"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet92/106
Sana15.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1481042
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106
Bog'liq
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø

Topshiriq: Turbidimetrik titrlashning integral va differensial egri chiziqlarini va turbidimetrik titrlash egri chiziqlaridan molekulyar massaviy taqsimlanish egri chiziqlariga qanday o'tish mumkinligini tushuntiring.


36- Laboratoriya ishi
Polimerning molekulyar massasini krioskopik usulda aniqlash Ishning maqsadi: Har xil konsentrasiyali polimer eritmasi muzlash
haroratini aniklash va uning molekulyar massasini hisoblash.
Reaktivlar: polimer, erituvchi, sovituvchi aralashma.
Jihozlar: krioskop, suv hammomi, 25 mlli pipetka, shpatel, soat oynasi.
Ishning bajarilishi: Krioskop yacheykasini tortib olib, unga 25 ml tozalangan erituvchi quyiladi va erituvchili krioskopni analitik tarozida tortib ertuvchining og'irligi (Ро) aniqlanadi. Krioskop yacheykasini kriostatga joylashtirib, erituvchini aralashtirgan holda (kriostatdagi sovituvchi aralashmaning harorati erituvchining muzlash haroratidan 12°С past bo'lishi kerak) muzlash harorati aniqlanadi. Bekman termometri yordamida yacheykadagi erituvchi haroratining o'zgarishi kuzatiladi.
Erituvchining o'ta sovutilganligi natijasida avvaliga harorat kristallanish haroratidan pastga tushib ketadi, so'ngra kristallanish Issiqligi hisobiga harorat ko'tarilib keyinchalik o'zgarmay qoladi. Shu harorat erituvchining kristallanish haroratiga to'g'ri keladi.

217
Yacheykani kriostatdan olib iliq suvli suv hammomiga tushiriladi (suv hammomining harorati erituvchi kristallarining suyuqlanish haroratidan 2-50C yuqori bo'lishi kerak). Erituvchi kristallari suyuqlangandan keyin uning kristallanish harorati yana qaytadan aniqlanadi. Ikkala tajribada aniqlangan kristallanish haroratlarining o'rtachasi erituvchining kristallanish harorati (To) sifatida olinadi.


Analitik tarozida polimer namunasi 0,05 g atrofida tortib olinib (P1) erituvchili krioskop yacheykasiga solinadi va to'liq eritiladi. So'ngra eritmaning kristallanish harorati (T1) aniqlanadi. Suv hammomida yacheykadagi eritma eritilib, tajriba yana qaytariladi. Xuddi shunday tajribalar shu erituvchidagi polimerning uch xil konsentrasiyali eritmasi bilan ham qilinadi. Bunda polimerning qolgan namunalari ham yacheykadagi erituvchiga solinaveradi (∆р1=∆р11=∆р111=0,05 г).

Olingan natijalar jadvalga yoziladi:







Polimer miqdori, g



Polimer eritmasi
konsentrasiyasi, %

Eritmaning kristallanish harorati,
°С

Myzlash haroratining pasayishi, °С

1

Р1

C1=(P1 ·100)/Ро

Т1

∆Т1 = T0 – T1

2

Р1+ ∆р1= Р2

C2=(P2 ·100)/Ро

Т2

∆Т2 = T0 – T2

3

Р2+ ∆р11= Р3

C3=(P3 ·100)/Ро

Т3

∆Т3 = T0 – T3

4

Р3+ ∆р111= Р4

C4=(P4 ·100)/Ро

Т4

∆Т4 = T0 – T4

Natijalarni hisoblash uchun olingan natijalar asosida polimer eritmasining bir konsentrasiyasi uchun ∆Т/С hisoblanadi va ∆Т/С ning С bo'yicha grafigi chiziladi. Hosil bo'lgan to'g'ri chiziqni cheksiz suyultirishgacha ekstrapolyasiya qilib (∆Т/С)с→0 topiladi. Topilgan (∆Т/С)с→0 qiymati va erituvchi krioskopik


218
doimiysi (ilovadagi jadvalga qarang) polimerning o'rtacha raqamiy molekulyar massasi quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:





Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling