Piyoda yurishning organizm uchun


Piyoda yurish yoki genetika?


Download 1.07 Mb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1501556
1   2   3   4   5
Bog'liq
PIYODA YURISHNING

7. Piyoda yurish yoki genetika?
Piyoda yurishga doir tadqiqotlar bo‘yicha muhim savol: aynan piyoda yurish sog‘liqqa shunday foyda keltirganmi yoki genetik jihatdan sog‘lomroq kishilar ko‘proq piyoda yurishga moyilmi?
Yevropa tadqiqotlaridan biri bu noaniqlikka aniqlik kiritadi. Finlyandiyada 16 ming nafar bir jinsli egizaklar ishtirokida katta tadqiqot o‘tkazildi. Tadqiqotga 1975 yilda start berilgan, 20 yillik kuzatuvlar davomida 1253 kishi vafot etgan.
Oyiga kamida 6 marta 30 daqiqadan piyoda yurgan kishilarda o‘lim xavfi hech qanday jismoniy mashq bajarmaganlarga nisbatan 43 foizga kam bo‘lgan.
Tadqiqot shuningdek genetikaga oid javobni ham taqdim etadi: egizaklardan biri shug‘ullanib, ikkinchisi shug‘ullanmasa – ularning jismonan faolrog‘ida o‘lim xavfi 56 foizga kamroq qayd etilgan.
Piyoda yuring!
Ilm-fanga ko‘ra, piyoda yurish salomatlik, hayot davomiyligi, qon bosimi uchun juda foydali. Piyoda yurish insonga deyarli jarohat yetkazmay, sezilarli darajada kaloriya parchalash imkonini beradi.
Avtoturargohning sizga yaqinroq joyiga mashina qo‘yishning imkoni bo‘lmadimi? Xafa bo‘lmang. Aksincha – uzoqroq va ko‘proq harakatlanishga majbur qiluvchi bo‘shroq joyni qidiring, ortiqcha masofa uchun faqat xursand bo‘ling.Ishgacha, metrogacha, elektrichkagacha piyoda yuring, transportni piyoda sayrga almashtirish uchun imkon izlang.
Tushlik qilib bo‘lgach, shunchaki bekor o‘tirish o‘rniga piyoda sayr qilishga odatlaning, bu sizga tetiklik baxsh etadi.
Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling