Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi O‘zbekiston


 Yuqori bosimli rektifikatsion kolonnani kompyuterda


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/44
Sana13.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1355184
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
Bog'liq
spirt

3.2 Yuqori bosimli rektifikatsion kolonnani kompyuterda 
modellashtirish. 
Biz ko’rib chiqayotgan jarayonda yuqori bosimli rektifikatsion kolonnasini 
hisoblash natijalariga ko’ra 10 atm bo’lib, undagi mavjud xossani nomoyon qiladi. 
Stichlmair va Fair(1998)larning izlanishlarga ko’ra ko’p komponentli 
aralashmalarni haydash 3 sinfdagi separatsiya usullari orqali amalga 
oshiriladi.(3.2.1-rasm). 
3.2.1-rasm. Turli rejimda ishlovchi kolonnalarda pinch joylashuvi 


47
1-sinfdagi ajratish usulida quyi va yuqori qaynash temperaturasiga ega 
komponentlar birinchi bo’lib ajratib olinadi. O'rtacha qaynash temperaturasiga ega 
bo'lgan komponent ham distilliat, ham quyi oqim tarkibida mavjud bo'ladi. Ushbu 
sinfdagi separatsiyalash usulida kirish nuqtasining (tarelka) ham ustki ham oskti 
qismida juft pinch nuqtasi hosil bo'ladi. Pinch konsentratsiyasi (xPi) kirish 
konsentratsiyasiga (xFi) teng bo'ladi. Kolonnaning stripping hamda rektifikatsiya 
qismlari minimal qaynash temperaturasi va flegmalar soniga ega bo'ladi.
Ikkinch sinfdagi ajratish usulida esa distilliat oqimi asosan quyi qaynash 
temperaturasiga ega komponent bilan boyitilib, kolonnaning rektifikatsiya qismi 
yuqori flegmalar soniga ega bo’ladi. Uchinchi sinfdagi seperatsiyalash jarayoni 
esa kolonnani pastki oqimi asosan yuqori qaynash temperaturasiga ega 
komponentlarga boy bo’lib, yuqori qaynash nuqtasida ishlaydi. Ikkinchi va 
uchinchi sinfdagi separatsiyalashda yagona pinch mos ravishda stripping va 
rektifikatsiya qismlarida mavjud bo'ladi. Ushbu holatda esa pinch konsentratsiyasi 
(xPi) kirish konsentratsiyasidan (xFi) farq qiladi. Minimal ichki bug' va suyuqlik 
oqimlari muhim bo'lib, minimal flegmalar soni yoki qaynash temperaturasidan 
foydalanish energiya iste'molining kamayishiga olib keladi. 
Ideal aralashmalar deb eritma tarkibidagi komponent olinishi natijasida 
issiqlik ajrab chiqmaydigan yoki yutilmaydigan va hajmi o’zgarmaydigan 
aralashmalarga aytiladi. 
Yengil uchuvchan A va qiyin uchuvchan B komponentli binar, suyuq 
aralashmani ko’rib chiqamiz. A va B toza komponentlar to’yingan bug’larning 
bosimini PA va PB  deb belgilaymiz. 
Malumki, ideal aralashmalar Raul qonuniga bo’ysinadi. Ushbu qonuniga 
binoan, suyuqlik ustidagi toza komponentning bug’ bosimi uning suyuqlikdagi 
mol ulushiga proporsionaldir: 


48

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling