Polimerlarning makromolekulyar tuzilishi
DNK ning birlamchi tuzilishi
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
POLIMERLARNING MAKROMOLEKULYAR TUZILISHI
DNK ning birlamchi tuzilishi
DNK ning ikkilamchi tuzilishi RNK makromolekulasi nukleotid zvenosi tarkibiga adenin, guanin, sitomin va uratsil kabi molekulyar birikmalar kiradi. DNK makromolekulasi nukleotid zvenosida uratsil o„rniga timin ishtirok etadi. DNK makromolekulasi massasi 50*10 7 gacha bo„lib, asosan hujayrani yadrosida, RNK makromolekulasi massasi 10 4 gacha bo„lib, asosan hujayralarni ribosomalari va protivoplazmalari tarkibida bo„ladi. DNK va RNK makromolekulalari birlamchi va ikkilamchi tuzilishlarga ega bo„ladi. DNK va RNK birlamchi tuzilishi zanjirlarning nukleotid tarkibi va nukleotid zvenolarni ketma-ketligini anglatadi. DNK ning ikkilamchi tuzilishi esa ikkita parallel (tarmoqlanmagan) nukleotid zanjirlarning umumiy o„q atrofida o„ralishi natijada hosil bo„lgan ikki spiralni yagona tizimi ko„rinishida ko„plab vodorod bog„lari asosida shakllangan bo‟ladi. 1.4. Polimer molekulasining o„zgarishlari va modifikatsiyasi Polimer molekulasining tuzilishini maqsadli o„zgartirilib yangi tipdagi va muhim xossali yuqori molekulyar birikmalar olinishi jiddiy ahamiyotga egadir. Bunday o„zgarish reaksiyalari o„z-o„zidan borishi, fizik faktorlar, masalan, issiqlik, yorug„lik, radiatsiya, havodagi kislorod, mexanik kuchlanish, shuningdek, amaliy qo‟llash sharoitlari ta‟sirlari ostida amalga oshiriladi. Polimerlar molekulyar o„zgarish reaksiyasining uchta asosiy turi mavjuddir: - polimerlanish darajasi saqlanadigan polimeranalogik va ichki molekulyar o„zgarishlar; - polimerlanish darajasi oshishiga olib keladigan tikilish, payvandlash va blok-sopolimerlanish; - polimerlanish darajasi kamayishiga olib keladigan parchalanish - destruksiya. Polimeranalogik o„zgarishlar - bu makromolekulaning kimyoviy bog„larini uzmasdan va skeletini o„zgartmasdan yon (asosan funksional) guruhlar yoki asosiy zanjir atomlarini quyi molekulyar birikmalar bilan reaksiyaga kirishishi amalga oshadigan jarayondir. Uning ikkita asosiy yo„nalishi mavjud: 1. Ayrim polimerlarni bevosita monomerlardan sintez qilinmaydi yoki bunday sintezni amalga oshirib bo„lmaydi. Ular boshqa polimerlarni turli xil kimyoviy qayta ishlash, masalan, gidroliz qilish orqali olinadi. Masalan, polivinil spirt polivinil atsetatni gidroliz qilish orqali olinadi, shuningdek, xitinni ishqoriy gidrolizi, ya‟ni deatsetillash orqali xitozan olinadi. 2. Polimerlarda yangi xossa bo„lishi, masalan, eruvchanligini oshirish uchun makromolekulasining funksional guruhlari kimyoviy o„zgartiriladi, ya‟ni modifikatsiyalanadi. Bunday modifikatsiyalar orqali ko„p holatlarda polimer molekulasiga unda mavjud bo„lmagan reaksion faol funksional gururhlar kiritiladi yoki almashtiriladi. Masalan, sellyulozani turli xil hosilalarini (atsetat sellyuloza, nitrat sellyuloza, karboksimetilsellyuloza va sh.k.) olinishini keltirish mumkin. Ichki molekulyar o„zgarishlar - bu asosiy zanjirdagi funksional guruhlar yoki atomlarni kimyoviy reaksiyasi tufayli makromolekulaning tuzilishida o„zgarishlar amalga oshadigan jarayondir. Bunday o„zgarishlar asosan ikki guruhda bo„ladi: 1. Makromolekulani tuyinmagan bog„lar tizimlari bilan reaksiyasi. Bunga misol qilib polivinil spirtdan yoki polivinilxloriddan qo„sh bog„li ketma-ketlikka ega bo„lgan polivinlen molekulalarining hosil bo„lishini keltirish mumkin. 2. Makromolekulani ichki siklizatsiya reaksiyasi. Bunday reaksiyalaga poliakrilonitrildan qo„sh bog„li tizim bilan politsiklik polimer hosil bo„lishi misol bo„ladi. Shuningdek, politsiklik ichki molekulyar o„zgarishlar reaksiyasi quyi molekulyar birikmalar ishtirokida ham amalga oshishi mumkin. Masalan, polivinilxloridni sink ishtirokida qizdirilsa uch hadli sikllar hosil bo„ladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling