"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet99/106
Sana15.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1481042
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106
Bog'liq
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø

Ishning bajarilishi: Hajmi 250 ml bo'lgan tagi yassi kolbaga analitik tarozida tortilgan 1,0 g H- ko'rinishdagi (*Kationitni Н- ko'rinishga o'tkazish 6.6- ishga qaralsin) kationit solinadi, unga 200 ml 0,1 n NaOH ning eritmasidan quyiladi va 24 soat qoldiriladi. Ertasiga kationit suyuq fazadan filtrlanib ajratiladi, filtratdan 25 ml olinib bir necha tomchi aralash indikator qo'shilib 0,1 n xlorid kislotasi bilan titrlanadi. Titrlash 3 marotaba olib boriladi va hisoblar uchun o'rtacha qiymat olinadi.
Kationitni statik almashinuv sig'imi quyidagi tenglama bo'yicha hisoblanadi:
229

bu yerda К- NaOH ni konsentrasiyasini 0,1 normalga keltirish uchun qo'llaniladigan tuzatish koeffisienti; К1- НС1 ni konsentrasiyasini 0,1 n ga keltirish uchun qo'llanadigan tuzatish koeffisienti; a- titrlanishga ketgan HCl ning hajmi; g- kationitning massasi.


44- Laboratoriya ishi
Anionitning statistik almashinuv sig'imini aniqlash Ishning maqsadi: anionitni statik almashinuv sig'imini aniqlash.
Reaktivlar: anionit, 0,1 n va 2 n NaOH eritmasi, 0,1n NS1 eritmasi, fenolftalein eritmasi.
Jihozlar: Hajmi 250 ml bo'lgan tagi yassi kolbalar, byuretka, 25 va 100 ml pipetkalar, shisha filtr.
Ishning bajarilishi: Anionitni to'liq OH- ko'rinishiga o'tkazish uchun 1,0 grammini hajmi 250 ml bo'lgan tagi yassi kolbaga solinadi va ustiga 50 ml 2 n NaOH eritmasi quyilib 3 soatga qoldiriladi, so'ng shisha filtrga olinib, to oqib tushayotgan suv neytral muhit bermaguncha (indikator qog'oz yordamida aniqlanadi) distillangan suv bilan yuviladi va filtr qog'oz ustida eksikatorda vakuumda quritiladi. So'ng hajmi 250 ml bo'lgan tagi yassi kolbaga analitik tarozida tortilgan 1,0 g ОН- ko'rinishdagi anionit, 200 ml 0,1 n NS1 solinadi va 1 sutka qoldiriladi. Ertasiga anionit suyuq fazada ajratiladi, filtratdan 25 ml olinib fenolftaleindan bir necha tomchi qo'shilib 0,1 n NaOH yordamida titrlanadi. Titrlash uch marotaba olib boriladi va hisoblar uchun o'rtacha qiymat olinadi. Anionitni statistik almashinuv sig'imi quyidagi tenglama bo'yicha hisoblanadi:


bu yerda К- НС1 ning konsentrasiyasini 0,1 n ga keltirish uchun qo'llaniladigan


230
tuzatish koeffisienti, К1- NaOH ni konsentrasiyasini 0,1 n keltirish uchun qo'llaniladigan tuzatish koeffisienti, a- titrlanishga ketgan 0,1 n NaOH ni hajmi, g- anionitning massasi.





Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling