Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Тилшунослик • Языкознание • Linguistics Giponimiya


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/118
Sana19.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1102433
TuriЛитература
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   118
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.

72
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
Giponimiya
Graduonimiya
Bir o‘zgarmas sema atrofida birlashishi
Paradigma a’zolari ma’nosida belgining o‘zgarishi 
(ko‘payishi yoki kamayishi)
2-jadval.
 Giponimiya va graduonimiya munosabati
Professor R.Sayfullayeva hammuallifligidagi 
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv qo‘llanmasida gi-
ponimiya haqidagi fikrlar bildirar ekan giponimik mu-
nosabatda giperonim (jins) va giponim farqlanishi. 
Giperonim jins belgisini bildirgan predmetning no-
mini ifodalovchi ko‘pgina ma’noni semantik jihatdan 
umumlashtiruvchi mikrotizimning markaziy leksema-
si, dominantasi sifatida namoyon bo‘luvchi lug‘aviy 
birlik ekanligi. Giponim esa ma’lum jins turining nomi-
ni hamda o‘zining semantik tarkibida implisit tarzda 
jins ma’nosini ham ifodalovchi, semantik jihatdan gi-
peronimga nisbatan boy bo‘lgan lug‘aviy birlik ekan-
ligiga alohida to‘xtalingan. Shuningdek, giponimiya 
hodisasida ham xuddi graduonimiya kabi qatorlar 
mavjud ekanligi haqida fikr yuritilib quyidagicha mi-
sol berilgan. “Har bir gipo-giperonimik qator cheklan-
magan miqdorda lug‘aviy lakunaga ega bo‘ladi. Bu 
bo‘sh xona ayni bir jinsning turli belgisi bilan chega-
ralanmagan miqdorda to‘lib borish imkoniyatiga ega. 
Masalan, 10 ta uzum nomini biluvchi odam uchun 
o‘zbek tilidagi 600 ta uzum navi nomining 590 tasi 
lug‘aviy lakuna hisoblanadi.”
1
Ushbu ikki holatda 
ham ularning har-birida ma’lum bir mavzuiy guruh 
sifatida birlashish va qatorni hosil qilish imkoniyati 
borligini ham qayd qilib o‘tish lozim. 
Leksik-semantik munosabatlar tizimida yana bir 
munosabatlardan biri meronimiya (partonimiya)dir. 
O‘zbek tilshunosligida meronimiya hodisasi tilshunos 
B.Qilichev tomonidan ilk bor monografik planda par-
tonimiya nomi ostida tadqiqi qilingan
2
. Meronimiyada 
butunnom bo‘laknomi o‘rnida qo‘llanadi. Graduonim-
larda esa qatordagi yonma – yon turgan a’zolar 
bir-birining o‘rnida qo‘llanilish holatlarini kuzatish 
mumkin.
3
Graduonimya va meronimiya hodisalari-
ni quyidagi jadval asosida ularning yuzaga kelishini 
morfologik jihatdan tahlil qilganimizda graduonimi-
yaning yuzga kelishi meronimiyaga nisbatan ancha 
keng ekanligi ushbu jadvalni ular o‘rtasidagi farqlar-
ni aniqlashimiz uchun bevosita yordam berishini 
ko‘rishimiz ham mumkin bo‘ladi. (3-jadval)

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling