kuzatilishi bilan birga, o‘zbek tili nutq 

Pаҳмонов Ғ. Ўзбек тилида луғавий синонимия ва граду-
онимиянинг ўзаро муносабати. ф.ф.ф.д. ... дисс. – Фарғона, 
2019, – 21-б.

Турдимуродов С. Ўзбек тилининг изоҳли луғатларида эв-
фемик маънолар талқини. ф.ф.ф.д. ... дисс. – Термиз, 2022, 
– 139-б.


40
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
madaniyatining eng yuqori ko‘rinishi sifatida namoy-
on bo‘ladi. Tilshunos O.Bozorov so‘zning (lekseman-
ing) mazmun tomoniga ham, moddiy tomoni (shakli) 
hisoblanuvchi tovush tomoniga ham o‘zgarish, rivo-
jlanish, demak, o‘zgalanishlar xosligi, shu asosda 
yangi shakllanmalarning (leksema turlarining) vujud-
ga kelishi tabiiy bir hol ekanligini qayd etib, bu jaray-
onni chizmada quyidagicha tasvirlaydi:
Mazmun(ma’no): aynanlik → farqlilik → ziddiyat.
Shakl (tovush qobig‘i): aynanlik → farqlilik → zid-
diyat
1
.
E’tibor berilsa, leksemalarga xos aynanlik ularn-
ing zidlanishi uchun asos bo‘lgan belgi – farqlilik-
ka tomon o‘sib boradi. Qo‘llanilishi noo‘rin bo‘lgan 
so‘zlarning o‘rnida qo‘llaniluvchi evfemik ma’noli 
ma’nodosh leksemalar ham nutqda yumshoq qo‘llan-
ilishi nuqtayi nazaridan ma’lum farqliliklarga ega. 
Masalan, biror bir kishining sog‘ligida salbiy tomonga 
o‘zgarish bo‘lganligini anglatuvchi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
aytish noqulay bo‘lgan 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling