Present simple – hozirgi oddiy zamon
???????? ???????? ???????????? + ???? + ???? ???????????? ?
Download 1,4 Mb. Pdf ko'rish
|
rules for all tenses
𝑨𝒎 𝑰𝒔 𝑨𝒓𝒆 + 𝑺 + 𝑽 𝒊𝒏𝒈 ? 𝑺 + 𝒂𝒎 𝒏𝒐𝒕 (′𝒎 𝒏𝒐𝒕) 𝒊𝒔 𝒏𝒐𝒕(𝒊𝒔𝒏′𝒕) 𝒂𝒓𝒆 𝒏𝒐𝒕 (𝒂𝒓𝒆𝒏′𝒕) + 𝑽 𝒊𝒏𝒈 Tom is taking a photo. Tom rasmga tushiryapti. Is Tom reading a book? Tom kitob o’qiyaptimi? Tom is not reading a book. Tom kitob o’qimayapti. We are learning English. Biz ingliz tilini o’rganyapmiz. He’s studying hard now. U hozir qattiq o’qiyapti. Are you learning Spanish? Siz ispan tilini o’rganyapsizmi? Is he studying hard now? U hozir qattiq o’qiyaptimi? We are not learning Spanish. Biz ispan tilini o’rganmayapmiz. He isn’t studying hard now. U hozir qattiq o’qimayapti. -ing qo’shish qoidalari 1 2 3 4 -e harfiga tugaydigan fe’llarga –ing qo’shilganda –e harfi tushib qoladi. Agar fe’l bir bo’g’inli bo’lsa, yoki urg’u oxirgi bo’g’inga tushsa va o’sha bo’g’inda ikki undoshning o’rtasida bitta unli kelgan bo’lsa, -ing qo’shilganda o’xirgi undosh ikkitaga ortadi. -l harfiga tugaydigan fe’llarga – ing qo’shilganda – l harfi ikkitaga ortadi. - ie ga tugaydigan fe’llarga –ing qo’shilganda – ie harflari – y harfiga almashtiriladi. Dance-dancing Run-running, get- getting, drop-dropping Travel-travelling Lie-lying, tie-tying, die-dying Lekin: see-seeing Lekin: open-opening Ishlatilishi 5 1. Gapirayotgan paytda sodir bo’layotgan yoki vaqtinchalik ish-harakatlarga nisbatan. Bunda ish-harakat aynan hozir bo’layotgan bo’lishi shart emas, balki shu kunlarda, shu paytlarda sodir bo’layotgan bo’ladi. Helen is working hard these days. Right now she’s reading a newspaper. – Helen shu kunlarda qattiq ishlayapti. Ayni damda u gazeta o’qiyapti. (gapirayotgan paytimizda u ishlamayapti) 2. Haddan tashqari tez-tez sodir bo’layotgan ish-harakatlarga nisbatan jaxl, achchiqlanish yoki shikoyatni ifodalashda “always” – har doim so’zi bilan. You’re always forgetting to pay the bills. – Sen doim to’lovlarni to’lashni unutib yuribsan. (uning to’lovlarni to’lashni har doim esidan chiqarib qo’yayotganligidan noroziligini, jaxli chiqqanligini ifodalash uchun) 3. Tez orada bajarish uchun allaqachon rejalashtirib (tashkillashtirib, kelishib, uyushtirib) qo’ygan ish- harakatlarimizga nisbatan. Bunda asosan, ish-harakatni bajarish vaqti va joyi aniq bo’ladi. Melanie is getting married at 3 this afternoon. – Melanie bugun soat 3 da turmushga chiqyapti. (hikoh marosimi o’tkaziladigan payt va joy kelishib, gaplashib qo’yilgan) 4. O’zgarayotgan va rivojlanayotgan holatlarga nisbatan. My English is improving. – Ingliz tilim yaxshilanyapti. (ingliz tilini bilish darajam o’zgarib boryapti, bir joyda qotib turgani yo’q.) More and more forests are disappearing because of fires. – Yong’inlar sababli ko’pdan ko’p o’rmonlar yo’qolib bormoqda. (rivojlanayotgan holat, ya’ni o’rmonlarning yo’qolib borishi ko’paymoqda.) Download 1,4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling