Polipeptid zanjirining alfa va betta tuzilishi
Download 28.34 Kb.
|
MT 3. BIOXIMIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsil molekulalarining strukturalari.
Nizomiy nomidagi TDPU Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 201-guruh talabasi Akramova Fayyozaning “Polipeptid zanjirining alfa va betta tuzilishi” mavzusidan tayyorlaganREFERATIReja : Oqsillarning strukturalari Oqsillarning birlamchi strukturasi Oqsillarning ikkilamchi strukturasi Oqsillarning uchlamchi strukturasi Oqsillarning to‘rtlamchi strukturasi Oqsil molekulalarining strukturalari. Oqsil molekulasida 4 xil struktura mavjud, ya’ni birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to’rtlamchi strukturalari. Oqsillarning birlamchi strukturasi. Oqsillar molekulasini tashkil qiladigan polipeptid zanjirlarida aminokislotalarning ketma-ket joylashish tartibi va ulami tutgan o’mi oqsillarning birlamchi strukturasi deb ataladi. Bu tartib irsiy belgilangan va o’zgarmasdan nasldan-naslga o’tadi. Birlamchi struktura oqsil molekulasining asosi (ustuni) deyiladi. Hozirgacha 1000 dan ortiq oqsilning birlamchi strukturasi aniqlangan. Birlamchi strukturasi aniqlangan dastlabki oqsil insulindir. Insulin 2 ta polipeptid zanjiridan tuzilgan. Birinchi ya’ni A zanjir 21 aminokislota qoldig’idan, В zanjir esa 30 aminokislota qoldig’idan tuzilgan. Insulin molekulasida 3 ta disulfid ko’priq bo’lib, ikkitasi A va В zanjirlar orasida, bittasi A zanjirning ichida joylashgan. Oqsillarning birlamchi strukturasi Bir qator anomal oqsillarning birlamchi strukturasini o’rganish ba’zi og’ir irsiy kasalliklar tabiatini aniqlashga imkon beradi. Masalan: normal gemoglobin oqsilining b-zanjirida 6-o’rinda glutamin joylashgan, uning o’rinining valin bilan o’zgarishi og’ir irsiy kasallik o’roqsimon kamqonlikni keltirib chiqaradi. Shunday qilib oqsillarning biologik xususiyatlari, eng avvalo ularning birlamchi strukturasiga bog’liq. Download 28.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling