"полимерлар кимёсига" кириш


Topshiriq: Polimer eritmasi qovushqoqligiga erituvchi sifatining ta'sirini tushuntiring. 35-


Download 0.98 Mb.
bet91/106
Sana15.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1481042
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
Bog'liq
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø

Topshiriq: Polimer eritmasi qovushqoqligiga erituvchi sifatining ta'sirini tushuntiring.


35- Laboratoriya ishi
Polimer makromolekulalari polidispersligini turbidimetrik titrlash usuli bilan baholash
Ishning maqsadi: Polimer eritmalarining turbidimetrik titrlash integral va differensial egri chiziqlarini olish.
Reaktivlar: polimetilmetakrilatning atsetondagi 0,01% li eritmasi, atseton,
suv.
Jihozlar: fotoelektrik kolorimetr (FEK), 18x50 mmli 3 dona kyuveta,
magnitli aralashtirgich, 25 mlli byuretka, 50 mlli yassi tagli kolba.
Ishning bajarilishi: Polimetilmetakrilatning atsetonli eritmasini cho'ktiruvchi (suv) yordamida turbidimetrik titrlash xona haroratida FEK da bajariladi. Dastlab qo'pol titrlash amalga oshiriladi. Buning uchun yassi tagli kolbaga 15 ml polimetilmetakrilatning Atsetonli eritmasidan quyib magnitli aralashgirgichning tayoqchasi tushiriladi na kolbani magnitli aralashgirgich ustiga

215
qo'yib eritmada sezilar-sezilmas loyqa hosil bo'lguncha suv bilan titrlanali. Titrlashga sarf bo'lgan cho'ktiruvchining hajmini aniqlanadi.


Shundan so'ng kyuvetada aniq titrlash o'tkaziladi. Kyuvetaga polimer eritmasidan 15 ml quyib, eritmaga magnitli aralashtirgich tayoqchasi tushiriladi va to'xtovsiz aralashtirib turib kyuvetaga tezlik bilan suv qo'shiladi (bunda qo'shilgan qo'pol titrlashdagiga qaraganda 2 ml kam bo'lishi kerak). Boshqa ikkita kyuvetaga toza erituvchi quyiladi. Bunda kyuvetalarning nur o'tayotgan devorlari toza bo'lishiga alohida ahamiyat berish kerak. Kyuvetalarni FEK ning maxsus qismiga joylashtirib polimer eritmasining optik zichligi o'lchanadi. So'ngra eritmali kyuvetani magnitli aralashtirgichga quyib asta-sekinlik bilan cho'ktiruvchi qo'shib borib titrlash davom ettiriladi. Har 0,3 ml cho'ktiruvchi qo'shgandan so'ng eritmaning optik zichligi o'lchanadi. Bu optik zichlik o'zgarmay qolguncha davom ettiriladi. Natijalar jadvalga yozib boriladi.
Natijalarni yozish shakli:
Tekshirilayotgan sistema:
Eritmaning dastlabki konsentrasiyasi va hajmi:
Qo'pol titrlashga sarflangan cho'ktiruvchining hajmi:
Shartli belgilar: V- qo'shilgan cho'ktiruvchining hajmi; D- polimer eritmasining optik zichligi; Do- cho'kish bo'sag'asigacha bo'lgan optik zichlik, ya'ni eritmadan polimer ajralib chiqishi boshlanguncha bo'lgan tiniq eritmaning optik zichligi; γ– cho'ktiruvchining hajmiy qismi; D1– polimer ajrab chiqqandagi eritmaning optik zichligi; D2– eritmani cho'ktiruvchi bilan suyultirilganda kiritilgan tuzatmali optik zichligi.

Olingan natijalar jadvalga yoziladi:





V



1 – γ

D

D1=D – D0





















Natijalarni hisoblash uchun abssissa o'qiga γ ning, ordinata o'qiga esa D2


216
ning qiymatlarini yo'yib turbidimetrik titrlashning integral egri chizig'i chiziladi. γ bo'yicha hosil qilingan egri chiziqni grafik differensiallab titrlash differensial egrisi olinadi. Buning uchun abssissa o'qidan bir-biridan bir xil masofada bo'lgan nuйtalar olinadi va shu nuйtalar orqali egri chiziq bilan kesishadigan perpendikulyar chiziqlar o'tkaziladi va shu kesishgan nuйtalardan abssissa o'qiga parallel bo'lgan to'g'ri chiziqlar o'tkaziladi. Har bir tanlangan nuta uchun ∆D2/∆γ o'sish nisbati hisoblanadi. Abssissa o'qiga uni, ordinata o'qiga ∆D2/∆γ ning qiymatlarini qo'yib differensial egri chiziq chiziladi. Integral va differensial egri chiziqlar bitta grafikka chiziladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling