Professional ta’lim” fakulteti “texnologiya
Bu parhezda qanday ovqatlanish kerak?
Download 202.09 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- DASH parhezi
- Bu parhezda qanday ovqatlanish kerak
Bu parhezda qanday ovqatlanish kerak?
O’rta yer dengizi parhezida biror mahsulotdan to’liq voz kechish talab qilinmaydi. Asosiy qoidalarga rioya qilinsa bo’lgani: • Qovurilgan taomlardan kamroq iste’mol qiling; • Yog’lilik darajasi kam bo’lgan pishloqlarni tanlang: motsarella, feta, xalumi; • Salatlarni zaytun yog’i bilan aralashtiring; • Go’shtdan ko’ra ko’proq baliq yeng. Go’sht mahsulotlaridan tovuq go’shti , kurka go’shti va tuxumni tanlang; • Ko’proq sarxil sabzavot va ko’katlar, pomidor, baqlajon, bulg’or qalampiri, tsukini, tog’ jambili, rozmarin, qorayalpiz va rayhon iste’mol qiling; • Oq nonni kepak unidan tayyorlangan nonga almashtiring. DASH parhezi Sakkiz yil ilgari olimlar DASH oziqlanish tizimi (Gipertoniyani davolashga parhezcha yondashuv)ni ishlab chiqishdi. Amerika yurak, o’pka va qon kasalliklari milliy institutining xabar berishicha, u xolesterin miqdorini kamaytirib, vazn tashlashga yordam beradi. DASH diabetga chalingan bemorlar, ozish va yurak kasalliklari uchun eng yaxshi parhez toifalarida ikkinchi o’ringa munosib ko’rildi. Atlanta universiteti doktori Sharon Bergkvistning izoh berishicha, bunday parhez yallig’lanish jarayonlarini kamaytiradi, yurak uchun foydali va ichak bakteriyalariga qarshi kurashadi. Bu parhezda qanday ovqatlanish kerak? DASH ham O’rta yer dengizi parhezi kabi tanlovni u qadar cheklamaydi, shu bois unga rioya qilish qiyinchilik tug’dirmaydi. Asosiy qoidalar quyidagilardan iborat: • Imkon qadar ko’proq qayta ishlanmagan mahsulotlarni iste’mol qiling: mevalar, sabzavotlar, dukkaklilar, don mahsulotlari, yong’oqlar va urug’lar; • Dudlangan va konservalangan mahsulotlarni ko’p iste’mol qilmaslikka harakat qiling; • Kuniga kamida 4-5 porsiya meva yo sabzavot iste’mol qiling; • Ko’proq baliqni tanlang, go’shtni esa haftasiga 2-3 marta iste’mol qilsangiz bo’ladi; • To’yingan yog’ ko’p bo’lgan mahsulotlarni cheklang: yog’li go’shtlar, yog’li pishloqlar va h.k. • Tuzni kamroq iste’mol qiling: uning o’rniga ziravorlardan foydalanishga harakat qiling • Yong’oq yeng; • Imkon qadar oq unni kepak uniga almashtiring. Download 202.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling