Polimerlarni qayta ishlash texnologiyasi
TRUBALAR OLISH TEXNOLOGIYASI
Download 4.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Тошкент кимё – технология институти-hozir.org (1)
TRUBALAR OLISH TEXNOLOGIYASI
Ma`lumki hozirgi paytda gaz, vodoprovod, kanalizatsiya tarmoqlari quriShda plastmassadan yasalgan trubalar ko`p iShlatilmokda. Bu trubalar zanglamasligi (50 yilga chidaydi), bo`yab turiShni talab xilmasligi, suyuqlik harakatiga kam to`sqinligi (ichki yuzasi silliq bo`lgani tufayli) va boshqa xususiyatlari bilan po`lat va cho`yan trubalardan afzal turadi. Plastmassa trubalarni etkaziSh va montaj qilishham oson va arzon. Misol uchun, "Kazantsorgsintez" zavodini olsak, u erda 1200 mm gacha bo`lgan yuqori zichlikka ega bo`lgan polietilendan ko`p miqdorda trubalar chiharib turilibdi. 47 Plastmassa trubalarning (PE-SP olingan) yana afzalligi Shundan iboratki, ular sovuQKa chidamli (-70oS), elastik xususiyatlari saklanadi, egiluvchan, vazni engil va h.k/ Plastmassa trubalarning kamchiligi - ularning yuqori issiqlikka bardoSh bera olmasligidir. Ko`pincha trubalar polietilendan (70%) va PVX dan (30%) (qattiq va yumShoq) tayyorlanadi. Men bu bo`limda yuqori zichlikka ega bo`lgan polietilendan truba olish texnologiyasiga to`xtab o`tmoqchiman. Boshqa termoplastlardan hamShu usul bilan trubalar olish mumkin. Polietilen trubalar asosan ekstruziyalaSh, ya`ni ma`lum diametrli teShikdan uzluksiz siqib chiqarish usuli bilan olinadi. Uning oliniSh texnologik protsessi quyidagi rasmda keltirilgan. Bu rasmdan ko`rib turibsizki, truba olish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat: granula xoldagi polimer ekstruder tsilindrida yumShoq xolga keltirilgan massasini qalqasimon teShikdan siqib chihariSh; kalibrlaSh; sovutiSh; ma`lum uzunlikdagi bo`laklarga kesiSh yoki qaltaqsimon barabanlarga o`raSh. Ekstrudordan suyuqlangan polietilen siqib chihariladigan qalqasimon tirqiShning ko`ndalang kesimi trubaning ko`ndalang kesimidan ozgina ortiq bo`liShi kerak. CHunki kalibrlaSh (moslama) vaqtida truba zagotovkasi nasadka ichida qisman cho`ziladi. Ekstrudorning boSh qismidan siqib chiharilayotgan polietilen massasi tsilindr Shakliga kirib, u to`qridan-to`qri kalibrlaSh nasadkasiga o`tadi. Bu erda truba birmuncha soviydi, qotadi va kalibrlanib, muayyan taShqi diametrga ega bo`lgan holda chiqa boShlaydi. Odatda truba taShqi diametri bo`yicha kalibrlanadi va trubalar ko`ndalang yo`naliShda ikki xil usulda: vakuum hosilqilish usuli yoki truba ichidan sixilgan havo yuboriSh yo`li bilan cho`ziladi. KalibrlaSh nasadkasidan chiqayotgan truba qali issiq bo`lgani uchun, u egiluvchan va oson deformatsiyaga uchraydigan bo`ladi. SHu sababli u nasadkadan chiqiShi bilanoq sovutiSh vannalarida yoki ustidan suv quyiSh usuli bilan sovutiladi. Sovugan trubalar qattiq va deformatsiyaga uchramaydigan bo`ladi. Download 4.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling