Piroklastik tog‘ jinslarini makroskopik ta’riflash


Download 14.55 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi14.55 Kb.
#1185175
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot №1 Cho‘kindi tog‘ jinslarini makroskopik tahlili (1)


AMALIY MASHG‘ULOT №1


CHO‘KINDI TOG‘ JINSLARINI MAKROSKOPIK TAHLILI (PIROKLASTIK, CHAQIQ, GILLI TOG‘ JINSLARI).


Piroklastik tog‘ jinslarini makroskopik ta’riflash


Vulkanoklastik materialning cho‘kmaga o‘tishi cho‘kindi havzasiga kelib tushishi bilan uzviy bog‘liq. Lava oqimlari, piroklastik materiallar va boshqalarning cho‘kindi havzasiga kelib tushishi bevosita cho‘kmaga o‘tish bilan birga kechadi. Vulkan konuslari etaklarida vulkanlarning eruptiv faoliyati tufayli yuzlab metr qalinlikdagi vulkanogen-cho‘kindi jinslar to‘planadi
Vulkanoklastik (vulkanogen-bo‘lakli) jinslar otqindi va cho‘kindi jinslar o‘rtasidagi oraliq o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ularning tasnifida moddiy tarkib va bo‘laklar o‘lchami hamda vulkanoklast jinslarga xos bo‘lgan moddalarning agregat holati, sementatsiya tipi va qo‘shimchalar xarakteri kabilar hisobga olinuvchi shu ikki tipdagi jinslarning tasnifidan foydalanilgan.
Vulkanoklastik jinslar orasida effuziv-bo‘lakli lavoklastitlar va eksploziv-bo‘lakli piroklastitlar va tefra ajratiladi.
Lava sementli effuziv-cho‘kindi jinslar – bu butunlay yoki ko‘pchiligi (50% dan ortiq) lavali bo‘lakli materialdan iborat bo‘lgan vulkanoklast jinslardir. Effuziv-bo‘lakli jinslar orasida lavobrekchiyalar, klastolavalar, tufolavalar ajratiladi.
Lavobrekchiyalar – lavali sementga ega bo‘lgan lava bo‘laklaridan tarkib topgan tog‘ jinslaridir. Lava bo‘laklarini sementlovchi lava ulardan tarkibi, strukturasi yoki teksturasi bilan farq qilmaydi. Lavobrekchiyalar asosan dag‘al bo‘lakli hosilalarga kiradi.
Klastolavalar – lavali sementga ega bo‘lgan va kimyoviy tarkibi va strukturasi bilan undan farq qiluvchi lava bo‘laklaridan tarkib topgan tog‘ jinslaridir. Klastolavalarda bo‘lakli material miqdori 30% gacha boradi.

Tufolavalar – mayda g‘ovakli steklovatadan-tutashtiruvchi massadan tarkib topgan tog‘ jinslari bo‘lib, ularda o‘lchami 10 mm gacha bo‘lgan kristallar va pemza bo‘laklari (vulkan shishasi) bo‘ladi.




Qumli tog‘ jinslarini makroskopik ta’riflash


Qumli tog‘ jinslarini to‘liq ta’riflash uchun quyidagilarni bilish zarur: a) zarralarning o‘lchami; b) ularning shakli; v) jinsning rangi; g) zarralarning mineral tarkibi; d) yangi hosil bo‘lgan minerallarning aralashmalari va organik qoldiqlar; ye) semonning mineral tarkibi va uning ikkilamchi o‘zgarishi; j) uning tuzilishi va zarralar bilan nisbati; z) jinsning qattiqligi; i) jinsning teksturasi; k) semon va zarralarning ikkilamchi o‘zgarish izlari.
Qumli jinslarni makroskopik o‘rganish natijasida ularni to‘g‘ri aniqlash va asosiy xossalariga qisqa ta’rif berish kerak.

Qumli tog‘ jinslarini makroskopik ta’riflash namunasi. Qumtosh och kulrang, o‘rta zarrali, alevritli, shag‘al bilan gilli, kvarsli biotit bilan, karbonat semonli, tartibsiz tuzilishi bilan sochiluvchan, qalin qat-qatli.




Gilli tog‘ jinslarini makroskopik ta’rifi


Gilli tog‘ jinslarini o‘rganib, ularni qumli jinslar kabi to‘g‘ri va to‘liq, aniq nomlash va ta’riflash kerak. Gilli tog‘ jinslarini makroskopik ta’riflaganda quyidagilarga ahamiyat berish kerak: a) jinsning nomi va uning tarkibini o‘zgartiruvchi sezilarli aralashmalar; b) jinsning rangi (quruq va nam holida); v) jinsning xossalari (yog‘lik, quruq, qayishqoq, namlanmaydigan, ohaktoshli va hokazolar); g) makroskopik aniqlanadigan mineral qo‘shimchalar, chaqiq va yangi hosil bo‘lgan; d) organik qoldiqlar; ye) teksturasi. Gil jinslarni ta’riflaganda iloji boricha taxminiy bo‘lsa ham miqdorini ko‘rsatish kerak.

Gilli tog‘ jinslarini ta’riflash namunasi. Gil alevritli, to‘q kulrang qora dog‘li, quruq, namlanuvchan, qushimchalardan qisman slyuda va piritning mayda zarralari, o‘simlik qoldiqlari uchraydi, yupqa varaqsimon (pirit va o‘simlik qoldiqlarining varaqasimon joylashishi natijasida).


Download 14.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling