"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)
Polimerlarning erish termodinamikasi
Polimer eritmalariga chin eritmalarga xos bo`lgan barcha termodinamik qonunlarni ishlatish mumkin, chunki o`z-o`zicha hosil bo`ladigan polimer eritmalari termodinamik barqarord hisoblanadi. Odatda polimer eritmalarining konsentrasiyasi massaviy, hajmiy va molyar ulushlarda beriladi. Binar eritma uchun komponentning molyar ulushi quyidagi tenglama yordamida topiladi: N2 (4.4) bu yerda n1- erituvchining mollar soni; n2- polimerning eritmadagi mollar soni g1 80 va g2- erituvchi va polimerning massalari, г; M1 va М2- erituvchi va polimerning molyar massasi, g/mol. Polimerning molekulyar massasi М2 juda katta bo`lganligi uchun (4.4) tenglamadagi kasrning surati juda kichik bo`ladi. Demak juda katta miqdorda polimer eritilganda ham uning molyar ulushi juda kichik bo`ladi, erituvchining molyar ulushi esa 1 ga yaqin buladi. Shuning uchun polimer eritmalarida komponentlar konsentrasiyasi massaviy va hajmiy ulushlarda beriladi. Komponentning hajmiy ulushi uning parsial molyar hajmini eritmaning umumiy hajmiga nisbati bilan belgilanadi: V 1 V 2 , (4.5) Kompanentlarning massa ulushi uning massasining barcha kompanentlar massalari yig`indisining nisbatiga teng: Amalda (4.4) tenglama yordamida molyar ulushni hisoblashda polimerning molekulyar massasi o`rniga zvenoning molyar massasi (Мэв) qo`llaniladi: N1 (4.8) Eritmadagi polimer konsentrasiyasini 100 ml erituvchida erigan polimerning gramm (g) miqdori bilan ifodalash mumkin (g/100 ml). Polimerlarning o`z-o`zicha erishi, xuddi boshqa moddalarning erishiga o`xshab, izobar termodinamik potensialining kamayishi bilan boradi. Sistemaning muvozanat holati odatda fizik-kimyoviy qiymatlar orasidagi umumiy nisbatni ko`rsatuvchi termodinamik holat funksiyalari bilan ifodalanadi. O`zgarmas bosim va haroratda sistemaning holatini ifodalash uchun entalpiya va eptropiyalar bilan bog`liq bo`lgan izobar-izotermik potensial G (odatda erkin energiya deb ham ataladi) dan foydalaniladi: 81 G = H-TS = U + PV – TS (4.9) bu yerda Н- entalpiya; S- entropiya; U- jismning ichki energiyasi; V- jismning hajmi. Polimerlarning erish jarayoni izobar-izotermik potensial (ΔG) ning kamayishi bilan sodir bo`ladi: ΔG - ΔН — TΔS (4.10) bu yerda ΔG, ΔН, TΔS- tegishli qiymatlarning eritmadagi va boshlang`ich holatdagi ayirmalari. Agar sistema o`z hajmini o`zgartirmasa, (bu holat odatda erish jarayonida kuzatiladi) (4.10) tenglamani quyidagi tenglama bilan o`zgartirish mumkin: ΔF = ΔU —TΔS (4.11) bu yerda F- izoxor-izotermik potensial yoki erkin energiya. Ko`rinib turibdiki, sistemaning termodinamik potensiali yoki ozod energiyaning kamayishi va polimerning o`z-o`zicha erishi uchun ΔG va ΔF larning qiymati manfiy ishoraga ega bo`lishi kerak. Bu quyidagi hollarda bo`lishi mumkin: ΔН 0 (yoki ΔU 0). Bu holat erish jarayonida issiqlik ajralib chiqqan vaqtda kuzatiladi, chunki ichki energiya yoki entalpiyaning o`zgarishi integral erish issiqligining teskari ishorali qiymatiga teng. Bunday holat amalda qutbli polimerlarni erituvchida erish jarayonida kuzatiladi, ya'ni musbat issiqlik effekti kuzatiladi. Buni quyidagicha izohlash mumkin: makromolekula atrofida erituvchida solvat qobiqlar hosil bo`lishi jarayonida ajralib chiqadigan issiqlik eriyotgan molekulalar orasidagi bog`larni hamda erituvchi molekulalari orasidagi bog`larni uzish uchun sarf bo`ladigan energiyadan yuqori bo`ladi. ΔS>0. Aralashish entropiyasi doim musbat qiymatga ega bo`lgani uchun amalda erish jarayonida bu shart amalga oshadi. Moddaning massa ulushiga hisoblangan polimer va erituvchining aralashish entropiyasi quyi molekulyar moddaning erish entropiyasi va kolloid sistemalarning hosil bo`lish entropiyasi oralig`ida bo`ladi. Shuning uchun polimerlar eriganda entropiyaning ahamiyati quyi molekulyar moddalar erishidagi entropiyaning ta'siridan kam bo`ladi va 82
Makromolekulaning erish oldidan joylanish ehtimolligini WH erigandan so`ng joylanish ehtimolligini Wk deb belgilaymiz. Ehtimollik (W) entropiya (S) bilan Bolsman tenglamasi orqali bog`langan: S = К LnW (4.12) bu yerda К- Bolsman konstantasi. Bunda moddalarning eritmaga o`tishida entropiya o`zgarishi quyidagicha ifodalanadi: ΔS = Sk – SН = К lnWk-K lnWН = К lnWk / lnWН (4.13) Ehtimollik Wk>WН dan doim katta bo`ladi, shuning uchun erish jarayonida entropiya ortishi doim musbat bo`ladi. Demak, bukiluvchan zanjirga ega bo`lgan yuqorimolekulyar birikmalar qattiq zanjirli polimerlarga nisbatan yaxshiroq eriydilar, chunki eritmada ular har xil konformasion holatlar egallashga qodirlar. Undan tashqari, shuni ham ta'kidlamoq kerakki, qattiq zanjirli makromolekulalar odatda bir-biriga parallel joylashadi, ular orasidagi tortishuv energiyasi ancha katta bo`ladi va zanjirlar bir- biridan qiyin ajraladi. Masalan, sellyuloza va poliamidlarda shunday holat kuzatiladi. 83
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling