Polimerlarning makromolekulyar tuzilishi
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
POLIMERLARNING MAKROMOLEKULYAR TUZILISHI
o
≈ 6,14*10 -30 Kl.m ≈ 1,84 D va suv qutbli molekula hisoblanadi. Polimerning asosini tashkil etadigan uglevodorodlar qutbsizdir. Bunday polimerlar sirasiga polietilen, polipropilen, polibutadien, polizopren, poliizobutilen kabilar kiradi. Qutbli polimerlar turiga ON-guruhli polivinil spirt, sellyuloza, kraxmal, xitin, CN-guruhli poliakrilonitril, COON-guruhli poliakril va polimetakril kislotalar, C-Cl bog„li polivinilxlorid, OCOON 3 -guruhli atsetat sellyuloza. Ammo, molekulyar zanjirda qutbli guruhlarni bo„lishi hamma vaqt ham polimerni qutbli bo„lishiga olib kelmaydi. Umuman olganda molekulyar zanjirda qutbli guruhlar simmetrik joylashgan bo„lsa, ularning elektrik maydoni kompensatsiyalangan va dipol momenti nolga teng bo„ladi. Asosiysi makromolekulalarni qutblanganligiga ularning orasidagi ta‟sirlashishlar bog„liq bo„ladi. Bu holat makromolekuladagi atomlararo ichki ta‟sirlashishlarda va makromolekulalararo tashqi ta‟sirlashishlarda kuzatiladi. Bunday ta‟sirlashishlar yangi kimyoviy birikmalar hosil bo„lishiga olib kelmaydi, faqat makromolekulalararo tortishish yoki itarishish jarayonlarini amalga oshishiga sabab bo‟ladi. Odatda, tortitish kuchlari ta‟siri 3†4 Ǻ da, shushingdek, itarishish kuchlar bundan ancha yaqin masofalarda namoyon bo„ladi. Itarishish kuchlari kvantomexanik tabiatli bo„lib, bitta molekulyar orbitada qarama-qarshi yo„nalishli spinga ega ikkitadan ortiq elektron joylasha olmaganligi sababli vujudga keladi. Makromolekulalararo tortishishlar asosan vandervaals (dispersion, deformatsion va orientatsion) va ion ta‟sirlashishlar, vodorod bog„lari hamda komplekslar hosil bo„lishi orqali namoyon bo„ladi. Turli qutbli va qutbsiz molekulalararo ta‟sirlashishni eng universal turi dispersion ta‟sirlashish hisoblanadi. Dispersion ta‟sirlashish kuchlarining vujudga kelishi kvant mexanikasi qonunlari yordamida tushuntiriladi va ushbu turdagi ta‟sirlashish energiyasi (U disp. ) quyidagi tenglama orqali ifolanadi: U disp. = - (3/2r 6 )[I 1 I 2 /(I 1 – I 2 )] 1 2 (1.1.1) bu yerda r – molekulalararo masofa; I 1 va I 2 - molekula ionizatsiya energiyasi; 1 va 2 - o„zaro ta‟sirlashayotgan ikkita molekulaning qutblanganligi. Agar ikkala molekula ham dipol tuzilishga ega bo„lsa, ular orasida dipol – dipol yoki orientatsion ta‟sirlashishlar vujudga keladi hamda energiyasi (U or. ) quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: U or. = - (3/2r 6 )[μ 1 2 μ 2 2 /kT] (1.1.2) bu yerda μ 1 va μ 2 - molekulalar dipol momenti; k – Bolsman doimiysi; T – harorat. Agar birinchi molekula dipol tuzilishga ega va ikkinchisi qutbsiz bo„lsa, unda ikkinchi molekula birinchi molekulaning dipol maydonida qutblanadi. Chunki qutblanmagan molekulada elektronni siljishi va majburiy dipol hosil qilishi mumkin. Ushbu ta‟sirlashish deformatsion deb yuritiladi va energiyasi (U Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling