Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics RESUME
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Philological research: language, literature, education 2022; 5-6(5-6) Qabul qilingan sana
39
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics RESUME. The article covers the national-cultural characteristics of hydronymic indicatives specific to the Uzbek and Karakalpak languages. РЕЗЮМЕ. В статье рассматриваются национально-культурные особенности гидронимических изъ- явлений характерных для узбекского и каракалпакского языков. Philological research: language, literature, education 2022; 5-6(5-6) Qabul qilingan sana: 16.11.2022 Nashr etilgan sana: 28.11.2022 ISNN: 2181-1741 (Print); ISNN: 2181-1725 EVFEMIZMLARDA GRADUONIMIK TAMOYILLAR Sirojiddin Turdimurodov, Termiz davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Tilshunoslik tarixiga nazar tashlasak, til muayyan qoidalarga bo‘ysunuvchi, bir qarashda bitta jadvalga sig’dirish mumkin bo‘lgan aniq xususiyatlarga ega, muloqot vositasi vazifasini o‘taydigan tushuncha si- fatida o‘rganila boshlangan. Lekin vaqt o‘tishi bilan har qanday til o‘ziga xos murakkabliklarga, doimiy o‘zgaruvchan jarayonlarga uchraydigan ko’p qirrali obyekt ekanligini anglash mumkin. Tilshunoslikda lisoniy birliklarning o‘zaro leksik-se- mantik munosabatlari turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib (sinonimiya, antonimiya, omonimiya, polisemiya, gi- ponimiya, meronimiya, partonimiya, plesionimiya), mazkur paradigmalarda til birliklari ularning deno- tativ va konnotativ semalariga tayangan holda klas- sifikatsiya qilinadi. Zamonaviy lingvistikada mazkur paradigmalar qatoriga graduonimiya (darajalanish) paradigmasi ham kiritish zarur. Zero, darajalanish hodisasining borliqda turli-tuman ko‘rinishda mavjud ekanligi olimlar 1 tomonidan isbot qilindi. Graduonimi- ya (darajalanish) ilmiy atamasi asosida lisoniy bir- liklarning tildagi muayyan bir belgisi oshib-kamay- ib borishiga ko‘ra zidlanishi tushuniladi. O‘zbek tilshunosligida hozir “graduonimiya”, “graduonimik munosabat” va “darajalanish” atamalari deyarli si- nonimlar sifatida qo‘llanilmoqda 2 . O‘zbek tilidagi gradual sinonim qatorlarga xos muhim jihat shundaki, unda aynanlik belgisiga nis- 1 Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. – Тошкент: Фан, 1995. – 130 б. 2 Джумабева Ж.Ш. Ўзбек ва инглиз тилларида лексик гра- дуонимия. – Тошкент: Мумтоз сўз, 2014. – 147 б. batan farqlilik belgisi ustuvorlik qiladi. Xuddi shu xus- usiyat evfemik graduonim qatorlarida ham aynanlik- ka nisbatan farqlilik va ierarxik (pog‘onaviylik) xusu- siyatining yuqorilik belgisi sezilishi bilan ajralib turadi. O‘zbek tilidagi leksemalar sinonimik qatordagi dara- jalanish hodisasini aks ettiruvchi gradual sinoniуmiya umumiy ma’nosiga ko‘ra birlashuvchi ma’nodoshlar qatorida kuzatilishi, har bir ma’nodoshlik turida uning namoyon bo‘lishi yuzasidan ma’lum ishlar amalga oshirilgan 3 ligiga qaramasdan, bu borada jumladan, tadqiqotimiz obyekti hisoblangan evfemik ma’no- dosh leksemalar qatorida graduonimiyaning yuzaga kelishi alohida tadqiq obyekti sanaladi. Har bir tilda evfemik ma’noli leksemalarning keng qo‘llanilishi shu millat va xalqning milliy mu- omala madaniyatining muhim belgisidir. Jamiyatda- gi bo‘layotgan ijtimoiy o‘zgarishlar evfemizmlarga nazariy va amaliy jihatdan o‘zgarishlar kiritib, davr talabiga mos izohli lug‘atlarni mukammallashtirishni talab etmoqda 4 . Garchi o’zbek tili evfemizmlari tad- qiqi yuzasidan ma’lum ishlar amalga oshirilganligiga qaramasdan, evfemik graduonimiya hodisasining tadqiq etilishi tadqiqottalab ishlardan hisoblanadi. Til birliklari munosabatida qayd etiluvchi aynanlik va farqlilik tamoyili evfemik ma’nodosh leksemalar qatorida ham kuzatilishi bilan birga, o‘zbek tili nutq 3 Pаҳмонов Ғ. Ўзбек тилида луғавий синонимия ва граду- онимиянинг ўзаро муносабати. ф.ф.ф.д. ... дисс. – Фарғона, 2019, – 21-б. 4 Турдимуродов С. Ўзбек тилининг изоҳли луғатларида эв- фемик маънолар талқини. ф.ф.ф.д. ... дисс. – Термиз, 2022, – 139-б. 40 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics madaniyatining eng yuqori ko‘rinishi sifatida namoy- on bo‘ladi. Tilshunos O.Bozorov so‘zning (lekseman- ing) mazmun tomoniga ham, moddiy tomoni (shakli) hisoblanuvchi tovush tomoniga ham o‘zgarish, rivo- jlanish, demak, o‘zgalanishlar xosligi, shu asosda yangi shakllanmalarning (leksema turlarining) vujud- ga kelishi tabiiy bir hol ekanligini qayd etib, bu jaray- onni chizmada quyidagicha tasvirlaydi: Mazmun(ma’no): aynanlik → farqlilik → ziddiyat. Shakl (tovush qobig‘i): aynanlik → farqlilik → zid- diyat 1 . E’tibor berilsa, leksemalarga xos aynanlik ularn- ing zidlanishi uchun asos bo‘lgan belgi – farqlilik- ka tomon o‘sib boradi. Qo‘llanilishi noo‘rin bo‘lgan so‘zlarning o‘rnida qo‘llaniluvchi evfemik ma’noli ma’nodosh leksemalar ham nutqda yumshoq qo‘llan- ilishi nuqtayi nazaridan ma’lum farqliliklarga ega. Masalan, biror bir kishining sog‘ligida salbiy tomonga o‘zgarish bo‘lganligini anglatuvchi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytish noqulay bo‘lgan Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling