Professional ta’lim muassasalarini 2022/2023 o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha Avgust seminarlarini o‘tkazish to‘g‘risida


Download 0.62 Mb.
bet2/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1070406
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Август семинар buyrug\'i 12.08.22

ikki kun muddatda professional ta’lim muassasalarida 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha ishchi guruh ro‘yxatini shakllantirish;
uch kun muddatda Avgust seminarlarini tashkil etish va o‘tkazishda kasb va mutaxassisliklarni seksiyalarga taqsimlash jadvallarini ishlab chiqish va o‘tkazilishini muvofiqlashtirish;
Avgust seminarlariga vazirlik va idoralarning hududiy vakillari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va professor-o‘qituvchilari hamda yirik ish beruvchi korxonalar, klasterlar hamda tashkilotlar vakillarini taklif etish;
Avgust seminarlarini o‘qitishning zamonaviy va interfaol metodlarini joriy etish orqali raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqqan o‘qituvchi hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalarini jalb etgan holda yuqori darajada jihozlangan auditoriya va ustaxonalarda tashkil etish;
dual ta’lim joriy etilgan professional ta’lim muassasalari va hamkor tashkilotlar bilan dual ta’lim prinsiplarini joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni ommalashtirish hamda tajriba almashishni tashkil etish;
Avgust seminarlari ishtirokchilarini tanlashda ularning kelgusida o‘zlari faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalarida aynan shu kabi seminar o‘tkazishlarini inobatga olgan holda ularning pedagogik mahorati, tashabbuskorligi, yangilikka intiluvchanligi kabi jihatlariga alohida e’tibor qaratish;
Avgust seminarlari mashg‘ulotlarini namunaviy dasturlarga binoan tashkil etish;
Avgust seminarlarida muhokama etilgan fanlarning o‘qitish metodikalarini ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirish va pedagoglarning mahoratini oshirishni tashkil etish;
Avgust seminarlari o‘tkazilishi belgilangan professional ta’lim muassasalarida shakllantirilgan guruhlar sonidan kelib chiqib, zamonaviy jihozlangan auditoriyalar, texnik vositalar (kompyuter, videoproyektor, ekran, flipchart doskasi kabi zaruriy jihozlar) va ularga xizmat ko‘rsatuvchi texnik xodimlarni jalb etish hamda tegishli shart-sharoitlarni yaratish;
Avgust seminarlarining yalpi yig‘ilishini ko‘tarinki ruhda tashkil etish, hokimliklar, yirik ish beruvchilar va homiylarni jalb qilgan holda alohida o‘rnak ko‘rsatgan professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglarini rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;
Avgust seminarlarini tashkil etilishi, o‘tkazilishi va uning natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish;
Avgust seminarlari to‘g‘risida foto va videolavhalar hamda ma’lumotlarni tasdiqlagan holda joriy yilning 10-sentabriga qadar Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasish institutiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
6. Axborot xizmati (M.Ibodov)ga Avgust seminarlarining o‘tkazilishini ommaviy axborot vositalarida yoritib borilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
7. Avgust seminarlariga biriktirilgan xodimlarning xizmat safari bog‘liq sarf-xarajatlari ularning asosiy ish joylaridan o‘rnatilgan tartibda qoplansin.
8. Mazkur buyruq ijro nazorati vazir o‘rinbosari S.Siddiqova zimmasiga yuklatilsin.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling