«problems of research and education of the uzbek language»


International scientific-theoretical conference on the topic


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana03.10.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1691216
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUHAMMAD YUSUF IJODIDA INTERTEKSTUALLIK VA UNING MANBALARI

International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE» 
www.myscience.uz 
44 | 
ta’kidlab, ko‘proq badiiy matndagi intertekstuallik tamoyiliga urg‘u 
beradi[Kristeva, 1967]. 
Ma’lumki, Sharq adabiyoti, xususan o‘zbek badiiy matnida qadimdan 
didaktik ruh ustunlik qilgan. Ana shu didaktik ruhni berish uchun avval badiiy 
matnda maqol, matallardan foydalanish keng tarqalgan bo‘lsa, keyinchalik islom 
dini kirib kelgach, Qur’on parchalari, hadis namunalaridan badiiy matnga kiritish 
an’anasi avj oldi. Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qissasi 
Rabg‘uziy” asarlarida aynan shunday usul qo‘llanganini kuzatishimiz mumkin. Shu 
bois Sharq, xususan, o‘zbek adabiyotida Qur’on parchalari, hadislar, folklor 
namunalari: maqol, matal, afsona va rivoyatlardan intertekst sifatida faol 
qo‘llanilgan[Xomidova, 2019]. 
Muhammad Yusuf ijodida ham intertekst turlaridan juda o‘rinli va unumli 
foydalanilgan. Shoir she’riyatida uchraydigan intertekstuallik asosan quyidagi 
manbalar asosida hosil qilingan: 
1. Muqaddas kitob, hadislar. 
2. Folklor namunlari: afsona, doston, ertak, rivoyat va maqollar. 
3. Tarixiy voqea-jarayonlarga ishora qiluvchi allyuziyalar. 
4. Mashhur badiiy asarlar muallifi va qahramoniga ishora qiluvchi 
allyuziyalar.
Bularda eng ko‘p xalq maqollari, afsona va rivoyat, dostonlariga ishora 
qiluvchi intertekstlar shoir ijodida yetakchilik qiladi: 
Sen tebratgan beshigini Sohibqiron 
Sening bolang yulduzlarga qo‘ygan narvon 
Bir mayizni qirqqa bo‘lgan bir tanu-jon
Kunlaringga qaytay desang -xalq bo‘l elim! 
Bo‘lar elning bolalari bir -birin der, 
Bo‘lmas elning bolalari bir-birin yer,
Bir bo‘l endi, qadri baland qaddingni ker,



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling