International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE»
www.myscience.uz
41 |
M.F. Xomidova, L. Tursunova.
MUHAMMAD YUSUF IJODIDA INTERTEKSTUALLIK VA UNING MANBALARI
MUHAMMAD YUSUF IJODIDA INTERTEKSTUALLIK VA UNING
MANBALARI
Xomidova Mahfuzaxon Farxodjon Qizi
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD),
Lobar Tursunova
Lingvistika yo‘nalishi 2- kurs magistranti
O‘zbekiston Milliy Universiteti
Annotatsiya: O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf she’rlari badiiylik
jihatdan juda go‘zal va tili sodda, xalqonadir. Shoir asarlarini o‘qiganimizda yoki
tinglaganimizda ulardagi o‘xshatishlar va qiyoslashlar
har bir kitobxonni jalb
qilmasdan qolmaydi. Ularda o‘ziga xos milliy ifodalar,
realiya birliklar, maqol,
matal, o‘xshatishlar faol qo‘llaniladi. Shoir asarlarini o‘zbek millatining so‘zda aks
etgan qomusi desak, mubolag’a bo‘lmaydi. Xususan,
ijodkor asarlarida
tilshunoslikka oid intertekstuallik namunalarining turli ko‘rinishlarini ham
uchratishimiz mumkin. Shoir turli manbalardan olingan intertekstlar orqali o‘z ijod
namunalarini yana ham o‘qishli, g‘oyaviy pishiq, mazmundor, ta’sirchan bo‘lishiga
erishgan. Intertekstuallik namunalari orqali shoir tarixiy voqea-hodisalarga,
mashhur
shaxslarga, millat madaniyatiga daxldor qahramonlarga ishora qiladi.
Maqolada Muhammad Yusuf she’riyatidagi shunday misollar tahlilga tortilgan va
ularning manbalari aniqlangan.
Kalit so‘zlar: intertekstuallik, intertekst, maqol, doston, rivoyat, tarixiy shaxs
nomlari, allyuziya.
Аннотация: Стихи народного поэта
Узбекистана Мухаммада Юсуфа
художественно красивы, а язык прост и народен. Когда мы читаем или
слушаем
произведения поэта, сравнения и сравнения в них не могут не
привлечь каждого читателя. Они активно используют уникальные народные