72
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
Giponimiya
Graduonimiya
Bir o‘zgarmas sema atrofida birlashishi
Paradigma a’zolari ma’nosida belgining o‘zgarishi
(ko‘payishi yoki kamayishi)
2-jadval.
Giponimiya va graduonimiya munosabati
Professor R.Sayfullayeva hammuallifligidagi
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv qo‘llanmasida gi-
ponimiya haqidagi fikrlar bildirar ekan giponimik mu-
nosabatda giperonim (jins) va giponim farqlanishi.
Giperonim jins belgisini bildirgan predmetning no-
mini ifodalovchi ko‘pgina ma’noni semantik jihatdan
umumlashtiruvchi mikrotizimning markaziy leksema-
si, dominantasi sifatida namoyon bo‘luvchi lug‘aviy
birlik ekanligi. Giponim esa ma’lum jins turining nomi-
ni hamda o‘zining semantik tarkibida implisit tarzda
jins ma’nosini ham ifodalovchi, semantik jihatdan gi-
peronimga nisbatan boy bo‘lgan lug‘aviy birlik ekan-
ligiga alohida to‘xtalingan. Shuningdek, giponimiya
hodisasida ham xuddi graduonimiya kabi qatorlar
mavjud ekanligi haqida fikr yuritilib quyidagicha mi-
sol berilgan. “Har bir gipo-giperonimik qator cheklan-
magan miqdorda lug‘aviy lakunaga ega bo‘ladi. Bu
bo‘sh xona ayni bir jinsning turli belgisi bilan chega-
ralanmagan miqdorda to‘lib borish imkoniyatiga ega.
Masalan, 10 ta uzum nomini biluvchi odam uchun
o‘zbek tilidagi 600 ta uzum navi nomining 590 tasi
lug‘aviy lakuna hisoblanadi.”
1
Ushbu ikki holatda
ham ularning har-birida ma’lum bir mavzuiy guruh
sifatida birlashish va qatorni hosil qilish imkoniyati
borligini ham qayd qilib o‘tish lozim.
Leksik-semantik munosabatlar tizimida yana bir
munosabatlardan biri meronimiya (partonimiya)dir.
O‘zbek tilshunosligida meronimiya hodisasi tilshunos
B.Qilichev tomonidan ilk bor monografik planda par-
tonimiya nomi ostida tadqiqi qilingan
2
. Meronimiyada
butunnom bo‘laknomi o‘rnida qo‘llanadi. Graduonim-
larda esa qatordagi yonma – yon turgan a’zolar
bir-birining o‘rnida qo‘llanilish holatlarini kuzatish
mumkin.
3
Graduonimya va meronimiya hodisalari-
ni quyidagi jadval asosida ularning yuzaga kelishini
morfologik jihatdan tahlil qilganimizda graduonimi-
yaning yuzga kelishi meronimiyaga nisbatan ancha
keng ekanligi ushbu jadvalni ular o‘rtasidagi farqlar-
ni aniqlashimiz uchun bevosita yordam berishini
ko‘rishimiz ham mumkin bo‘ladi. (3-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |