Piyoda yurishning organizm uchun
Piyoda yurishning sog‘liq uchun ijobiy samarasiga oid yana bir ma'lumot
Download 1.07 Mb.
|
PIYODA YURISHNING
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Piyoda yurish yugurishdan nimasi bilan yaxshiroq
- 6. Zinalar bo‘ylab yuqorilashning foydasi
4. Piyoda yurishning sog‘liq uchun ijobiy samarasiga oid yana bir ma'lumot
Piyoda yurishning o‘lim holatlari va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishga oid ma'lumotlarga qo‘shimcha ravishda uning yana quyidagi holatlardagi foydasiga e'tiboringizni qaratamiz: aql zaiflashuvi (demensiya) xavfining kamayishi; diabet; depressiya; yo‘g‘on ichak saratoni; semizlik; bo‘g‘imlar kasalliklari; erektil disfunksiya. 5. Piyoda yurish yugurishdan nimasi bilan yaxshiroq? Albatta, agar shoshayotgan bo‘lsangiz, tabiiyki, yugurish piyoda yurishdan afzalroq. Biroq bu ikki mashg‘ulot o‘rtasidagi farq faqat tezlikda emas. Piyoda yurish vaqtida kamida bir oyoq yerda bo‘ladi. Yugurishda esa oyoq ko‘pincha havoda harakatlanadi. Tezlik qancha yuqori bo‘lsa, yuguruvchining havoda o‘tkazuvchi vaqti shuncha ko‘p bo‘ladi. Eng zo‘r yuguruvchi sportchilar 45 foiz vaqtni “parvoz”da o‘tkazishadi. Biroq havoga ko‘tarilgan narsa, agar u Yer orbitasida bo‘lmasa, pastga tushishi ham kerak. Yerga “qo‘nish” vaqtida kishilar tanasini taxminan o‘z vazniga uch baravar keladigan stressga yo‘liqtirishadi. Bu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, yugurish tanani mustahkamlash bilan birga, unga zarar yetkazishi ham mumkin. Piyoda yurish vaqtida jismoniy mashqlar bilan bog‘liq jarohat olish xavfi ancha past (1-5 foiz), yugurish vaqtida esa – 20 foizdan 70 foizgacha. 6. Zinalar bo‘ylab yuqorilashning foydasi Kanadalik tadqiqotchilar o‘rtacha 64 yoshgacha bo‘lgan 17 nafar kishini oddiy piyoda yurish, kuchli jismoniy mashqlar va zinadan yuqorilash vaqtida kuzatishdi. Ma'lum bo‘lishicha, zina bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilish eng ko‘p quvvat sarflanuvchi mashg‘ulotlardan ekan – bunga oddiy jismoniy mashqlar kompleksiga nisbatan 50 foiz ko‘p quvvat sarflanadi. Shunday ekan, zina bo‘ylab yuqorilash – juda foydali. Yuqori qavatda yashasangiz-u lift bo‘lmasa, xafa bo‘lmang, buni sog‘lig‘ingiz uchun sovg‘a sifatida qabul qiling. Harvarddagi tadqiqotning ko‘rsatishicha, kuniga o‘rtacha 8 qavatga ko‘tarilgan kishilarda o‘lim xavfi zinadan yuqoriga harakatlanmagan kishilarga nisbatan 33 foizga kamroq qayd etilar ekan. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling