Pnevmokimyo. R. Boyl va ilmiy kimyo. Gazlarni o'rganisii bosqiciilari
Download 0.75 Mb.
|
6- PNEVMOKIMYO (2)
Pristli, suv ustida karbonat angidridni yig’ayotib, uning bir qismi suvda erib, yoqimli nordon ta’m berishini kuzatdi. Bu ishning mohiyatiga kо‘ra, Pristli gazli yoki sodali suv (sun’iу mineral suv) turidagi ichimlikni hosil qilib oldi. {gazlangan suv} hosil qilishi uchun faqat shakar qo'shib, uni xushbo'y hidli qilish kerak edi, Pristlini alkogolsiz ichimliklar zamonaviy sanoatning otasi deb hisoblash mumkin.
Shuning uchun u gazlarni suv ustida emas, simob ustida yig’ishga urinib ko‘rdi. Shunday qilib, Pristli azot(I) oksidi, ammiak, vodorod xlorid va oltingugurt(II) oksidi kabi gazlarni yig’ib, ularni o’rgandi. Bu gazlarning hammasi suvda shunchalik yaxshi eriydiki, ular suvdan o'tkazilganda to’la yutiladi. Pristli kashf qilgan gazda yonish, havodagiga nisbatan yaxshiroq borardi, va u bu gazning tarkibida flogiston umuman bo’lmaydi, deb hisobladi. Pristli kashf qilgan gazni “deflogistonlashgan havo” deb atadi. (Biroq bir necha yildan keyin uni kislorod deb qayta nomlashdi).
Pristlining “deflogistonlashgan havosi” Rezerfordning “flogiston-lashgan havosi”ning o'ziga xos ko’rinishi edi. ‘Flogistonlashgan havo”da sichqonlar o’lib qolardi, “deflogistonlashgan”ida esa ular juda harakatchan edi. “Deflogistonlashgan havo”dan Pristlining o’zi nafas olib ko‘rdi va u o‘zini “erkin va yengil” his qildi.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling