Present simple – hozirgi oddiy zamon
Download 1,4 Mb. Pdf ko'rish
|
rules for all tenses
V
er b s o f pe rc ep ti o n Believe Ishonmoq I don’t believe a word he’s saying. – U aytayotgan birorta so’zga ishonmayman. Know Bilmoq I don’t know his name. – Men uning ismini bilmayman. Remember Eslamoq Do you remember me? – Meni eslaysizmi? Forget Unutmoq She never forgets the birthdays of her friends. – U dugonalarining tug’ilgan kunlarini hech qachon unutmaydi. Recognise Tanimoq He doesn’t recognise me. – U meni tanimayapti. Understand Tushunmoq I understand what you mean. – Men nimani nazarda tutayotganligingizni tushunib turibman. Notice Payqamoq My dog notices everything immediately. – Mening itim hamma narsani darxol payqaydi. Realise Anglamoq Do you realise that you’re wrong? – Nohaq ekanligingni anglayapsanmi? 7 Seem Tuyulmoq It seems strange. – Bu g’alati tuyulyapti. Sound Ovoz chiqarmoq, eshitilmoq She sounds sad. – U xafa eshitilyapti. (ya’ni uning ovozi xafaga o’xshab chiqyapti) Think -deb o’ylamoq, degan fikrda bo’lmoq I think he is a good student. – Men uni yaxshi student deb o’ylayman. Li ke s an d di sl ike s Love Sevmoq, yaxshi ko’rmoq I love tropic fruits. – Men tropik mevalarni yaxshi ko’raman. Like Yoqtirmoq I like horses. – Men otlarni yoqtiraman. Hate Nafratlanmoq He hates drinkers. – U ichuvchilardan nafratlanadi. Dislike Yomon ko’rmoq, yoqtirmaslik I dislike music. – Men musiqani yoqtirmayman. Enjoy = like Yoqtirmoq Kids enjoy playing in the mud. – Bolachalar loyda o’ynashni yoqtirishadi. Prefer Afzal ko’rmoq, ma’qul ko’rmoq Rosemary prefers to live in the countryside. – Rozemary qishloqda yashni afzal ko’radi. Oth er v er b s Be Bo’lmoq He is angry. – Uning jaxli chiqqan. Contain O’z ichiga olmoq, …dan tashkil topmoq This bottle contains 2 liters of liquid. – Bu shisha idish 2 litr suyuqlikni o’z ichiga oladi. Fit Loyiq, munosib bo’lmoq This jacket fits you perfectly. – Bu kostyum sizga juda mos keladi. Include O’z ichiga olmoq This book includes a CD. – Bu kitob bitta CD diskni o’z ichiga oladi. Matter Ahamiyatga ega bo’lmoq It doesn’t matter who you are. – Kimliging ahamiyatga ega emas. Need Muhtoj bo’lmoq, kerak bo’lmoq He needs some money. – Unga pul kerak. Belong Tegishli bo’lmoq This car belongs to him. – U mashina unga tegishli. Cost Qiymatga ega bo’lmoq, narxda turmoq This pen costs $ 5. – Bu ruchka 5 dollar turadi. Owe Qarz bo’lmoq He owes me $ 100. – U mendan 100 dollar qarz. Prefer Afzal ko’rmoq I prefer not to go there. – Men u yerga bormaslikni afzal ko’raman. Mean Ma’no bildirmoq, nazarda tutmoq The word “nice” means “ajoyib” in Uzbek. – “Nice” so’zi o’zbek tilida “ajoyib” degan ma’noni anglatadi. What do you mean? – Nimani nazarda tutyapsan? Own Ega bo’lmoq We own a restaurant. – Biz restoranga egamiz. (restoranimiz bor) Appear = seem/look Tuyulmoq /ko’rinmoq You’ve got to appear calm in an interview even if you are terrified underneath. – Xattoki ichingda daxshatga tushgan bo’lsang ham intervyudan xotirjam ko’rinishing/tuyulishing kerak. Believe Ishonmoq I don’t believe your words. – Men sening so’zlaringga ishonmayapman. 8 Want Xohlamoq He wants to be a doctor. – U shifokor bo’lishni xohlaydi. Have = possess Bor, ega bo’lmoq They have a nice house in the countryside. – Ularni qishloqda ajoyib uyi bor. ! Ayrim holat fe’llarini davomli zamonda ishlatish mumkin, lekin bunda ularning ma’nosi o’zgaradi. Davomli zamonda kelmaydi Davomli zamonda keladi Think – …degan fikrda bo’lmoq (= believe) I think she’s Italian. – Fikrimcha, u Italiyalik. Think – o’ylamoq (= consider) I’m thinking about my holiday. – Ta’tilim haqida o’ylayapman. Taste – tamga ega bo’lmoq, tami kelmoq The soup tastes awful. – Sho’rva rasvo tamga ega ekan/sho’rvadan rasvo tam kelyapti. Taste – tatib ko’rmoq She’s tasting the soup. – U sho’rvani tatib ko’ryapti. See – ko’rmoq/ tushunmoq I can see an aeroplane in the sky. – Men osmonda samalyot ko’ryapman. See (= meet) – uchrashmoq, ko’rishmoq I’m seeing Jill tonight. – Bugun kechqurun Jil bilan ko’rishyapman. Look – ko’rinmoq, ko’rinishga ega bo’lmoq (= appear) Susan looks tired. – Syuzan charchagan ko’rinadi. Look – qaramoq Susan is looking at some photos. – Syuzan suratlarga qarayapti. Smell – hid taratmoq, hidga ega bo’lmoq, hidi kelmoq The room smells of perfume. – Xonadan atirning hidi kelyapti. Smell – hidlamoq The cat is smelling its food. – Mushuk ovqatini hidlayapti. Feel – …degan fikrda bo’lmoq (= think); tuyulmoq (= to be) I feel that it’s too expensive. – Menimcha bu juda ham qimmat. This towel feels soft. (= This towel is soft.) – Bu sochiq yumshoq tuyulyapti. Feel – ushlab ko’rmoq, paypaslamoq (= touch) Jill is feeling her son’s forehead. – Jill o’g’lining peshonasini ushlab ko’ryapti. (silayapti) Be – doimiy holatni, ya’ni insonlarning xarakterini ifodalashda He is selfish. – U xudbin. Be – vaqtincha holatni, ya’ni insonlarning o’zini tutishini, hatti-harakatini ifodalashda He is being selfish. – U xudbinlik qilyapti (o’zini xudbinlarcha tutyapti lekin, bu vaqtincha, aslida u xudbin emas) Have (=possess) – bor degan ma’noda He has a sports car. – Unda sport mashinasi bor. Have – ayrim iboralarda kelib, bor degan so’zdan boshqa ma’no anglatganda He’s having lunch now. – U hozir tushlik qilyapti. “Have” ishtirok etgan ayrim iboralar Have breakfast – nonushta qilmoq lunch – tushlik qilmoq dinner – kechki ovqatni yemoq some tea – choy ichmoq a meal – ovqat yemoq a bath – vanna qabul qilmoq a shower – dush qabul qilmoq a swim – suzmoq, cho’milmoq a party – ziyofat bermoq Have an accident – halokatga uchramoq an experience – boshidan kechirmoq, boshidan o’tkazmoq a dream – hayol surmoq, orzu qilmoq/ tush ko’rmoq a baby – farzandli bo’lmoq difficulty – qiyinchilikka uchramoq fun – maza qilmoq, ko’ngilxushlik qilmoq trouble – muammoga uchramoq 9 “Feel” haqida bilish lozim bo’lgan ayrim qoidalar Feel fe’li quyidagi holatlarda davomli (continuous) zamonda ishlatilmaydi: 1) think bilan bir xil ma’noga ega bo’lib, …deb o’ylamoq, degan fikrda bo’lmoqi kabi ma’nolarni ifodalab kelganda. Bunday gaplarda feel asosan that yoki about so’zlari bilan birga keladi. Bunday gaplarda feel fe’lini think fe’li bilan almashtirsa ham bo’ladi, ma’nosi o’zgarmaydi, faqat feel dalildan ko’ra ko’proq his-tuyg’uni (emotsiya) ifodalaydi. I feel you are wrong. – Menimcha sen yanglishyapsan. I feel that you should study more. – Sen ko’proq o’qishing kerak deb o’ylayman. How do you feel about going out tonight? – Bugun kechqurun ko’chaga chiqishga nima deysan? 2) sense so’zi bilan bir xil ma’noga ega bo’lib, sezmoq degan ma’noni ifodalab kelganda. Don’t you feel the house shaking? – Uy qimirlayotganini sezmayapsanmi? 3) bog’lovchi so’z sifatida kelganida. Bunda xuddi to be kabi ishlatiladi va tuyulmoq deb tarjima qilish ham yoki umuman tarjima qilmaslik ham mumkin. The water feels cold. (=The water is cold.) – Suv sovuq. (Suv sovuq tuyulyapti) Feel quyidagi holatlarda davomli (continuous) zamonda ishlatilishi mumkin: 1) biror narsani bilish, o’rganish maqsadida ushlab ko’rmoq (= touch) degan ma’noda kelganda. The doctor is feeling her pulse. – Doktor uning pulsini (tomir urishi) ko’ryapti (ushlab ko’rib tekshiryapti). She is feeling her son’s forehead. – U o’g’lining peshonasini ushlab ko’ryapti (issig’i bormi, yo’qmi deb). 2) biror narsani topish maqsadida ushlab ko’rmoq, paypaslamoq (= touch) degan ma’noda kelganda. He is feeling the keyhole in the dark. – U qorong’uda kalit teshigini paypaslayapti. Download 1,4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling