Polimerlarni qayta ishlash texnologiyasi
LIST VA HAR XIL PROFILGA EGA BO`LGAN
Download 4.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Тошкент кимё – технология институти-hozir.org (1)
LIST VA HAR XIL PROFILGA EGA BO`LGAN
BUYUMLARNI OLISH TEXNOLOGIYASI Muayyan uzunlikka va shu uzunlik bo`ylab o`zgarmas ko`ndalang kesimga ega bo`lgan buyumlar (uzunasiga o`lchanadigan) qatoriga listlar, har xil profilga ega bo`lgan buyumlar kiradi. Listlar ko`pincha ABS plastikidan va PVX kompozitsiyasidan olinadi. har xil profilga (rom uchun plintuslar) ega bo`lgan buyumlar qattiq PVX kompozitsiyasidan tayyorlanadi. Bu buyumlarni olishda ekstruziyalaSh usuli keng qo`llaniladi. Bunda suyuqlantirilgan polimer ekstruderning boSh qismidagi yassi (yoki profil Shaklidagi) tirqiShdan siqib chihariladi, unda buyumning qalinligi (list misolida) Shu tirqiShning qalinligi bilan belgilanadi. CHiqayotgan suyuqlanma maxsus uskunalar orqali tortib olinadi va silliq vallar orqali o`tkazilib, uning 51 qalinligi to`qrilanadi va sovutiladi. SHu jarayonda orientatsiya protsessi ham ketadi. Uzunligi o`lchanadigan polimer buyumlar yuqori fizik-mexanikaviy (asosan orientatsiya protsessi tufayli), dekorativ-badiiy xossalari jiqatdan estetik va boshqa xususiyatlari bilan boshqa materiallarga taqqoslanganda buning afzalligini ko`riSh mumkin. List olishda chervyaki uzunrok bo`lgan ekstruderlar iShlatiladi (L:D=25:35). Bunga sabab termoplastlarni yuqori qovuShqoqlik markalari iShlatiliShidir (PTR - 0,2-0,5 g/10min). Bunaqangi termoplastlardan list olishda (qalinligi 0,8-2 mm) ekstruderni qolipi (formuyuShiy instrument) katta QarShilik ko`rsatadi va natijada ekstruderning unumdorligi kamayib ketiShi mumkin. Unumdorligini oshirish uchun jarayon biroz yuqori haroratda va siljiSh deformatsiyasini (sdvigovaya deformatsiya) intensivlaSh tufayli eriShiSh mumkin, undan taShhari sifatli list olish uchun suyuqlanmaning gomogenlash darajasi ancha yuqori bo`liShi kerak. List olishda texnologik parametrlarga quyidagilar kiradi: ekstruder tsilindrining zonalar bo`yicha harorati; forma hosilxiluvchi kallakning harorati; sovutkich vallarning harorati; suyuqlanmaning kallakdagi bosimi. Masalan, PE-NP list olishda zona 1-140oS zona 2-160oS zona 3-175oS zona 4-200oS Kallak harorati - 210oS Kallakdagi suyuqlaniSh bosimi 5-12 MPa. EkstruziyalaShda haroratni iloji boricha yuqori uShlaShga harakat qilinadi,chunki oquvchanlik yaxShilanadi va krisstal strukturalar hosil bo`liShi yo`qotiladi. Lekin yuqori haroratda polimer destruktsiyaga uchraShi mumkin, Shuning uchun PE list olishda maksimum harorat 240-250oS dan oShmasligi kerak. Polipropienni qayta iShlaShda bu harorat 270-280oS ni taShkil etadi. Polistiroldan list olinaetganda esa harorat 165-175oS bo`ladi. Sifatli listlar olishda sovutkich vallar yuzasining harorati va sovutkich vallar bilan kallak oraliqi muqim rol' o`ynaydi. Yupqa list olish uchun vallar yuzasi 20- 25oS bo`liShi kerak. Kallak bilan sovutkich vallar oraliqi listni tiniq bo`liShiga ta`sir ko`rsatadi. Agar masofa yaqin bo`lsa, tinikligi oShadi, lekin listning mustahkamligi kamayadi (menimcha orientatsiya yomonlaShiShi sababli). Boshqa parametrlardan listning sifatiga ta`sir xiluvchi - ekstruziyalaSh tezligi (bu Shnekning aylaniSh chastotasi bilan belgilanadi), list polotnasining qabul qilib oluvchi vallar va tortuvchi mexanizmlar tezligidir. EkstruziyalaShning yuqori tezligi list qalinliklarini bir xil bo`lmasligiga va silliqligi (glyantsa) yomonlaShiShiga olib keladi. 52 List olish texnologik sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan. Unda asosiy agregat ekstruder, tirkichli kallak, valli agregat, kalandr va boshqalar. Ekstruziyadan chiqayotgan suyuqlanma aniq o`lchamga ega bo`lgan tirkiShdan chiqib, qalinligi bo`yicha kalibrlanib, silliqlik beriladi. Bu vazifani kalandr bajaradi. Keyin sovutilib (asosan havo vositasida), ma`lum o`lchamlarga kirqiladi. Chekka qismi maydalanib, qaytadan ishlatiladi. Texnologik parametrlari plyonka, truba olishdagidek. Download 4.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling