"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø
Polimer zanjirining konformasiyasi. Zanjir bukiluvchanligi
Uzun polimer zanjiri turlicha konfigurasiya va konformasiya shakllarida bo`lishi mumkin. Masalan, 1-4 holatda izopren qoldiqlaridan tuzilgan zanjir ikkita barqaror konfigurasiyada: sis- konfigurasiya (tabiiy kauchuk) va trans- konfigurasiyada (guttapercha) bo`lishi mumkin: Polimer zanjirining konformasiyasi haqidagi tasavvurlar birinchi marta V.Kun, G.Mark va Ye.Gut tomonidan kiritildi. Ularning fikricha polimer zanjirining har xil konformasiyasi kimyoviy bog`lar uzilmagan holda zvenolarning bir-biriga nisbatan erkin aylanishidir. Uglerod atomlari faqat - bog`lar bilan bog`langan alohida olingan polimer zanjirini ko`rib chiqaylik. Bunday zanjir zvenolari issiklik harakatida bo`ladi, ya'ni bir zveno qo`shni zvenoga nisbatan aylana oladi. Bunday zanjirning valent 65 burchaklari fiksasiyalanmagan bo`lib, aylanish - bog`lar atrofida erkin bo`lsin deb faraz qilaylik. Bunday zanjir erkin a'zolangan deb atalib, fazoda qo`shni zvenolar holatidan qat'iy nazar har qanday holatni egallashi mumkin. Bunday zanjir har xil konformasiyada bo`lishi mumkin, ya'ni u bukiluvchandir (9-rasm). Polimerlarning real zanjirli molekulalarida valent burchaklar aniq qiymat (109°28') ga ega bo`lib, zvenolarning aylanma harakati natijasida o`zgarmaydi. Fiksasiyalangan valent burchakli zanjirda har bir zveno holati yonidagi zvenoga bog`liq bo`ladi (10-rasm). Shuning uchun erkin aylanish bo`ladi deb faraz qilganimizda ham bunday zanjir erkin a'zolangan zanjirga qaraganda kam sonli konformasiyani egallaydi, lekin u ham yaxshi bukilish xususiyatiga ega bo`ladi.
S.E.Bresler va Ya.I Frenkel polimer molekulalaridagi ichki aylanish bir-biri bilan kimyoviy bog`langan atomlar ta'siri natijasida tormozlanishini ko`rsatdilar. Bu bitta makromolekuladagi atomlarni o`zaro tasiri (ichki molekulyar ta'sir) va qo`shni zanjirlardagi zvenolar atomlari o`zaro ta'siri (molekulalararo ta'sir) natijasida bo`lishi mumkin. Real sistemalarda polimer molekulalari o`ziga o`xshash molekulalar bilan o`ralgan, shuning uchun aylanishning tormozlanish darajasiga ta'sir qiluvchi u yoki bu xildagi molekulalararo ta'sirlar bo`ladi, lekin bu o`zaro ta'sirlarni hisobga olish murakkab vazifadir. Shuning uchun bunday ta'sirlarni hisoblashda faqat ichki molekulyar ta'sirlarni hisobga olish bilan chegaralaniladi. Ikki xil ichki molekulyar ta'sir bo`ladi:1. Yaqin tartibli o`zaro ta'sir, ya'ni oralaridagi masofa yaqin bo`lgan atomlar va 66 atomlar guruhlari ta'siri. Masalan, 1. Qo`shni zvenolar atomlari orasidagi ta'sir. Uzoq tartibli ta'sir, ya'ni zanjirdagi bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan zvenolardagi atomlar yoki atomlar guruhi orasidagi ta'sir. Bunday ta'sir faqat uzun zanjir juda bukilgan holatda bo`lishi mumkin. Shunday qilib, polimer makromolekulasining potensial energiyasi molekulaning bir qismi ikkinchi qismiga nisbatan burilganda ichki molekulyar ta'sir natijasida o`zgaradi. Agar zanjirdagi zveno bir holatining potensial energiyasini U1, issiqlik harakati tufayli vujudga kelgan holatini U2 desak, bir holatdan ikkinchi holatga o`tish energiyasi ΔU=U2-1 bo`ladi (11-rasm). Energiyalar farqi ΔU polimer zanjirining bukiluvchanligini belgilaydi va u termodinamik bukiluvchanlik deyiladi.
Zanjirning termodinamik bukiluvchanligi uning konformasion o`zgarishlariga qobiliyati haqida tasavvur qilish imkonini beradi, lekin bukilishdan tashqari bir holatdan ikkinchi holatga o`tish tezligi ham katta ahamiyatga ega. Konformasion o`zgarishlar tezligi aktivasion yoki potensial to`siqlar nisbati (Uo) ga va tashqi ta'sirlar energiyasi (issiqlik harakati, mexanik yoki boshqa ta'sir kuchlar)ga bog`liq. U0 qiymati qancha katta bo`lsa, zvenolar burilishi shuncha sekin amalga oshadi. Demak, bukiluvchanlik shuncha kam bo`ladi. Shuning uchun U0- kinetik bukiluvchanlikni xarakterlaydi. Termodinamik va kinetik bukiluvchanlik bir xil bo`lmasligi mumkin: zanjirning termodinamik bukiluvchanligi yuqori bo`lsa, burilishlar tezligi sust bo`ladi, ya'ni zanjir juda 67 qattiq bo`ladi. Shunday qilib, polimer makromolekulalari issiqlik harkati va atom hamda guruhlarning boshqa molekulalararo ta'sir natijasida ma'lum konformasion ko`rinishga ega bo`ladi. Makromolekulalarning turli konformasiyada bo`la olishi esa ularning bukiluvchanligi bilan tushuntiriladi, lekin har bir konformasiya ma'lum o`lchamga ega. Konformasiyaning o`lchami ma'lum jihatdan erkin a'zolangan makromolekula uchun hisoblanishi mumkin. Bu makromolekula, masalan, o`ralma shaklida bo`lishi mumkin. Shuning uchun ham makromolekulaning ma'lum konformasiyasi o`lchami sifatida uning chetki qismi orasidagi masofa (h) ni taklif qilingan. h ning qiymati 0 dan ℓ gacha bo`lishi mumkin. Bu yerda ℓ- makromolekulaning yoyilgan deb qaragandagi uzunligi. Masalan, molekulyar massasi 280000 ga teng bo`lgan polietilenda 20000 ta С-С bog` bor. Har bir С-С bog`ining uzunligi 0,154 nm bo`lsa, to`la yoyilgan deb hisoblangan uzunligi ℓ=20000×0,154=3080 nm = 0,003080 mm bo`ladi, lekin amalda bu uzunlikda makromolekula tura olmaydi, chunki zvenolar orasida valent burchaklari saqlanishi kerak va makromolekula ma'lum konformasiyaga ega bo`ladi. Bunday makromolekulaning harakati faqat qisman bo`lishi mumkin. Demak, n monomer zvenolaridan tashkil topgan real zanjirni n ta mustaqil statistik elementlardan tashkil topgan deb qarash mumkin. Bu qismlarning harakati bir- biriga bog`liq emas. Uzunligi A bo`lgan ana shunday makromolekulalar qismlarini termodinamik segment deb ataladi. Bu segment Kun segmenti deb ham yuritiladi. Har bir segment S- monomer zvenolaridan tashkil topgan bo`ladi, ya'ni segmentlar soni P bo`ladi. Bu yerda P- polimerlanish darajasi. S 68 Makromolekulaning uzunligi ℓ=A×N. ℓ- esa valent burchaklari saqlangan holda maksimal cho`zilgan makromolekulaning kontur uzunligi yoki makromolekulaning gidrodinamik uzunligi deyiladi. Makromolekulaning hosil qila oladigan konformasiyalari maksimal soni yoki ularning hosil bo`lish termodinamik ehtimolligi Gauss formulasi bilan hisoblanishi mumkin: 3 / 2 4 W (h) e Bu tenglama grafik usulda 4.7- rasmdagi ko`rinishga ega. Rasmdan ko`rinib turibdiki h=0 bo`lgan holat, ya'ni makromolekulaning eng buralgan holati yoki h=ℓ bo`lgan holat, boshqacha qilib aytganda makromolekulaning eng yoyilgan holati amalda juda kam ehtimollikka ega.
rasmdagi hm ga to`g`ri kelgan holat eng katta ehtimollikka ega. Shu holatga to`g`ri kelgan makromolekula konformasiyasining o`lchami quyidagi: Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling