Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
alas-alas (I; 38), anbar II (I; 46), boqon solmoq
(I; 141), idishqaytti (I; 314), issiq-sovuqchi (I; 337), yig‘ichi (I; 350), yig‘lamoq (I; 351), yo‘qlov (I; 355), katta xotin (I; 372), kelin ko‘rmoq (I; 377), kelin- tushdi (I; 377), mol yoyar (I; 470), mol yig‘ar (I; 470), sartaxta (II; 25), sarhafta (II; 26), non (yoki paxta) silamoq (II; 46), tavanboshi (II; 104), uyko‘rar (II; 269), chillakuro‘zon (II; 368) kabi ko‘plab etnografik birliklarga illustrativ misollar berilmagan. Illustrativ misollar, garchi har bir ma’noning izo- hidan so‘ng berilsa-da, izohlanuvchi birlikning (jum- ladan, bosh so‘zning) aytilgan talablar asosida kiritilganligini, unga qo‘yilgan grammatik va uslubiy belgilarning to‘g‘riligini, izohlanuvchi birlik ma’nosi (ma’nolari)ning to‘g‘ri, aniq belgilanganligini, nihoyat, har bir ma’noga berilgan izohning to‘g‘riligini tas- diqlash uchun keltiriladi 2 . Bir so‘z bilan aytganda, et- nografik birliklarning lug‘atlarda berilishidan ko‘zlan- gan asosiy maqsad foydalanuvchi (o‘quvchi)ni shu so‘zlikda ifodalagan voqelikdan xabardor qilish his- oblanadi. Etnografik leksemalar bosh so‘z sifatida keltiril- gan etnoleksemalarning grammatik va uslubiy xusu- siyatlarini ifodalashga xizmat qilmasligiga ko‘ra ilmiy atamalarga o‘xshaydi. Mana shu sabab ham izohli lug‘atlarda etnografizmlarga tuzilgan lug‘at maqo- lalarini illustrativ misollar bilan ta’minlash zarurati yo‘q. Besh jildli izohli lug‘atda etnografizmlarni berish, izohlash, umuman, lug‘at maqolasini tuzishda sezi- larli yutuqlarga erishildi. Ikki jildli izohli lug‘atga nis- batan etnografizmlar miqdori ko‘paydi. Biroq o‘zbek tili etnoleksikasiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borish va ularning amaliy natijasi sifatida hududiy va umumiy milliy madaniy semaga ega lug‘atlar yaratish ehtiyoji mavjud. 2 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ўзбекистон миллий энци- клопедияси 5-томлик, 1-том. -Тошкент, 2006-2008. – Б. 19. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling