Piyoda yurishning organizm uchun
Ilm-fan piyoda yurishning foydasi haqida
Download 1.07 Mb.
|
PIYODA YURISHNING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Piyoda yurishning foydasi bo‘yicha quyidagilar aniqlangan
3. Ilm-fan piyoda yurishning foydasi haqida
Ekspert va olimlarning piyoda yurishning foydasi haqidagi fikrlarni Gippokratdan boshlash mumkin, u taxminan 2400 yil avval “Piyoda yurish – inson uchun eng yaxshi davo vositasi” deb aytgan. University College London’ning ikki olimi 1970 yildan 2007 yilga qadar piyoda yurishga doir barcha tadqiqotlarning meta-tahlilini o‘tkazgan. Ular 4295 maqolani o‘rganib, ulardan ishonchlilik darajasi bo‘yicha eng yuqori hisoblangan 18 tasini saralab olgan. Bu 18 tadqiqot umumiy hisobda yurak kasalliklaridan jabrlanmagan 459 833 kishini qamrab olgan. Ularning bari 11,3 yil davomida nazorat ostida bo‘lgan, hammasi turli kasalliklar, asosan yurak-qon tomir tizimi kasalliklari (yurak xuruji, insultlar, qon tomirlari operatsiyasi, angioplastika, angina hamda o‘lim holatlari)ga kuzatilgan. Piyoda yurishning foydasi bo‘yicha quyidagilar aniqlangan: · Muntazam ravishda piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 31 foizga kamaytiradi; · Kuzatuv yillari davomida muntazam ravishda piyoda yurgan kishilarda o‘lim holati ehtimoli o‘zini ortiqcha urintirmagan kishilarga nisbatan 32 foizga kam bo‘lgan. Harvard Universitetining yetti keng ko‘lamli tadqiqoti meta-tahliliga asosan ham shunga o‘xshash xulosa va raqamlar ham keltirilgan: · Harvardning 10 269 nafar bitiruvchisi orasida kamida 9 mil masofaga piyoda yurish (kuniga 2 km’dan ortiq) o‘lim xavfining 22 foizga kamayishiga to‘g‘ri kelgan; · Tibbiyot sohasida ishlovchi 44 452 kishi orasida – kuniga kamida 30 daqiqa piyoda yurganlar yurak ishemik kasalliklar xavfiga 18 foizga kamroq chalinishgan; · 72 488 tibbiyot hamshirasi orasida haftasiga 3 soat piyoda yurgan xodimlarda yurak xuruji – 35 foizga, insult xavfi 34 foizga kam bo‘lgan. Ushbu tadqiqotlarda yurak-qon tomir kasalliklaridan jabrlanganlar istisno qilingan, biroq bunday kasallikka chalinganlar uchun piyoda yurishning foydasi bormikan? Bu mavzuda ham keng ko‘lamli tadqiqot o‘tkazilgan. Olimlar 8 946 bemor ishtirokida 48 ilmiy ishni ko‘rib chiqib, shunday xulosaga kelishgan: haftasiga 3 marta 30 daqiqa davomida bajarilgan me'yoriy jismoniy harakat (piyoda yurish yoki velotrenajyerda shug‘ullanish kabi) – yurak-qon tomir kasalliklari natijasida kelib chiqadigan o‘lim xavfini - 26 foizga, boshqa barcha kasalliklar natijasidagi o‘lim holatlarini esa 20 foizga kamaytirgan. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling