Pnevmokimyo. R. Boyl va ilmiy kimyo. Gazlarni o'rganisii bosqiciilari
Download 0.75 Mb.
|
6- PNEVMOKIMYO (2)
Boyl birinchi kitobining ikkinchi nashri, havoga bog'liq fizik mexanik yangi tajribalar 1662-yilda nashr qilingan. Ushbu bo'limda u gazlarning bosimi va hajmi о‘rtasidagi bog'lanishni ochib beradi. Hozir biz uni Boyl qonuni - birinchi ideal gaz qonuni deb ataymiz.
Shotlandiyalik kimyogar Daniel Rezerford quyidagi tajribani o‘tkazdi:u cheklangan miqdordagi havoda sichqonni, u o‘lib qolmagunicha ushlab tuFadi. Keyin qolgan havoda yonib turgan shamni, u o‘chib qolguncha ushlab turdi. Shulaming hammasidan keyin qolgan havoda esa, u yonib turgan fosfomi ushlab turdi, fosfor u yerda kam vaqt yonib turdi. Keyin Rezerford bu tajribani 1772-yilda e’lon qildi.Daniel Rezerford (1749-1819) Genri Kavendish turli xil sohalarda tadqiqotlar olib borgan, ayniqsa, uni ayrim metallarga kislotalar ta'sir ettirganda hosil bo'ladigan gaz qiziqtirib qoldi. Kavendish birinchi bo‘lib, 1766-yilda bu gazning xossalarini sistematik ravishda о’rganib chiqdi. Shuning uchun “yonuvchan havo " - vodorod deb nomlangan gazning kashf etilishi, uning sharafiga qo’yildi.Genri Kavendish (1731-1810) Kavendish birinchi bo‘lib, turli gazlarning ma'lum hajmdagi massalarini aniqladi va natijada ulardan har birining zichligini topa oldi. U vodorod haddan tashqari yengil ekanligini va uning zichligi havoning zichligiga nisbatan 1/14 ni tashkil etishini kuzatdi. Aniqlanishicha, vodorod yana bir oddiy bo‘lmagan xossaga ega. U karbonat angidrid va havodan farqli ravishda osongina alangalanadi, unda Kavendish flogistonning о’zini ajratib olganiga ishonar edi.
Djozef Pristli (1733-1804) Gazlami o‘rganishda muvaffaqiyatlarga erishgan ikkinchi kimyogar - Djozef Pristli edi. U protestant mas’habidagi ruhoniy bo’lib, kimyo bilan juda mashg'ul bo’lgan. XVIII asrning 60-yillarining oxirida u Lidsada (Angliya) pastorlikni qabul qildi. Lidsaning yonida pivo zavodi joylash gan edi. U yerdan Pristli tajriba o‘tkazish uchun yetarli miqdorda karbonat angidrid olishi (karbonat angidrid pivo qilish uchun tayyorlangan atalaning achishidan hosil bo’ladi) mumkin edi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling