Professional ta’lim” fakulteti “texnologiya
Download 202.09 Kb.
|
kurs ishi
SOVUQ PARHEZ TAOMLARI
1-son parhez dasturxoni uchun sovuq taom va gazaklar turi ma’lum darajada cheklangan. Bunda baliqning donador yoki tuzlangan qora uvuldurugiari ko’p berilmaydi, seld yog’i, suzma pishlog’i, qaynatib pishirib sovitilgan bahq (yog’siz holdagisi), sabzavot pishirilgan suvda tayyorlangan jele asosida tayyorlangan go’sht yoki baliq frikadelkasi, yog’siz dudlangan cho’chqa go’shtini, pishirib tayyorlangani, mol pushti mag’izining go’sht qiymalagichdan o’tkazilgani, sabzining asal bilan aralashtirilgani ko’zda tutiladi. 2-son parhez dasturxoni uchun yog’siz dudlangan cho’chqa go’shti, doktor kolbasasi, bo’ktirib tuzi ketkazilgan seld, seld yog’i, pishloqli yog’, pishloq, dudlangan baliq (yog’siz), baliqning donador yoki tuzlangan qora uvuldurug’i, jigar pashteti, baqlajon yoki qovoqcha ikrasi, smetanali ko’k salat, sabzi bilan asal aralashmasi, pomidor bilan sariyog’ beriladi. 5-son parhez dasturxoni uchun har xil sovuq taom va gazaklar beriladi. Yangi yoki pishirilgan sabzavot salatlari, vinegretlar tay\’orlashda pista moyi, zaytun moyi, smetana ishlatiladi. Bunday taomlarda tuzlangan bodring o’miga nordon bo’lmagan tuzlangan karam ishlatiladi. Ishlatiladigan sabzavotlar bug’da pishiriladi. Pishirilgan baliq va go’shtli taomlar sof holda yoki sardak bilan (til, go’sht, gamirli baliq) beriladi. Bular uchun jele sabzavot qaynatilgan suvda tayyorlanadi. Sabzavot taomlaridan — qizilcha smetana bilan, tu ф olma bilan, baqlajon va qovoqcha ikrasi beriladi. Bo’ktirib tuzi ketkazilgan seld chopilgan holda yoki seld yog’i beriladi. Tayyorlanadigan salatlarga limon sharbati yoki 2% li limon ishqori qo’shiladi. Sabzi olma bilan (2, 5-son parhez dasturxoni). Ishlovdan o’tgan olma urug’i, pardalaridan tozalanib somoncha shaklida to’g’ralib, ishlovdan o’tib somoncha shaklida to’g’ralgan sabzi va shakar, smetana bilan aralashtiriladi. Sabzi 68 g, olma 28 g, smetana 20 g, shakar 2 g. Sof og’irligi 100 g. Lavlagi smetana bilan (2, 5-son parhez dasturxoni). Lavlagi pishirilib, tozalanib, somoncha shaklida to’g’raladi yoki qirg’ichdan o’tkaziladi va limon ishqori, smetana, shakar qo’shib aralashtiriladi. Likopchaga solib ustidan to’g’ralgan ukrop sepib beriladi. Qora olxo’rili lavlagi salati (5-son parhez dasturxoni). Quritilgan qora olxo’ri saralab yuviladi, sovuq suvda bo’ktirilib danagidan ajratiladi. Lavlagi tozalanib, 307 mayda kubik yoki tilim-tilim shaklida to’g’raladi. Oz suvda pishirilib, sovitiladi va qora olxo’ri va o’simlik yog’i yoki smetana qo’shib aralashtiriladi. Salatni tayyorlashda biroz shakar qo’shilishi va tarqatishda ko’kat bilan bezalishi ham mumkin. Marinaddagi baliq frikadelkasi (5-son parhez dasturxoni). Baliq lahm go’shti qiymalagichdan o’tkazilib, suvda bo’ktirilib, suyuqligi siqilgan qobiqsiz bulka non bilan aralashtirilib yana bir marta go’sht qiymalagichdan o’tkaziladi. Hosil bo’lgan kotlet massasi urib pishitiladi, mayda sharchalarga bo’lib bug’da pishiriladi. Idishga frikadelka solinib, ustidan tomatli sabzavot marinadi quyiladi va qaynatiladi. Uni sovitib, tarqatishda ustidan ko’kat sepib beriladi. Sardakli go’sht pishlogM (1, 2, 5-son parhez dasturxoni). Pishirilgan go’sht qiymalagichdan 3—4 marta o’tkaziladi va sovuq quyuq sut sardagi, yumshatilgan sariyog’, tuz qo’shib ko’pirarli darajada aralashtiriladi. Aralashmalar boMaklarga boMinib shayba shakli beriladi, usti sariyog’, sut sardagi aralashmasida bezalib, muzxonada qotiriladi. Download 202.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling