Makromolekulalarning polimerlanish darajasini pasayishi bilan boradigan makromolekulyar reaksiyalar - Destruksiya
Polimerlar vaqt o'tishi bilan ishlaydimi, ishlamaydimi bari-bir qariydi, xossalari yomonlashadi, ya'ni rangi o'zgaradi, qiyshayadi, yoriladi va h.k., buning sababi fizikaviy yoki kimyoviy, ko'pincha esa ham fizikaviy ham kimyoviy jarayonlarning sodir bo'lishidir. Fizikaviy jarayonlarga polimerlarning o'z-o'zidan kristallanishi yoki tarkibidagi plastifikator va boshqa qo'shilmalarning ajralishi- "terlashi" kiradi. Ammo kimyoviy jarayonlar polimer modda va materiallarni tez qaritadi. Ular ichida strukturlanish va destruksiya jarayonlari katta rol o'ynaydi. Makromolekulalar zanjirining uzilishi yoki parchalanishi, yonidagi o'rinbosarlarning uzilishi yoki parchalanishi polimerning destruksiyasi deyiladi.
Destruksiyalar ikkita katta sinfga bo'linadi- fizikaviy va kimyoviy. Issiqlik, quyosh nuri, yuqori energiyali nurlanishlar va mexanik ta'sirdan boradigan jarayonlar fizikaviy destruksiya deyiladi. Ta'sirga ko'ra u issiqlik, fotokimyoviy, radiatsion va mexanokimyoviy destruksiya deb ataladi.
Kimyoviy moddalar (kislota, ishqor, suv, kislorod) ta'sirida boradigan jarayonlar kimyoviy destruksiya deyiladi. Real sharoitda polimerlarning qarishi ko'pincha bir necha omillarning ta'sirida sodir bo'ladi. Polimerlarni qayta ishlash va ishlatish jarayonida ular ko'pincha issiqlik va havo ta'siriga uchraydi. Shu sababli termik va termooksidlanish destruksiyalarining ahamiyati juda katta.
Termik destruksiya: inert atmosfera yoki vakuumda yuqori temperatura ta'sirida polimerlarning parchalanishi termik destruksiya yoki piroliz deyiladi.
124
Jadvalga ko'ra eng beqaror polimerlar 150-2000C da parchalana boshlasa, barqarorlar 500-600°C gacha destruksiyaga uchramaydi. Destruksiyalanish polimerlarning kimyoviy tuzilishiga bog'liq.
Jadval.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |