"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaktivlar
34- Laboratoriya ishi
Polimer makromolekulalarining polidispersligini viskozimetrik usulda baholash Ishning maqsadi: Polistirol molekulyar massasini yaxshi va yomon erituvchilarda aniqlash hamda polimer polidisperslik darajasini baholash. Reaktivlar: polistirolning toluoldagi 1 g/dl konsentrasiyali eritmasi, toluol, etanol. Jihozlar: T-16 xilidagi termostat, Ubbelode viskozimetri, sekundomer, rezina nok, 10 mlli pipetka, 50 mlli yassi tagli kolba. Ishning bajarilishi: Yaxshi erituvchi sifatida toluol, yomon erituvchi sifatida esa tarkibida 25 hajm (%) etanol tutgan toluol-etanol aralashmasi ishlatiladi. O'lchamlar 25оС da Ubbelode viskozimetrida bajariladi. Dastlab polistirolning yaxshi erituvchidagi harakteristik qovushqoqligi aniqlanadi. Yomon erituvchida polistirol eritmasini tayyorlash uchun polistirolning toluoldagi 5 ml eritmasiga (С=1 g/dl) 2,5 ml toluol va 2,5 ml etanol kushiladi. Eritma tiniq qolishi uchun etanolni eritmaga aralashtirib turib asta-sekinlik bilan qo'shiladi. Natijada polistirolning toluol va etanol aralashmasidagi 10 ml eritmasi (S=0,5 g/dl) hosil bo'ladi. O'lchashlarni bajarish vaqtida suyultirish uchun 30 ml toluol va 10 ml etanoldan iborat aralashma tayyorlab olinadi. So'ngra yomon erituvchidagi polistirol eritmasining harakteristik qovushqoqligi aniqlanadi. Natijalarni hisoblash uchun polistirolning yaxshi va yomon eritmalari uchun kel = f(C) bog'liqlik grafigi chiziladi. Hosil bo'lgan to'g'ri chiziqlarni nolinchi konsentrasiyagacha ekstrapolyasiya qilib harakteristik qovushqoqlik qiymati topiladi va yaxshi, yomon erituvchilarda polistirolning molekulyar massalari ( va ) hisoblanadi. Molekulyar massalarni [ ]=KMα formulasi yordamida hisoblanadi. 214 Mark-Kun-Xauvink tenglamasi doimiylari
Yaxshi va yomon erituvchilarda topilgan molekulyar massalar qiymatlarining nisbati hisoblanadi.
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling