Pirometallurgiya fanidan ma'ruza mashg’ulotlari
Bir necha sulfidlarning oksidlanish termodinamik ko’rsatkichlari
Download 0.91 Mb.
|
Маьруза Пирометаллургия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9 - ma’ruza ERITMA HOLATDAGI SULFIDLARNI OKSIDLANISHI Reja
Bir necha sulfidlarning oksidlanish termodinamik ko’rsatkichlari
9 - ma’ruza ERITMA HOLATDAGI SULFIDLARNI OKSIDLANISHI Reja: 1. Eritma holatdagi sul’fidlarni oksidlanishi. 2. Murakkab sul’fid eritmalarini oksidlanish termodinamikasi. Kalit so’zlar: reaksiya muvozanatining o’zgarmas doimiyligi, termodinamika, shteyn, fazalararo tortilish, pirometallurgik jarayonlar. Ko’p sulfatlar 1100°C va undan yuqori haroratlarda termodinamikasi doimiy emas, shuning uchun eritmadagi sulfid va shteynlarning oksidlanishi metall va oksid xosil qilish bilan oqib o’tadi. Oksidlanish jarayonida metall hosil bo’lish ehtimolligini termodinamika yo’li bilan baholash mumkin. Metall quyidagi reaksiya natijasida hosil bo’lishi mumkin MeS + 2MeO = 3Me + SO2 Shu reaksiya uchun K1 = Bu reaksiya muvozanatini uchta reaksiya muvozantlarini bir-biriga qo’shilgan holatda qabul qilsa bo’ladi bular: sulfid, oksid va oltingugurt angidridining ajralish reaksiyalaridir. Birinchi muvozanatni ta’rifini tasvirlaydi, ikkinchisi esa - SO2 ajralish reaksiyasi SO2 =1/2S2 + O2. Bundan Reaksiya ishtirokchilarining termodinamik ko’rsatkichlarini va SO2ning ajralish reaksiya muvozanatining o’zgarmas doimiyligini bilgan holda, har qaysi haroratda MeS va MeO bir-biri bilan o’rin olish reaksiyasining amalga oshirilishining termodinamik ehtimolligini hisoblab chiqish mumkin. K2 muvozanat o’zgarmas doimiylik qiymatini tenglama orqali aniqlanadi: Agar > (sirtqi texnologik agregatdagi SO2ni parsial bosimi) bo’lsa, bir-biri bilan aloqa bog’lashlari mumkin. Umuman, sulfid oksid bilan o’zaro aloqa bog’lanishi bilan har xil metallarni olish mumkin. Lekin, har bir metall uchun o’ziga xos harorat borki, bu haroratdan boshlab MeS va MeO orasidagi reaksiya ehtimolligi bo’ladi va metall olinadi. Bu turli reaksiyalar metallni kislorod va oltingugurtga tortilish kuchi qancha kam bo’lsa, shuncha oson o’tadi (Cu, Pb, Vi, Sb). Ajralish tarangligining katta qiymatlari past haroratlarda ham SO2 ni yuqori bosimini ta’minlaydi. Masalan, hisobotlar va eksperimental ma’lumotlarga ko’ra Cu2S + 2Cu2O = 6Cu + SO2 reaksiyasi 750°C da boshlanadi. 1100°C da = 1,01.106 Pa, 1300°C da esa 1,7 107 Pa ga yetadi. Reaksiya PbS + 2PbO = 3Pb + SO2 ham oson kechadi. 900°C da 1,101 . 105Pa ga yetadi. Haroratning oshishi bilan gazning muvozanatli bosimi keskin ko’tariladi Ni3S2 + 4NiO = 7Ni + 2SO2 Reaksiya faqat yuqori haroratlarda oqib o’tishi mumkin (1600°C dan boshlab). FeS + 2 FeO + 3Fe+ SO2 Reaksiya natijasida metallik temirni olish juda qiyin, chunki 1500°C da uning = 0,1.103 Pa dan kam bo’ladi. Oksid (sulfat) sulfidlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirish ehtimolligi Me-S-O diagrammalar bo’yicha topilishi mumkin. Metallurgiyada temir sulfidini magnetit bilan reaksiyaga kirishi juda katta ahamiyatga ega FeS + Fe3O4= 1/2S2 + 4FeO (23) FeS + 3Fe3O4= 10FeO + SO2 (24) Metallurgik jarayonlarda kislorodning ortiqcha miqdorida paydo bo’layotgan vyustit magnetitga oksidlanadi. Uch valentli temir pirometallurgik jarayonlarda katta salbiy ahamiyatga ega. Uning borligi sirt tarangligi, fazalararo tortilishlarini kamaytiradi, shlaklarni zichligini oshiradi. Yuqori miqdorlikda magnetit shlakdan qattiq shaklda ajralib chiqadi va eritmani yopishqoqligini oshiradi. Bu xodisa esa metallarni isrofgarchilikka olib keladi va texnologik tartibni buzadi. (23) reaksiya uchun: (25) 24 reaksiya uchun: (26) 23 va 24 reaksiyalar 1100°C-1325°C oralig’ida kechadi. Reaksiyalarning to’liq o’tishiga faqat harorat emas balki shlakning tarkibi ham katta ahamiyatga ega. Masalan, har xil flyuslarni qo’shish vyustitni aktivligini kamaytirib magnetitni to’liq parchalanishiga olib kelishi mumkin. Rangli metallurgiya sanoat shteynlari bir nechta sulfid eritmalaridan tashkil topgan. Masalan, mis shteyni, temir va mis sulfiddaridan, mis nikel shteyni esa mis nikel, temir va kobalt sulfidlaridan tuzilgan. Ana shunday murakkab sulfid eritmalarni oksidlanish termodinamikasini ko’rib chiqamiz. Shuni hisobga olish kerakki, har bir metall kislorod va oltingugurtga o’xshamas tortilish kuchiga ega. Temir va rangli metall sulfidlarini bir paytda oksidlanishlari quyidagi reaksiyalar orqali oqib o’tishi mumkin: [FeS] + 3/2 O2 = (FeO) + SO2 [MeS] + 3/2 O2 = (MeO) + SO2 Komponentlarni aktivligini hisobga olgan holda, Abdeyevning ma’lumotlariga ko’ra bu reaksiyalarning bir paytda oqib o’tishligi sulfidlarning quyidagi miqdor nisbatligida bo’lishi mumkin:
Shunday qilib, ko’p komponentli shteynlarni konverterlashda ruh juda yengil oksidlanishi mumkin va temir oksidlari bilan shlak fazasini tashkil qiladi. Nikel sulfidi qiyinroq oksidlanadi. Temir sulfidi to’la oksidlanmasa mis sulfidi oksidlanmaydi. Rangli metallari yuqori miqdorda bo’lgan shteynlarning oksidlanishida shlak eritmasiga asosiy metallarning oksidlari ham o’tadi. Agarda shu shlakni shteyn bilan qayta kontaktga keltirilsa, quyidagi almashuv reaksiyasi o’tishi mumkin: [MeS] + (Me’O) = (MeO) + [Me’S] K=[Me’S] (MeO) / [MeS] (Me’O) Misni oltingugurtga, temirni esa kislorodga yuqori tortilish kuchlari misni shteynga, temirni shlakga o’tishiga olib keladi. Bu reaksiyalar hech qachon oxirigacha bormaydi. Gibbs energiyasi 0 ga teng bo’lganda, sistema muvozanatga keladi va boshqa reaksiya ishtirokchilarining tarkiblari o’zgarmaydi. Agarda Gibbs energiyasini qiymati yuqori manfiy bo’lsa, unda reaksiya o’ng tomonga siljigan bo’ladi va hamma to’rtta reaksiya ishtirokchilari muvozanatda bo’ladi. Masalan: 1200°C da Cu2O va FeS larning reaksiyasini muvozanat doimiyligi 104ga teng. Muvozanat doimiyligining katta qiymatligi reaksiyani keskin chapdan o’ngga surilganligini baholaydi va shlak eritmasida rangli metallning kam miqdorligini ko’rsatadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling