Писарев Дмитрий Иванович (1840 1868) Русский критик, философ-материалист. • В воспитании все дело в том, кто воспитатель. Воспитание процесс целенаправленного систематического формирования личности в соответствии с действующими в обществе нормативными
Download 1.09 Mb.
|
112-21 гуруҳ талабаси Муратова Мадина Тўлқин қизи
- Bu sahifa navigatsiya:
- ESTETIK TARBIYA OMILLARI
ESTETIK TARBIYA
ESTETIK TARBIYA 1.Mustaqillik sharoitida inson omilining ortib borishi uchun shart sharoitlar vujudga kelmoqda, xayotning barcha jabxalarida faoliyat ko‘rsatayotgan odamlarning ezgu xislat fazilatlari ongliligi faolligi ijodiy yaratuvchi qobilyatlari sezilib turibdi. 2.O‘zbekiston axolisining aksariyat ko‘pchiligining umumiy madaniyati yuksalib borishi jarayonida yangi texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishni tashqil qilish ishi tobora takomillashib bormoqda. 3.Yangi ishlab chiqarish munosabatlarining bozor iqtisodiyotining keng o‘rin egallab borayotganligi qonunchilikning tezda rivojlanib amal qilayotganligi fuqarolarning umumiy madaniyati ayniqsa estetik madaniyati darajasining ham yuksalib borishini taqozo etadi. 4.Hozirgi davr ilmiy texnik inqilobi sharoitida elektronika avtomatika, kibernetika, informatika kabi fanlar ishlab chiqarish sohasini tubdan qayta qurishga imkoniyatlar yaratib beryapti. Bu hol ishlab chiqarishda band bo‘lgan odamlarning ruhiy holatini ham tubdan o‘zgarishini, kasb-korlik, ijtimoiy-ruhiy, axloqiy-estetik holatning vujudga kelishini taqozo etadi. 5.Radio, kino, ayniqsa “oynai jahon” kabi ommaviy axborot vositalarining turmushdan keng o‘rin olishi natijasida badiiy axborot hajmining ham keskin ortib borishi estetik tarbiya ahamiyatining tez sur’atlarda o‘sishini ta’minlaydi. ESTETIK TARBIYA OMILLARI Estetik tarbiya omillari deb, shaxsning estetik kamolotiga ta’sir o‘tkazadigan tashqi va ichki shart-sharoitlarga aytiladi. Estetik tarbiya vositalari deb shaxsning voqelikka estetik munosabatini rivojlantirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat shakllariga aytamiz. Estetik tarbiya omillari va vositalari o‘rtasidagi chegara nisbiy va shartlidir. Muayyan sharoitlarda estetik tarbiya omillari estetik tarbiya vositalari vazifasini o‘tishi va aksincha, bo‘lishi ham mumkin. ESTETIK TARBIYA OMILLARI Estetik tarbiyaning eng muhim omili – bu tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda munosabatda bo‘lmay turib, estetikjihatdan rivojlanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas. Shaxs ongida tabiatning estetik qadriyatlari tuyg‘usini shakllantirish inson estetik kamolotining o‘ziga hos “poydevor”i dir Estetik tarbiya omillari qatorida maishiy turmush narsalari, turar joy jihozlari, xonalar va binolar joylashuvi, ularning ranglari, bo‘yoqlari va boshqa narsalar muhiti alohida o‘rin tutadi. Shahar qurilishining, me’morchilik majmualarining, turar joy dahalarining, jismoniy tarbiya inshootlarining, dam olish va istirohat bog‘larining bir-biriga monandligi, hamohangligi, go‘zalligi, mosligi, yuksak did-farosat namunasi ekanligi va nihoyat, foydali-amaliy tomonlarining mavjudligi ham estetik tarbiyada muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Narsalar muhitining barcha bo‘lak va qismlari inson shaxsini qurshab olgan holda uning kayfiyatiga, ruhiy holatiga ta’sir o‘tkazib turadi va uning his-tuyg‘u muhitini yaratadi.Estetik tarbiya vositalari orasida san’at muhim o‘rin egallaydi. San’at voqelikka estetik munosabatning eng muhim shaklidir. Jamiyat estetik madaniyatining darajasi ko‘p jihatdan san’at rivojining darajasi, uning ijtimoiy hayotda qanchalik ko‘p ahamiyat kasb etishiga bog‘liq. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling