Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics Philological research: language, literature, education
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muqaddas Kasimova
69
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics Philological research: language, literature, education 2022; 5-6(5-6); Qabul qilingan sana: 16.11.2022 Nashr etilgan sana: 28.11.2022 ISNN: 2181-1741 (Print); ISNN: 2181-1725 GRADUONIMIYANING LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATLAR TIZIMIDAGI O‘RNI Muqaddas Kasimova, Termiz davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Graduonimiyaning leksik-semantik munosabatlar tizimidagi o‘rni masalasi bilan jiddiy shug’ullangan olimlardan biri Eduard Sepirdir. U graduonimik qa- torning mavjudligi va leksik-semantik munosabatlar tizimi haqida o‘zining qimmatli fikrlarini bayon qil- gan. 1 Tilshunos olimlar: R.Safarova va Sh.Orifjon- ovalar graduonimiya hodisasining leksik sistemasi- dagi o‘rni haqida quyidagicha fikr bildirgan. “Leksik sistemada uchrovchi munosabatlarning salmoqli qismini giper-giperonimik (jins-tur) va graduonimik (darajalanish) munosabatlari tashkil etadi” 2 ushbu fikrga professor A.Sobirov quyidagicha tushuntir- ish beradi. “ Masalan, “qor” so‘zi yomg’ir, do‘l, jala, qirov, shudring, shabnam so‘zlari bilan birgalikda yog’in leksik-semantik guruhini tashkil qiladi. Maz- kur paradigmatik qatorda yog‘in giperonim (tur), qor, yomg’ir, do‘l, jala, qirov, shudring giponim (jins) sanaladi. Graduonimiya (darajalanish)ni sinonimiya (ma’nodoshlik)dan farqlash lozim. Sinonimiya ifoda plani har xil, lekin mazmun planiga ko‘ra bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlardir. Bizningcha, bu ikki hodisani farqlashda so‘zlarning denotativ hamda konnotativ asoslariga tayanib ish ko‘rish lozim ” 3 . O. Bozorov fonetik, leksik va sintaktik sathlardagi graduonimiya (darajalanish)ga atroflicha to‘xtalar ekan, lug‘aviy darajalanishga alohida baho beradi. Lug’aviy da- rajalanishning denotativ va konnotativ ma’nolarda voqelanishini, antonimiya va sinonimiyani shakllan- 1 Сепир Э. Градуирование. НЗЛ. Выпуск XVI. Лингвистиче- ская прагматика. – М.:1985. –504 c. 2 Орифжонова Ш. Ўзбек тилида луғавий градуонимия: Фи- лол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 1996. – 113 б.; Сафарова Р. Гипонимия в узбекском языке (на материале общеупотре- бительных зоонимов): Дисс. ... канд. филол. наук. – Таш- кент, 1990. 3 Собиров А. Ўзбек тилининг лексик сатҳини системалар системаси тамойили асосида тадқиқ этиш. – Тошкент: Маъ- навият, 2004. –36 б. tirishga xizmat qilishini uqtirib o‘tadi 4 . Sh. Orifjonova “graduonimik qatorlarning lug‘aviy tizimda ajratish va o‘rganish so‘zlararo ma’noviy munosabatlarni tad- qiq qilish ishiga aniqliklar kiritilishi va ularni to‘ldirishi mumkin”ligini ta’kidlaydi 5 . A.Sobirovning fikricha, semantik maydondagi paradigma a’zolari o‘rtasidagi munosabat turlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1. Sinonimik (ma’nodoshlik) munosabati. 2. Giper-giponimik (jins-tur) munosabati. 3. Xolo-meronimik (butun-bo‘lak) munosabati. 4. Graduonimik (leksik darajalanish) munosabati. 5. Funksionimik (vazifadoshlik) munosabati. 6. Zidlik munosabati 6 . Ushbu tasnif ham bizningcha mukammal emas sababi leksik-semantik munosabatlar tarkiban yuqo- ridagi tasnifdan ko‘proq ekanligi ma’lum. O‘zbek tilshunosligida darajalanish hodisasining semantik maydonlarda namoyon bo‘lishi masalasi- ga tilshunos olim A.Sobirov o‘z tadqiqotida alohida to‘xtalgan. “Semantik maydonlardagi leksik darajal- anish (graduonimiya) bir necha ko‘rinishlarda amal- ga oshadi. Boshqacharoq qilib aytadigan bo‘lsak, u maydon ierarxiyasining o‘zagini, qolipini tashkil qil- ishda asosiy vosita vazifasini o‘taydi. Tilshunos olima J.Jumaboyeva leksik-semantik munosabatlar tizimida graduonimiyaning boshqa boshqa munosabatlar bilan munosabatini sharhlar ekan o‘zbek tilshunosligida graduonimiya masalala- rini monografik aspektda o‘rgangan olim O.Bozorov fikrlariga tayangan holda quyidagi jadvalda bayon qiladi. (1-jadval) 4 Базаров О. Ўзбек тилида даражаланиш: Филол. фан. докт. ... дисс. – Тошкент, 1997. – 44 б. 5 Орифжонова Ш. Ўзбек тилида луғавий градуонимия: Фи- лол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 1996. – 24 б. 6 Собиров А. Ўзбек тилининг лексик сатҳини системалар системаси тамойили асосида тадқиқ этиш. – Тошкент: Маъ- навият, 2004. –140 б. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling