"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet40/106
Sana15.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1481042
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106
Bog'liq
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø

T/r

Usul

Fraksiyalarga ajratish sabablari

1

Cho'ktirib ajratish:

  1. cho'ktiruvchi qo'shish bilan cho'ktirish;

  2. erituvchini bug'latish;

v) haroratni pasaytirish

Eruvchanlik molekulyar massa ortishi bilan kamayib boradi va molekulyar massasi yuqori bo'lgan fraksiya birinchi ajraladi

2

Eritib ajratish:

  1. haroratni o'zgartirish yo'li bilan;

  2. diffuziya tezligi bo'yicha

Eruvchanlik va diffuziya tezligi molekulyar massa ortishi bilan kamayadi. Molekulyar massasi eng kichik bo'lgan
fraksiyalar birinchi ajratiladi

3

Ikkita aralashmaydigan
suyuqlik orasida taqsimlanish

Taqsimlanish koeffisienti molekulyar
massaga bog'liq

4

Adsorbsion xromatografiya

Katta molekulalar yaxshiroq
adsorbilanadi

5

Ultrafiltrasiya

Elash samarasiga asoslangan

6

Ultrasentrifugalash

Sedimentasiya tezligi molekulyar massasi
ortishi bilan ortadi

113


7

Turbidimetrik titrlash

Cho'kish ostonasi molkulyar massa va
konsentrasiyaga bog'liq

8

Termodiffuziya

Diffuziya va termodiffuziyakoeffisientlarining nisbatlari molekulyar massaga bog'liq

Qatlamlar bir-biridan ajratilgandan so'ng ikkinchi qatlamga yana loyqa hosil bo'lguncha cho'ktiruvchi qo'shiladi. Bu bir necha marta qaytariladi va natijada bir nechta (odatda 8-12) bo'kkan, molekulyar massasi har xil bo'lgan polimer fraksiyalari olinadi. Ularning har biri yana erituvchida eritilib ko'p miqdor cho'ktiruvchida cho'ktirilib tozalanadi, vakuumda quritiladi so'ngra massa ulushlari tortib aniqlanadi.


Eritish yo'li bilan fraksiyalashda polimer namunasi ketma-ket erituvchi va cho'ktiruvchi har xil nisbatda olingan aralashmasi bilan ishlanadi. Aralashma tayyorlashda cho'ktiruvchi miqdori kamaytirib boriladi. Birinchi aralashma ko'p miqdorda cho'ktiruvchi tutganligi uchun unda faqat quyimolekulyar polimer fraksiyalari eriydi. Eritma quyib olingach qolgan polimer cho'ktiruvchi kamroq bo'lgan aralashma bilan ishlanadi. Bu aralashmada molekulyar massasi avvalgidan kattaroq bo'lgan fraksiya eriydi; eritma yana ajratib olinadi va qolgan polimer keyingi tarkibdagi aralashma bilan ishlanadi va hokazo. Oxirgi aralashmalarda cho'ktiruvchi kam bo'lganligi uchun eng yuqori molekulyar massaga ega bo'lgan fraksiyalar eriydi. Shunday qilib qator polimer eritmalari olinadi va polimer eritmadan cho'ktirib ajratiladi. Cho'ktirish uchun eritmani aralashtirib turib katta miqdorda cho'ktiruvchi qo'shiladi va hosil bo'lgan cho'kma ajratib olinib vakuumda quritiladi.
Ko'rilgan usullardan har birining afzal va kamchilik tomonlari bor. Cho'ktirish bilan fraksiyalashning asosiy kamchiliklaridan biri, cho'kish jarayonida boshqa molekulyar massali fraksiyalarning mexanik ravishda aralashib cho'kishidir. Eritish usuli bu kamchiliklardan xoli, lekin bu usul juda uzoq vaqtni talab qiladi, chunki polimerni erituvchiga diffuziyalanish tezligi juda ham kam.

114
Molekulyar-massaviy taqsimlanishni ifodalash uchun massalar taqsimlanishining turli xil funksiyalaridan foydalaniladi.





Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling