"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)
M n ni topishga asoslangan. Ebulioskopik usul esa polimer eritmasining qaynash
93
Mn ni polimer eritmasining osmotik bosimini o`lchab aniqlanadi. Ebuloskopiya va krioskopiya usullari. Polimer molekulyar massasini aniqlashning bu usullari Raul qonuniga asoslangan. Raul qonuniga binoan ideal eritmalarning qaynash harorati ortishi (yoki muzlash haroratining pasayishi) ΔТ erigan moddaning molyar kismiga teng bo`ladi: T 2 N (5.6) Bu ifodada R- gaz doimiyligi; Т1- erituvchining qaynash (yoki muzlash) harorati; ΔН- yashirin qaynash (yoki muzlash) issiqligi; N2 — erigan moddaning molyar qismi. Polidispers polimerlar real eritmalarining qaynash (yoki muzlash) haroratining o`zgarishi quyidagi ifoda bilan topiladi: M RT K 2 M ; K 1 1 0 n 1000 (5.7) bu yerda Mi- erituvchining molekulyar massasi: К- ebulioskopik yoki krioskopik konstanta. Odatda K ning qiymatini topish uchun toza erituvchida bir necha konsentrasiyali molekulyar massasi ma'lum bo`lgan moddadan eritmalar tayyorlanib topiladi. So`ngra (5.7.) ifodadan K hisoblanadi. Standart moddalar sifatida naftalin (mol.massasi 128), saxaroza (mol. massasi 342) va boshqalar olinishi mumkin. Ba'zi erituvchilar uchun ebulioskopik va krioskopik konstantalar kitobning ilova qismida berilgan. Bu usul bilan (2-2,5)•105 dan (Bekman termometridan foydalanib) 5-104 (termometrlardan foydalanib) gacha bo`lgan molekulyar massalar topiladi. Quyi molekulyar polimerlarning molekulyar massasini aniqlashda krioskopdan foydalaniladi. Eng oddiy krioskop 18-rasmda ko’rsatilgan. 94
Krioskopik yacheykaga Bekman termometri va aralashtirgich joylangan bo`ladi. Harorat almashinishini kamaytirish maqsadida krioskopik yacheyka probirkaga tushirilgan bo`ladi. Krioskopik yacheyka probirka bilan birgalikda sovutish aralashmasi solingan stakanga joylanadi. Sovutish aralashmasining harorati erituvchinining kristallanish haroratidan 2-3°C past bo`lishi kerak. Osmometrik usul. Polimer molekulyar massasini osmometrik usulda aniqlash uchui yarim o`tkazgich membrana bilan ajratilgan qismlardan (biri polimer eritmasi va ikkinchisi toza erituvchi uchun) iborat asbobdan foydalaniladi. Agar polimer eritmasi osmometrda faqat erituvchi molekualarini o`tkazuvchi membrana bilan ajratilgan bo`lsa, bunday sistema muvozanatlanmagan hisoblanadi, chunki eritmadagi erituvchining kimyoviy potensiali µ toza erituvchidan kichik bo`ladi. Agar erituvchining kimyoviy potensiallari qiymatini membrananing ikkala tomonida tenglashtirsak, sistema muvozanatlanadi. Bunga polimer eritmasiga tashqaridan bosim borib erishish mumkin. Bunday ortiqcha bosim osmotik bosim deb ataladi va u kimyoviy potensial o`zgarishiga quyidagicha bog`liq: (5.8) 95
RTInx1 RTx21 (5.9) Х1 va х2- erituvchi va erigan moddaning molyar qismlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling