Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/118
Sana19.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1102433
TuriЛитература
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.

cho‘l, daryo, soy, qishloq, quduq, jar va boshqalar. 
Qoratog‘, Mirzacho‘l, Sirdaryo, Uzunquduq, Qiziljar
7

Gidronimik indikatorlar muayyan xalq, millat ruhi-
yati, ularning milliy-madaniyati, tarixini tavsiflashi 
barobarida nomlashning o‘ziga xos sabablari mav-
judligi bilan ajralib turadi. Shu nuqtayi nazardan, 
o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi gidronimik indikator-
larda millat milliy-madaniyatiga daxldor hayot tarzi 
mujassam. Ularni qiyoslash natijasida madaniyat-
lararo xususiyatlarning lisonda qay tarzda ifodalan-
ishidan boxabar bo‘lish mumkin. 
Gidronimik indikatorlar, ya’ni suv bilan bog‘liq 
nomlar o‘zida ma’lum bir voqea, hodisa, tarixni 
umumlashtiradi. Har bir gidronimik indikatorning 
shakllanish tarixi, nomlanishiga taalluqli sabablar 
mavjud. Ularni o‘tmishda xalq yaratganligi uchun 
zamirida millat madaniyati, ularning turmush tarzi, 
hayot kechirish jarayonlari yashiringan.
Gidronimik indikatorlar, avvalo, toponimlar 
ma’nosini izohlashda tayanch nuqta vazifasini o‘tay-
di. Chunki ular jo‘g‘rofiy nomlar tarkibida kelib, obyekt 
haqida aniq tasavvur hosil qilinishini ta’minlaydi. Bu 
bilan gidronimik indikatorlarning nafaqat toponim-
lar ma’nolarini sharhlash uchun xizmat qilishi, balki 
o‘zi ham muayyan hudud relefi, sharoiti, jo‘g‘rofiy 
joylashish o‘rnini izohlashda muhim ahamiyat kasb 
etishi ayon bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki, gidronimik in-
dikatorlar xususidagi mulohazada ularning bajaradi-
gan vazifalari ko‘rsatilgan: 1) gidronim ifodalayotgan 
suv obyekti va inshootning turini ko‘rsatadi, konkret-
lashtiradi; 2) obyektni nomlashda gidronim tarkibida 
qatnashadi: 3) suv obyekti yoki inshootni xarakter-
laydi; 4) suv obyektini boshqa shunday obyektdan 
farqlaydi
8
. Haqiqatan ham, turkiy tillarga mansub 
o‘zbek va qoraqalpoq tillari gidronimik indikatorlarga 
juda boy. Ular gidronim tarkibida suv obyekti turini 
asoslab, uni tavsiflash xarakteriga ega. Shuningdek, 
ma’lum hududda mavjudligiga ko‘ra o‘sha xududning 
boshqasidan farqli tomonlarini ko‘rsatadi. Ana shun-
day gidronimik indikatorlarning xilma-xilligi, mazmuni 
jihatidan rang-barangligiga qarab o‘tmishda yasha-
gan ota-bobolarimizning zehniga qoyil qolmaslikning 
iloji yo‘q. 
O‘zbek va qoraqalpoq millatiga mansub gidroni-
mik indikatorlar uzoq tarixiy davrlardagi xalqlarning 
boy tajribasi natijasidir. Ularda xalqning turmushi, 
tarixi, madaniyati hamda o‘tmishdagi ijtimoiy, iqti-
sodiy va siyosiy hayotiga doir tasavvurlar o‘z aksini 
topgan. Har ikki xalq gidronimik indikatorlari, birin-
chi navbatda o‘zi ifodalaydigan mazmundan kelib 
chiqib, jo‘g‘rofiy joylashish o‘rinni, o‘sha hududning 
7
Қораев С. Кўрсатилган манба. – Б. 213. 

Улуқов Н. Кўрсатилган мақола. – Б. 83. 


38
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
tabiiy iqlim sharoitini izohlasa, ikkinchidan, shu man-
zilda istiqomat qilayotgan kishilarning tarixiy o‘tmi-
shi, urf-odatlari, madaniyati, ularning atrofda sodir 
bo‘layotgan voqea-hodisalarga munosabatini aks et-
tirishga xoslangan. Demak, ma’lum hududga tegishli 
gidronimik indikatorlar orqali ana shu joyda yashay-
digan xalqning tarixiy o‘tmishi, tabiati, hayvonot va 
nabotot olamiga oid tushunchaga ega bo‘lish mum-
kin.
Qoraqalpog‘istonda Orol dengizi, Amudaryo bilan 
birga kól, dárya, arna, izeykesh, aydın, qudıq, jap, 
salma kabi bir qancha suv obyekti mavjud
1
. Bularn-
ing o‘zi jo‘g‘rofiy nomlar yoki gidronimlar bo‘lsa, ular-
ga til birliklarining qo‘shilishi natijasida Ámiwdárya, 
Maqsımqudıq, Tentek jap kabi yangi gidronimlar 
hosil bo‘lgan
2
. Biz ham bunday, kól, dárya, arna, 
izeykesh, aydın, qudıq, jap, salma singari suv obyek-
tlarini izohlovchi nomlarni gidronimik indikatorlar deb 
atash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 
Haqiqatan, gidronimik indikatorlar o‘zining joy-
lashgan o‘rni, ko‘lami, o‘sha suv obyekti atrofida 
yashagan xalqlarning qo‘shnichilik munosabatla-
rini ifodalab turli xil nomlangan. Shunga ko‘ra, ular 
xalqlarning uzoq yillik o‘tmishi, shu bugungacha 
bosib o‘tgan tarixiy yo‘lini o‘zida gavdalantirishi shub-
hasiz.
Gidronimik indikatorlar haqida ma’lumot beruv-
chi manbada ariq, botqoq, bosh buloq, og‘iz, odoq 
(oyoq), soy, suv, quloq, quduq, ko‘l, o‘zan kabi turkiy, 
arna, jo‘y, koriz, nova, chashma, daryo kabi fors-to-
jikcha, nahr, hovuz, sel singari arabcha suv obyek-
tlarning leksik-semantik, etimologik xususiyatlari tah-
lil etilgan
3
. Z.Do‘simov o‘z ishida ko‘l, arna, yap, sal-
ma va boshqa gidronimlarni izohlagan
4
. Gidronimik 
indikatorlar talqiniga qaratilgan yana bir ishda ular 
daryo, kanal, soy, ko‘l, buloq, ariq, quduq, hovuz, zo-
vur, to‘g‘on va quvur kabi guruhlarga ajratilgan
5
.
Qoraqalpoq tilshunosligidagi gidronimlar max-
sus o‘rganilgan ishda arna, arıq(salma), aydın, bu-
laq, dárya, darǵa, jaǵıs, jap, jar, jarmıs/jarǵan, jar-
ma, jasqa, jılǵa, jıqqın, izeykesh, kól, kópir, qaq, 
qudıq hám quyı, oy, ózek/ózen, saǵa, say, salma, 
suw, tuba, háwiz, shúńgil kabi suv manzillari nom-

Мамбетова Г. Ж. Қарақалпақстанның арқа районлары 
гидронимлери: Филол. фан. фалсафа док-ри дисс (PhD). – 
Нукус, 2018. – Б. 14. 

Ўша иш. – Б. 29.

Бегалиев Н. Самарқанд вилояти гидронимлари (лисо-
ний таҳлил): Филол.фан.номз….дис. автореф. –Самарқанд, 
1994.

Дусимов З. Топонимы Северного Хорезма: Автореф. 
дис. … канд. филол. наук. – Ташкент, 1970. – С. 8-9. 

Охунов Н. Топонимлар ва уларнинг номланиш хусусият-
лари. – Тошкент: Фан, 1989. –Б. 36.
lari “apellyativlar” tarkibida qaralgan
6
. Qoraqalpog‘is-
tonning Shimbay tumani toponimlari tadqiq etilgan 
monografiyada ham gidronimik indikatorlar haqida 
so‘z yuritilib, arna, kanal, arıq, jap, salma, jarǵan, iy-
rim, bulaq, kól, qudıq, háwiz, ataw, jar, asha, tarnaw, 
damba, qashı singari suv obyektlari nomlari yoritil-
gan
7

O‘zbek va qoraqalpoq xalqlari orasida milliy-
madaniy xususiyatlari bo‘rtib turgan gidronimik in-
dikatorlarni yoritish davomida biz tilshunoslikdagi 
“olam lisoniy manzarasi” tushunchasini “olam fonetik 
manzarasi” shaklida qo‘llashni afzal bildik. Chunki 
olam manzarasi nafaqat lisondagi leksikada, bal-
ki dastlab, leksik sath takomilining tirgagi bo‘lgan 
fonetikada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Zero, to‘g‘ri 
qayd qilinganidek, “olamning lisoniy tasviri haqi-
da gap ketganda, ko‘proq leksika va frazeologiya 
bo‘yicha fikrlar bildiriladi-yu, grammatika va fonetika 
nazardan chetda qoladi. Holbuki, til yaxlit sistema 
ekan, olamning lisoniy matritsasi, modeli sifatidagi til 
fonetik va grammatik vositalarsiz ushbu manzarani 
hosil qila olmaydi”
8
. Demak, o‘zbek va qoraqalpoq 
tillaridagi lingvokulturologik birliklar guruhiga man-
sub atoqli otlar, ya’ni gidronimik indikatorlar tahlili 
natijasida fonetika va leksikaning bir-biri bilan cham-
barchas bog‘liqligini, biri ikkinchisidan ajralmas hod-
isalar ekanligini anglash mumkin. Shu o‘rinda qayd 
qilish joiz, aslida, o‘zbek va qoraqalpoq tillari kelib 
chiqishiga ko‘ra bir o‘q ildizni shakllantiradi. O‘zbek 
va qoraqalpoq xalqlari uzoq asrlar mobaynida bir 
hududda yonma-yon yashab kelishiga qaramay, qa-
dimgi davrlardan boshlab shu bugungacha ularning 
o‘z milliy-madaniyati vujudga kelgan. Bunda har bir 
xalqning milliy nigohi, tasavvur va tafakkuri, dun-
yoni anglashi muhim rol o‘ynagan. Xullas, o‘zbek 
va qoraqalpoq tillarida bir-biriga o‘xshash, biri ikkin-
chisini aynan takrorlaydigan gidronimik indikatorlar 
behisob. Yuzaki qaraganda o‘sha gidronimik indika-
torlarlarni ajratib turadigan hech qanday alomat mav-
jud emasdek tasavvur hosil bo‘ladi. Biroq ular millat 
madaniyatini ifodalash xususiyatiga ko‘ra qaysi jihati 
bilandir, albatta, farqlanadi. Xususan, bunday tafovut 
dastavval olam fonetik manzarasining har ikki xalq 
lisonidagi tasviri orqali yaqqol namoyon boladi. Bu 
esa madaniyatlararo xususiylikni o‘zida jamlagan gi-
dronimik indikatorlarning lisonda muayyan manzara 
yarata olish imkoniyatlari talqiniga ko‘proq e’tibor qa-
ratish lozimligini asoslaydi.
6
Мамбетова Г.Ж. Кўрсатилган иш. – Б. 30-46. 

Абишов Г. Шымбай районы топонимлери: монография. – 
Нөкис: Qaraqalpaqstan, 2020. – Б. 40-50.

Ботирова А. Оламнинг лисоний тасвири ва сўзларнинг 
функционал ихтисослашуви // Ўзбек тили ва адабиёти. – 
Тошкент, 2020. –№4. – Б. 120-121.



Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling