«problems of research and education of the uzbek language»
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
MUHAMMAD YUSUF IJODIDA INTERTEKSTUALLIK VA UNING MANBALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chambil yurtda Alpomishga Navkar bo`lib tushgayman, Padarkushdan pana qilib Ulug`beging
- International scientific-theoretical conference on the topic: «PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE» www.myscience.uz
www.myscience.uz
47 | Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko‘rgan cho‘pon Cho‘lig‘imsan Vatanim . Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin - Qurdistonda, Boburing - Hindistonda, Bu qanday yuz qarolig` deb Yotarlar zimistonda, Tarqab ketgan to`qson olti Urug`imsan, Vatanim… O`g`lim desang osmonlarga G`irot bo`lib uchgayman, Chambil yurtda Alpomishga Navkar bo`lib tushgayman, Padarkushdan pana qilib Ulug`beging quchgayman, G`ichir-g`ichir tishimdagi So`lig`imsan, Vatanim… “Vatanim” she’rida bir qancha tarixiy shaxslar va ularning qahramonliklari shoir tomonidan bitta so‘z, allyuziya bilan ochib berilgan. Kitobxon she’rni o‘qish jarayonida Mashrab, Navoiy, Yassaviy kabi buyuk ulamolarning o‘z davridagi turmush tarzi va xalq bilan bo‘lgan munosabatini bir misardayoq anglashi tabiiydir. Sen Mashrabsan, Xalqqa tumor, Balxda dorga osilgan Mashrabning hayot yo‘liga nazar solsak, uning biror shahar-qishloqqa borishi izsiz o‘tmagan. Ma’lum bir shov-shuv yoki muhokamaga sabab bo‘lgan. Oddiy xalq International scientific-theoretical conference on the topic: «PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE» www.myscience.uz 48 | uni samimiyat va xursanchilik bilan kutib olgan. Hokim, amaldor, riyokor kishilar esa uni hadiksirab, dushman sifatida sovuq qarshi olgan. Shu sababdan ham misralarda “xalqqa tumor” bo‘lgani uchun hokim tabaqa va bir guruh riyokorlar Mashrabga dushman sifatida qarab jisman yo‘q qilish niyatida bo‘lgani va Balxda Mahmudbek Qatag‘onning hukmi bilan qatl etilgani haqidagi tarixiy voqelik nazarda tutilgan. Navoiysan shoh yonida Faqirni duo qilgan - Navoiy esa vazir bo‘lgan vaqtda ham oddiy xalq uchun, xalqning turmush tarzini yaxshilash uchun bir qancha ishlarni amalga oshirganini misralarda ko‘rsatgan. Navoiy xalq uchun masjid, madrasa va hammomgacha qurdirgani bizga sir emas. Muqannasan qorachig‘i Olovlarga sachragan - Muqanna isyoni Movorounnahrda Arab xalifaligiga qarshi ko‘tarilgan xalq ozodlik harakati bo‘lgan. Isyonda dehqonlar, qishloq hunarmandlari va mahalliy zodagonlarning bir qismi qatnashgan. Bunda oddiy xalq ijtimoiy tenglikni targ‘ib qilgan. Uzoq davom etgan jangda oq kiyimlilar qo‘li baland kelayotgan bir payda Muqannaning ukasi Qabzam 3000 kishilik qo‘shini bilan Sayd Harashiyga taslim bo‘ladi. Ammo arablarga taslim bo‘lishni istamagan Muqanna o‘zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo‘ladi. Bu orqali shoir xalq tarixidagi o‘ziga xos jihatlarni, qiyinchiliklarni ham qalamga olgan. Shiroqlarni ko‘rgan cho‘pon Cho‘lig‘imsan Vatanim - Shiroq oddiy bir cho‘pon bo‘lgan. Shiroq xalqini Doro I bosib olishini istamay, unga ga qarshi fitna ishlatadi. Quloq burnini kesib qo‘shin oldiga chiqadi va yolg‘ondan ularni shaharga kiritmasdan sahoroga qarab olib ketadi. Bu orqali ijodkor vatan oldida hattoki o‘z jonini berishga tayyor Shiroq kabi mard, jasur farzandlaring bo‘lgan va hozir ham uning avlodlari yo‘q emas degan fikrni ixcham, lo‘nda tarzda intertekst sifatida bayon qilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling