Piyoda yurishga oid tavsiyalar
Har kuni yarim yoki bir soat piyoda yurish optimal hisoblanadi. Muhimi, muntazamlik. Davomiylikni shaxsiy holatga qarab asta-sekin oshirib borish kerak. Yurish oxirida odam erkin nafas olishi, yengil, yoqimli charchoq holatini his qilishi kerak.
Piyoda yurish nima uchun eng foydali mashg‘ulot ekanligiga oid ilmiy dalillar
Yurish –inson uchun eng oddiy va foydali mashg‘ulot. Econet.ru bir necha nufuzli manbalardan yurishning foydasiga oid ilmiy dalillar bilan bo‘lishdi.
Yurish tana uchun eng tabiiy jismoniy jarayon hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, aksariyat odamlar imkon qadar kamroq piyoda yurishga harakat qiladi. Insoniyat kamroq yurish uchun nimalar o‘ylab topmadi deysiz: eskalatorlar, liftlar, elektrosamakatlar, sigvey, avtomobillar va h.k. Vaholanki, ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, aynan piyoda yurish – umrni uzaytirish uchun juda foydali mashg‘ulot.
Xo‘sh, nima uchun piyoda yurish – eng foydali mashg‘ulot?
1. Piyoda yurish – bu sekin yugurish
Biroz kulgili eshitilishi mumkin, lekin ekspertlar mantig‘iga tayanadigan bo‘lsak, jismoniy mashqlar samarasi uch omilga bog‘liq – intensivlik, davomiylik va mashqlarning umumiy chastotasi.
Nufuzli American Heart Association va American College of Spors Medicine tashkilotlari haftasiga kamida 5 marta, kuniga 30 daqiqa piyoda yurishni tavsiya qilishadi. Xuddi shu tashkilotlarning yugurish uchun tavsiyasi esa: haftada 3 marta, 20 daqiqadan.
2. Piyoda yurish va kaloriyalarni yo‘qotish
Masalan, 70 kg vaznga ega kishi yugurish vaqtida soatiga taxminan 500-600 kkal sarflaydi, xuddi shu odam piyoda yurish davomida soatiga 250 kkal sarflaydi. Boshqacha aytganda, ortiqcha kaloriyalarni yo‘qotish bo‘yicha yarim soatlik yugurish bir soat piyoda yurishga teng ekan.
Har qanday holatda ham, kaloriyalar ustida ishlash kerak bo‘lsa, yaxshilab o‘ylab ko‘ring, sizga 2-3 soat piyoda sayr qilgan ma'qulmi yoki 1 soat yugurish. Oxir-oqibat yo‘qotilgan kaloriyalar miqdori bo‘yicha samara bir xil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |