Present simple – hozirgi oddiy zamon


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/41
Sana16.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1361490
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
rules for all tenses

3.
 Shall I …? – bu formula biror kishi uchun nimadir qilishni taklif qilganimizda ishlatiladi (offer-taklif). 
Bunda hech kim bizdan yordam so’ramaydi, balki o’zimiz tashabbus bilan chiqib yordam taklif qilamiz. 
O’zbek tiliga qilib yuboraymi? (shuni qilishimni xohlaysizmi?) deb tarjima qilish mumkin. 
Masalan, jamoat transportida kattalarga joy berishda (Sizga joyimni beraymi?), og’ir yuk ko’tarib 
ketayotgan kishiga yuklarini ko’tarishga yordam berib yuborganda (Yuklaringizni ko’tarishib yuboraymi?
va shunga o’xshash vaziyatlarni keltirish mumkin.
Shall I give you a hand with those bags? – Ana u sumkalarga yordamlashib yuboraymi? ( = Do you want 
me to give you a hand with those bags?) 
3.
Shall we …? – bu formula biror narsa qilishni taklif sifatida o’rtaga tashlaganda (suggestion) 
ishlatiladi. Bunda o’sha ishni birgalikda bajarish nazarda tutiladi. O’zbek tiliga shunday qilmaymizmi? 
deb tarjima qilish mumkin. E’tibor bering, ingliz tilidagi gapda not ishlatilmaydi, lekin o’zbek tiliga to’g’ri 
tarjima bo’lishi uchun biz “… qilmaymizmi?” shaklida inkor gapda tarjima qilamiz. 
Shall we wait until the rain stops? – Yomg’ir to’xtagunicha kutmaymizmi? ( = Why don’t we wait until 
the rain stops?) 
4.
Shall I/we … ? – kimdandir maslahat, taklif yoki ko’rsatmalar so’rash uchun. Bunday gaplarni o’zbek 
tiliga “nima qilay/nima qil deysiz/nimani maslahat berasiz/shunday qilaymi?” tarzida tarjima qilish 
mumkin. 
‘What shall I do with all these letters?’ ‘Put them on my desk.’ – “Bu hamma xatlarni nima qilay?” 
“Ularni mening stolimga qo’ying.” ( = What do you want me to do with all these letters?) 
5.
 Why don’t we …? – bu formula ham Shall we …? formulasi bilan bir xil manoda ishlatiladi. O’zbek 
tiliga “shunday qilsakchi, nima uchun shunday qilmas ekanmiz, shunday qilishimizga nima to’sqinlik 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling