Polipeptid zanjirining alfa va betta tuzilishi
Oqsillarning ikkilamchi strukturasi
Download 28.34 Kb.
|
MT 3. BIOXIMIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsillarning uchlamchi strukturasi.
Oqsillarning ikkilamchi strukturasi. Oqsil molekulalari bir xil molekulyar og’irlikka ega bo’lgan chiziqli polimerlar molekulalariga nisbatan ancha zich joylashgan bo’ladi, chunki oqsil molekulalarining ma’lum qismi spiral shaklida tuzilgan. Spiral o’ramlari vodorod bog’lari orqali bir-biriga tortilib turadi. Natijada pishiq va mustahkam struktura hosil bo’ladi. Vodorod bog’lari tufayli hosil bo’ladigan polipeptid zanjirining spiral konfiguratsiyasi oqsillarning
ikkilamchi strukturasi deyiladi. Ikkilamchi strukturani uchta xili mavjud: а-spiral, B-qavatli va kollagenli spiral. Vodorod bog’lar bir polipeptid zanjir ichidagi har xil guruhlar o’rtasida hosil bo’ladi. Bunday bog’lar tufayli polipeptid zanjir spiral shaklda bo’ladi. Polipeptid spiralning muhim xillaridan biri a- spiraldir. a-spiralni aylanma zina bilan taqqoslasa bo’ladi. Bu holda aminokislota qoliqlari pog’onalar vazifasini bajaradi. а -spiral juda ko’p oqsillar da uchraydi. Masalan: a-keratin to’liq aspiral oqsildan iborat; mioglobin, gemoglobin 75%, zardob albumini 50%, ribonukleazani 17%, a-spiralni tashkil qiladi, ma’lum omil ta’sirida (ishqor, harorat) а-spiral cho’zilib, zanjir ichidagi vodorod bog’lar uzilib ketadi va B-strukturaga o’tadi. Fibrillyar (ipsimon) oqsillarning tabiiy shakli – B strukturadir. Vodorod bog’Iar molekulalaming orasida, polipeptid zanjirining har xil uchastkalari orasida bo’ladi. Oqsillarning uchlamchi strukturasi. Spiral tuzilgan polipeptid zanjirlar har xil kuch ta’sirida fazoda ma’lum shaklni olishga harakat qiladi. Polipeptid spiralining fazodagi orientatsiyasi yoki uning taxlanishi uchlamchi struktura deyiladi, ya’ni molekulaning shakli, hajmi haqida ma’lumot beradi. Oqsillarning biologik faolligi, ulaming uchlamchi strukturasiga bog’liq. Uchlamchi strukturani rentgenostruktura tahliliy usul yordamida o’rganiladi. Ribonukleaza, lizotsim, mioglobin, ximotripsin va boshqa ko’pgina oqsillarning uchlamchi strukturasi aniqlangan. Mioglobin oqsilining uchlamchi strukturasi Oqsil molekulasi uchlamchi strukturasining hosil bo’lishida bir qancha kimyoviy bog’lar ishtirok etadi. Bulardan eng muhimi disulfid bog’dir. Ko’p oqsillar polipeptid zanjirining ma’lum qismlaridagi sistein qoldiqlari bir-biri bilan mustahkam bog’ hosil qiladi. Oqsillarni uchlamchi strukturasini hosil bo’lishida gidrofob va gidrofil guruhlarining o’zaro ta’siri ham ishtirok etadi. Oqsillaming uchlamchi strukturasi yuqori labillikka ega – pH, muhitning ionli tarkibiga, harorat va boshqa omillarga oqsil molekulasidagi vodorod bog’lari juda ham ta’sirchandir. Download 28.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling