Pomidor- xosil mo‘l
Download 278.21 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Volume: 01 Issue: ISSN: XXXX Pomidor- xosil mo‘l Zokirov Zohidjon Zafarjon O’g’li Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar
- Калит сўзлар : pomidor, nav, duragay, Torri F1, Lesli F1, Lamiya F1 Volume: 01 Issue: 03 | 2021
- JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) Volume: 01 Issue: 03 | 2021 ISSN: XXXX-XXXX 11
JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) Volume: 01 Issue: ISSN: XXXX Pomidor- xosil mo‘l Zokirov Zohidjon Zafarjon O’g’li Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institute magistri Аннотация. ushbu maqolada pomidor o‘simligining oziq sanoatidagi dolzarbligi va issiqxonada yetishtirishda ekilgan pomidor navlarini ekish sxemalari va sug’orish muddatlari hosildorlikka ta’siri yoritib berilgan. Калит сўзлар : pomidor, nav, duragay, Torri F1, Lesli F1, Lamiya F1 Volume: 01 Issue: 03 | 2021 ISSN: XXXX-XXXX 10 xosil mo‘l Zokirov Zohidjon Zafarjon O’g’li Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar ushbu maqolada pomidor o‘simligining oziq-ovqat sanoatidagi dolzarbligi va issiqxonada yetishtirishda ekilgan pomidor navlarini ekish sxemalari va sug’orish muddatlarini hosildorlikka ta’siri yoritib berilgan. pomidor, nav, duragay, Torri F1, Lesli F1, JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) Volume: 01 Issue: 03 | 2021 ISSN: XXXX-XXXX 11 Sabzavotlarni inson hayotidagi ozuqalik ahamiyati barchaga ma’lum. Sabzavotlar kishi organizmi uchun zarur turli biologik faol moddalar bilan ta’minlovchi eng oson manba hisoblanadi. Shu bois oxirgi besh yilda mamlakatimizda sabzavot ekinlari maydoning yildan-yilga kengaytirish, sabzavotlarning kunlik iste’mol ehtiyojini ta’minlovchi sog’lom ovqatlanishni to’g’ri tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyo bo’yicha hozirgi kunda pomidor ekilgan maydonlar 5.0 mln ga dan oshdi, uning hosildorligi ochiq maydonda 70-100 t/ga, issiqxonalarda 180-200 t/ga, gidroponika sharoitida esa 250-350 t/ga yetmoqda. FAO tashkiloti bergan ma’lumotga ko’ra, dunyo bo’yicha issiqxonalar maydoni Ispaniyada – 52 ming, Yaponiyada – 42 ming, Xitoyda – 1500 ming, Turtsiyada – 35 ming, Italiyada – 20 ming, Nideolandiyada – 10 ming, Marokko 10 ming, Frantsiyada – 8,5 ming, Polshada 6,3 ming, Germaniyada – 3,7 ming, Meksikada – 15 ming, Rossiyada 3,1 ming, Ukrainada 8,0 ming, Qozog’istonda 2899, Tojikistonda 72,75 va O’zbekistonda 8,3 ming gektarni tashkil etgan. O’zbekiston Respublikasi 2018-2030 yillarda issiqxonalarning rivojlanish istiqbollari xaqida OOO “ZAMONAVIY ISSIQXONA” tashkiloti bergan ma’lumotga ko’ra, respublikamizda 2030 yilga borib 65-70 ming gektarli zamonaviy issiqxona komplekslari faoliyat ko’rsatadi. 2018-2030 yillarda har yili o’rtacha 42-30,8 gektar va hammasi bo’lib 55 ming gektar issiqxona komplekslari qurilishi rejalashtirilgan. Pomidor issiqxonalarda yetishtiriladigan asosiy sabzavot ekinlardan biri hisoblanadi. U qishki issiqxonalarda turli (kuzgi-qishki, qishki-bahorgi, o’tuvchan va uzaytirilgan) davrlarda yetishtiriladi. Mamlakatimiz issiqxona sabzavotchiligidagi mavjud muammolarni va kamchilik- larni bartaraf etish, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, hosildorlikni oshirish omillarini izlash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun pomidorning biologik xususiyatlari, issiqxonalarda uni turli davrlarda yetishtirishda ta’minlanadigan shart-sharoitlarni, navlarni to’g’ri tanlash, o’simliklarni parvarishlash kabi barcha texnologik elementlarni chuqur o’rganish va ularni ishlab chiqarish sharoitida qo’llay olish yuqori hosil olishga imkon beradi. Pomidorning asl vatani Janubiy Amerikadir. yevropaga XVI asrning o’rtalarida olib kelingan bo’lsada, uzoq vaqtga qadar dekorativ yoki dorivor o’simlik sifatida o’stirilgan. XVIII asrning oxirlarida pomidor sabzavot ekini sifatida o’stirila boshlandi. XIX asrning o’rtalarida esa Rossiya va yevropaning janubiy qismida ham keng tarqaladi. XIX asr oxirlaridan buyon pomidor O’rta Osiyoda, shu jumladan O’zbekistonda ham o’stirila boshlandi. Pomidor mevalari yil mobaynida iste’mol qilinadigan to’yimli va qimmatbaho sabzavotlar qatoriga kiradi. U himoyalangan yerda yetishtiriladigan asosiy ekin hisoblanadi. U jahondagi oynavand va plyonkali issiqxonalarning 60 foizga yaqin maydonini egallaydi. Bolgariya, Ruminiya, Nederlandiya va boshqa mamlakatlarda 70-90 foiz issiqxona maydonida pomidor yetishtiriladi. Boltiq bo’yi mamlakatlari yirik issiqxona kombinatlarining 30-40 foiz maydonini pomidor egallaydi. Rossiyaning shimoliy va markaziy mintaqalarida uning maydoni – 25-30 foiz, janubiy mintaqalarda esa 80 foizga yetib boradi. (SHuvaev YU. 2001). Download 278.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling