International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE»
www.myscience.uz
45 |
Xalq bo‘l , elim, xalq bo‘l, elim,xalq bo‘l, elim! [Yusuf M., 2019:9]
Ushbu she’riy parchada intertekstuallik maqol orqali ifodalangan. Bir mayizni
qirq bo‘lgan bir tanu -jon jumlasida xalqning ahilligiga, hamjihatligiga ishora
qilyapti. Bu bilan yozuvchi xalq ochlikda ham nochorlikda ham bir birini qo‘llashi
va suyashi lozimligini ta’kidlamoqda.
Bu maqol bevosita she’rning umumiy g‘oyasini ham o‘zida aks ettirgan.
Maqollar intertekstuallikka manba sifatida badiiy matnlarda keng qo‘llaniladi.
Bo‘lar elning bolalari bir -birin der,
Bo‘lmas elning bolalari bir-birin yer misralarida esa, xalqda mavjud urf-
odat, an’analar bilan insonlardagi oqibat va bir-biriga bo‘lgan ishonchni
tasvirlamoqda. Bu maqol ham she’rning umumiy mazmuniga mos holda tanlangan
va shu orqali uning yana ham ta’sirchan, badiiy jihatdan mukammal bo‘lishiga
erishilgan.
Shoir ijodida o‘zidan oldin yaratilgan badiiy matnlarga murojaat qilish ham
ko‘p uchraydi. Goh xalq og‘zaki ijodiga, goh Navoiy qahramonlariga ishora qiluvchi
allyuziyalar ham talaygina:
Ermak ekan endi Laylolar,
Majnun g‘arib kezgan sahrolar,
Ertak ekan Tohir-Zuhrolar,
Bevafo ko‘p ekan dunyoda [Yusuf M., 2019:30].
Shoir buyuk yozuvchi, mutaffakkir olim Alisher Navoiy “Xamsa” sining
“Layli va Majnun” dostonidagi Layli va Majnunga ishora qilib, she’rni
intertekstuallik namunasi bilan boyitmoqda.
Ertak ekan Tohir-Zuhrolar,
Bevafo ko‘p ekan dunyoda misralarida esa xalq ijodi sanalgan “Tohir va
Zuhra” dostonidagi ikki oshiqlarning otashin muhabbati i endi uchramasligi va u
faqat dostonda qolib ketgani haqidagi fikr qisqa va lo‘nda qilib ifodalagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |