Polimerlarning makromolekulyar tuzilishi
N X N X N X N N X N U N X N N X N X N U N
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
POLIMERLARNING MAKROMOLEKULYAR TUZILISHI
N X N X N X N N X N U N X N N X N X N U N
┼┼┼┼┼┼┼ ┼┼┼┼┼┼┼ ┼┼┼┼┼┼┼ N U N U N U N N U N X N U N N U N X N X N a b с Ushbu formulalar asosida Fisherning psevdoasimmetrik atomlar konfiguratsiyalari ifodalangan polimer zanjirlar proeksion tasvirlaridir. g) Polimerlanish usullari. Amaliyotda polimerlanishning to„rta usuli kengroq qo„llanadi: blokda; eritmada; emulsiyada; suspenziyada. Blokda (massada) polimerlanish – bu kondensirlangan fazada erituvchi bo„lmagan holda monomerlarning polimerlanishini amalga oshirishdir. Reaksiya davomida monolit blok shakllanadi, u o„zi sintez bo„lgan idish yoki qolipni shaklini egallaydi. Usulning afzalligi erituvchi ishlatilmasligi va qolipda kerakli shakldagi material va buyumni shakllantirish imkoniyati mavjudligidir. Asosiy kamchilik esa ajralib chiqqan issiqlikni bartaraf etishni murakkabligidir. Eritmada polimerlanish jarayoni monomerni hosil bo„ladigan polimer bilan aralashadigan suyuqlikda, yoki faqat monomer eriydigan muhitda olib boriladi. Usulni afzalligi ajraladigan issiqlikni oson chiqarib yuborish imkoniyatini mavjudligidadir. Kamchiliklar esa erituvchi tayyorlash va uni regeneratsiya qilish, olingan polimerni yuvish va quritish bilan bog„liq qo„shimcha sarf-xarajatlardir. Emulsiyada polimerlanish aralashmaydigan fazalar orasidagi mukammal sirtli muhitida amalga oshiriladi. Bunday fazalar birida monomer bo„ladi. Emulgator qo„shilishi bilan mitsellalar hosil bo„ladi, unda monomer qisman eriydi va qisman tomchi (10 -8 sm) bo„lib shakllanadi. Mitsella soni tomchinikidan 10 6 marta katta bo„ladi. Tomchilar polimerlanishi mitsellada boshlanadi, ya‟ni kolloid zarrachalar ulkan lateks zarrachalarga aylanadi. Bunday murakkab kimyoviy jarayon emulsion polimerlanish deb yuritiladi. Suspenziyada polimerlanish jarayoni tomchilar ko„rinishidagi (10 -5 †10 -1 sm) monomerlarni, ular erimaydigan yoki o„ta yomon eriydigan muhitda (odatda suvda) amalga oshiriladi. Odatda, tomchilar suvda eruvchan polimerlar bilan barqarorlashtiriladi va monomyerda eriydigan radikal initsiator yordamida polimerlanish olib boriladi. Polimerlanishning ushbu usullari reaksiya kirishadigan komponentlarning tabiatiga va miqdoriga hamda kinetik jarayonni, ya‟ni reaksiyani qay darajada tezlikda amalga oshishiga bog‟liq bo‟ladi. Buning uchun polimerlanish jaroyonini kinetik qonuniyatlari aniqlanishi o‟ta muhim ahamiyat kasb etadi. 1.3. Polikondensatsiya va uning turlari Polikondensatsiya – bu polimer zanjirlarni o„sishi monomerlar funksional guruhlari orqali ta‟sirlashishi va reaksiya tufayli hosil bo„layotgan funksional guruhlarning o„zaro ta‟sirlashishi hamda buning natijasida quyi molekulyar birikmalar ajralib chiqishi bilan boradigan kimyoviy jarayonidir. Polikondensatsiya reaksiyasida monomerlar ikki va undan ortiq funksional guruhlarga ega bo„lishi hamda bu guruhlar almashish reaksiyalarida amalga oshirilishi kerak bo‟ladi. Polikondensatsiya jarayonida zanjir o„sishini kimyoviy akti umumiy holda quyidagicha e‟tirof etiladi: a(M i )a + b(M j )b → a(M i+j )b + ab a(M i )b + a(M j )b → a(M i+j )b + ab bu yerda M i , M j , M i+j mos ravishda i, j, i + j – o„lchamli elementar tuzilmalar bo„lib, i va j butun sonlardir; a va b reaksiya paytida uziladigan molekulyar fragmenlar bo‟lib, ab – esa hosil bo„ladigan quyi molekulyar birikma mahsulotdir. Polikondensatsiyaga polieterifikalash va poliamidirlash reaksiyalari misol bo„ladi. Polimerlanishdan farqli polikondensatsiyada polimerning elementar tarkibi monomer birikmalar tarkibi bilan mos kelmaydi. Ularning farqi ajralib chiqayotgan quyi molekulyar birikmalar (suv, spirt, ammiak va sh.k.) tarkibi bilan aniqlanadi. Shuni ta‟kidlash joizki, polikondensatsiyaga o„xshash, ammo quyi molekulyar birikmalar ajralmaydigan reaksiya mavjud. Bu polibirikish reaksiyasi deyiladi. Bunga poliuretanni glikol va diizotsianatlardan hosil bo„lish reaksiyasini misol qilish mumkin. Polibirikish reaksiyasi ham polikondensatsiya kabi reaksion muhitda barcha funksional guruhlar sarf bo„lguncha davom etadi. Polikondensatsiya jarayonlari polimerlanish jarayonidan molekulyar zanjirlarni hosil qilish usullari bilan prinsipial farqlanadi. Polikondensatsiyani farqlanuvchi belgilari hosil bo„layotgan mahsulotlar tuzilishi, monomerlar soni va tavsiflari hamda jarayon turlaridir. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling