Differensial titrlash
Agar elektrolitik bo`g`inga ikkita indikator elektrodi (taqqoslash elektrodi mutlaqo ishlatilmaydi) tushirilib, undagi eritma titrlansa, bu usulga differensial titriash deyiladi. Indikator elektrodlaridan biri (2) tubida taxminan 1 mm diametrga ega bo`lgan teshikli probirkaga (4) joylashtiriladi. Bu elektrod bilan eritmaning asosiy qismi orasidagi tutashish ushbu teshik orqali bo`ladi. Probirkadagi elektrodni o`rab olgan eritmaning tarkibi titrant qo`shilgan asosiy eritmaga ko`ra sekin o`zgaradi. Eritmalar tarkibidagi farq tufayli indikator elektrodlari orasida potensiallar farqi yuzaga keladi. Potensial o`lchangandan keyin eritma har gal astoydil aralashtiriladi. Buning uchun probirkadagi eritma siqib chiqariladi va eritmaning yangi qismi probirkaga kiritiladi. Natijada 5Eyana nolga tenglashadi. Agar probirkaga kiritiladigan eritmaning hajmi kichik (1-5 ml) bo`lsa, moddaning reaksiyaga kirishmay qolgan qismi hisobiga yuzaga keladigan xato juda kichik bo`ladi.
4-chizma. Potensiometrik differensial titrlash uchun qurilma.
1-magnitli aralashtirgich;
2-magnitli aralashtirgich o `zagi;
3-indikator elektrodlari;
4-tubida teshigi bo`lgan so`rg`ichliprobirka;
5-so`rg`ich;
6-byuretka.
5-chizma. Potensialni kompensatsion o`lchash asbobining tuzilishi:
5-chizma. Potensialni kompensatsion o`lchash asbobining tuzilishi:
1-akkumulyator;
2-o`zgaruvchan qarshilik;
3,4-sirg`anchiq tutashma;
5-potensiometr;
6- Vestonning normal elementi;
7, 9-kalit; 8-elektrolitik
bo`g`in; 10-galvanometr
bu yerda, k — mutanosiblik koeffitsienti. Tokni o`lchash uchun zanjirga sezgir galvanometr ulanadi. Kalit (9) zanjirni qisqa muddatga ulashda, ikki qutbli (C) kalit (7) esa zanjirga normal element (6) yoki bo`g`inni (8) ulashda ishlatiladi. AB potensiometr orqali uzluksiz o`tayotgan tok (I) A va B nuqtalar orasida kuchlanishning pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |