"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadval. Metakril kislota- N-vinilpirrolidon MAK-VP sopolimerini tarkibini (monomerlar nisbati 0,1:0,9 bo`lganda) vaqtga va polimer hosil
- Vaqt (minut) Polimer hosilasi, % n 1
- Jadval. Sopolimer tarkibidagi monomerlarning r 1 va г 2 qiymatlari
Jadval.
Radikal sopolimerlanishda monomerlarning nisbiy faolligi- sopolimerlanish konstantalari
55 Olingan sopolimer har-xil tarkibli fraksiyalardan tashkil topadi, tarkibiy notekis sopolimer bo`ladi. Tarkibiy notekislik darajasiga qarab sopolimerning xossasi o`zgaradi. Amaliyotda sharoit- talabga qarab har-xil xossali sopolimerlar kerak. Shuning uchun tarkibiy tekis sopolimer olish muhim amaliy vazifadir. Jadval. Metakril kislota- N-vinilpirrolidon MAK-VP sopolimerini tarkibini (monomerlar nisbati 0,1:0,9 bo`lganda) vaqtga va polimer hosil bo`lgan miqdoriga bog`liqligi
Sopolimerlanish vaqti va hosila ortishi bilan sopolimer tarkibida faol komponent kamayadi. Faol monomerning vaqt va hosila bo`yicha sarfini aniqlab, uni boshlang`ich molyar qismini o`zgarmas saqlansa xoxlagan vaqtda bir xil tarkibli metakril kislota-N-vinilpirrolidon sopolimeri olinadi. Bu usul kompensasiya usuli deyiladi. Bunda olingan sopolimerning tarkibiy notekisligi ancha pasayadi. U esa sopolimerning har xil xossalarida o`z ifodasini topadi. Polimerlanish va sopolimerlanishda monomerlarning reaksion faolligi, ya'ni monomerlarning polimerlanish reaksiyasidagi reaksion qobiliyati 3 ta omilga bog`liq: 1- qo`shbog`ning uyg`unlanish energiyasi, 2- qo’shbog`ning qutbliligi, 3- qo`shbog`ning o`rinbosar bilan ekranlanishi. Polimerlanishda monomer qo`shbog`ining uyg`unlanish energiyasi rolini uyg`unlanishning monomerni faol markazga birikishidagi o`tkinchi holatning barqarorlashtirishi bilan tushintirish mumkin. Uyg`unlanish energiyasining qiymatiga qarab monomerlar ikki guruhga bo`linadi: Faol monomerlarda uyg`unlanish energiyasi katta. Ularda monomer qo`shbog`i o`rinbosarning to`yinmagan guruhi bilan uyg`unlashgan. Misollar: 1,3- dienlar, akril monomerlar, stirol. 56
Uyg`unlanish energiyasi oshishi bilan monomerning polimerlanish faolligi oshadi, ammo uning radikalining faolligi kamayadi- juftlashmagan elektronning "delokalizasiya"si natijasida, ya'ni monomer va uning radikalining reaksion qobiliyati o`zaro teskari. Bu holatni antibatlik qoidasi deyiladi. Uyg`unlanish faktorining roli radikal sopolimerlanishda yaqqol ko`rinadi. Faol (М1) va passiv (М2) monomerlar sopolimerlanganda r1 1, г2<<1 bo`ladi, sopolimer faol monomer bo`g`inlari bilan boyiydi. Buni faol monomerning passiv М2 ga qaraganda o`sayotgan zanjirga kattaroq tezlik bilan birikishi bilan tushuntiriladi. Masalan, quyidagi monomerlar juftida: Jadval. Sopolimer tarkibidagi monomerlarning r1 va г2 qiymatlari
Monomerlar qo`shbog`i qutbliligining polimerlanishga ta'siri, ya'ni vinil monomerlarda o`rinbosarlarning donor-akseptor ta'siri natijasida qo`shbog` va tegishli o`sayotgan radikali qutbli bo`lib qoladi:
Murakkab molekulalar atomlaridagi qismiy zaryad - bog`larning va - bog`larning elektron bulutining tartibli siljishi natijasida hosil bo`ladi. - bog`larning elektron bulutini siljishi mezomer (I ), - bog`larniki induksion 57 effektni (I ) hosil qiladi. Ma'lumki, har-xil atomlarni o`rtasidan kimyoviy bog`ning elektronlari elektromanfiy atomga qarab siljigan. Aytilganlarni quyidagi misol va sxemalardan tushunib olish mumkin: Propilen Ayniqsa vinilalkilefirlarda qo`shbog`ning kislorod atomidagi bo`linmagan, umumlashmagan elektron jufti (r- elektronlar bilan uyg`unlanishi) C atomidagi manfiy zaryad qiymati katta. Ular YaMR- spektroskopiya va dipol momentini aniqlash metodlari bilan isbotlangan. Monomerlarning qo`shbog`ini qutbliligi ion polimerlanishda juda katta ahamiyatga ega. Ular polimerlanishning qaysi usulda borishini belgilaydi. Monomer qo`shbog`ining (β- uglerod atomidagi musbat zaryadi katta bo`lsa (masalan, akrilonitril), anionli usulda, manfiy zaryadi katta bo`lsa (masalan, vinilbutil efir) kationli usulda polimerlanadi. Nihoyatda kuchli qutblangan monomerlar esa radikal polimerlanishga uchramaydi. Induktiv qutblilik faktorining roli sopolimerlanishda yaqqol ko`rinadi. Unda zanjirning o`sish jarayonida uglerod atomlari qarama-qarshi qutblangan monomer va radikallar ko`proq birikishadi. Demak, М1 ning o`rinbosari elektron donori, М2- akseptor bo`lsa K 12>K11 , K 21>K22 , r1 1 , r2 1 bo`ladi. Bunday sopolimerlanish monomerlar zanjirining chorraxa o`sishi (М1М2М1М2...) ko`proq borib, sopolimer strukturasiga zvenolarning ketma-ketligi xos bo`ladi. Bu hodisaning qutblilik faktorining sopolimerga ta'siri fizik ma'nosi donor-akseptor ta'sirlanishning o`sish akti "o`tish holati" energiyasi pasaytirishida bo`lsa kerak. Shunday qilib, monomerlarning har-bir juftidagi гi ni mohiyatini umumiy 58 tushunchasi paydo bo`ldi. Monomerlar reaksion qobiliyatining miqdoriy bog`lanishlarini topish zarur edi. Shundagina tajribasiz, hisoblash bilan sopolimerlanuvchi monomerlarning гi ni aniqlash mumkin bo`ladi, Alfrey va Praysning gipotezasida: kinetik zanjirning har bir elementar o`sish jarayoning konstantasi komponentlar (o`sayotgan radikal va birikuvchi monomer)ning uyg`unlanish energiyasi va qutbliligiga quyidagicha bog`liq bo`ladi: K12=P1Q2exp (-e1·e2) bu yerda Р1- birinchi monomer bo`g`ini bilan tugagan o`suvchi zanjir radikalining uyg`unlanish energiyasi o`lchami, Q2- ikkinchi monomerniki, е1 va е2- o`suvchi zanjir radikali va monomerning qutbliligi o`lchami. Binar sopolimerlanishda bunday jarayonlar 4 ta. Ulardan sopolimerlanishning nisbiy konstantalari uchun quyidagi bog`lanish chiqadi: e r1 exp[ e r2 exp[ 2 (e2 2 )] e e 1 )] Bu tenglamalarga ko`ra har bir monomerning reaksion qobiliyati ikkita kattalik Q va e bilan belgilanadi. Ularni tushunish, bilish va aniqlash har qanday monomerlar jufti uchun г1 ni hisoblab chiqish imkonini beradi: l ( e e n r r )1/ 2 2 1 1 2 e Q2 exp[ 1 (e1 e 2 )] Albatta, sterik omilning tenglamada hisobga olinmaganligi Alfrey- Praysning Q-e sxemasining imkoni va ahamiyatini ancha chegaralaydi, u yarim miqdoriy bog`lanishdir. Ammo umumiy miqdoriy qonuniyat yo`qligida Q-e 59
sxemasi monomerlarning sopolimerlanishini tushunishda katta jiddiy qadam bo`ldi. Ma'lum bo`ldiki, Q va e lar ma'lum fizik ma'noga ega ekan. Shularni hisobga olib Q va e jadvali tuzildi unda standart monomer qilib stirol olindi. Uning Q =1, e =-0,80 deb qabul qilindi. 1> Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling