Professional ta’lim muassasalarini 2022/2023 o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha Avgust seminarlarini o‘tkazish to‘g‘risida


Download 0.62 Mb.
bet3/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1070406
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Август семинар buyrug\'i 12.08.22

Vazir A.Toshqulov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining


2022-yil ____ - avgustdagi
______-sonli buyrug‘iga 1-ilova
Avgust seminarlari tashkil etiladigan sho‘balar
RO‘YXATI

Sho‘balar nomi

Umumta’lim fanlari bo‘yicha sho‘balar

1-sho‘ba: Ijtimoiy-gumanitar fanlar

2-sho‘ba: Aniq va tabiiy fanlar

Umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha sho‘balar

3-sho‘ba: Ta’lim, san’at va madaniyat

4-sho‘ba: Ijtimoiy fanlar, tabiiy fanlar, biznes va huquq

5-sho‘ba: Muhandislik ishi, ishlov berish texnologiyasi va qurilish

6-sho‘ba: Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

7-sho‘ba: Qishloq va suv xo‘jaligi

8-sho‘ba: Xizmatlar sohasi

9-sho‘ba: Sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot

Ishlab chiqarish ta’lim ustalari bo‘yicha sho‘balar

10-sho‘ba: Muhandislik ishi, ishlov berish texnologiyasi va qurilish

11-sho‘ba: Qishloq va suv xo‘jaligi

12-sho‘ba: Xizmatlar

Boshqaruv xodimlari sho‘basi

13-sho‘ba: Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik va jismoniy tarbiya rahbarlari

14-sho‘ba: Bo‘lim boshliqlari va uslubchilar

15-sho‘ba: Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va psixologlar

16-sho‘ba: Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va Bosh buxgalterlar

17-sho‘ba: Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va katta ustalar

18-sho‘ba: O‘quv ishlar bo‘yicha va o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari.

19-sho‘ba: Professional ta’lim muassasalari direktorlari

Avgust seminarlari sho‘balarining yakuniy yig‘ilishi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining


2022-yil ____ - avgustdagi
______-sonli buyrug‘iga 2-ilova
PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARIDA AVGUST SEMINARLARINI O‘TKAZISH TARTIBI

Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atlarda jadal rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining o‘sish tezligi kuzatilmoqda. Inson potensialini shakllantirish mamlakatning jahon arenasidagi raqobatbardoshlik darajasini va uning innovatsion taraqqiyoti hamda kelajagini belgilab beruvchi asosiy omillardan biridir.


Professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, turli yoshdagi ta’lim oluvchilarda mehnat bozoriga yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini shakllantirish orqali ularni iqtisodiyot tarmoqlarida munosib ish o‘rinlarini topish imkoniyatlarini kengaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’limi tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 466-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyuldagi “Aholini kasb-hunarga tayyorlash va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi yig‘ilishida belgilangan vazifalar asosida Professional ta’limi sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha tashkil etiladigan Avgust kengashlarini Professional ta’limi muassasalari rahbar-pedagog xodimlarining mas’uliyati, tashabbuskorligi va kasbiy mahoratlarini yanada oshirishga qaratilgan.
Avgust seminarlariini o‘tkazish
Mamlakatimizda Professional ta’lim sohasidagi tub islohotlar natijasida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab yangi formatdagi professional ta’lim muassasalarida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash jarayonlari boshlandi. Bu jarayonlarni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish va ta’lim natijadorligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalari va xalqqa qilgan Murojaatnomasida 2020-yildan e’tiboran Milliy malaka tizimi yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin Professional ta’lim muassasalari rahbar-pedagog xodimlarining Avgust seminarlari va sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazish jarayonlarini tartibga solish.
Vazifasi: Professional ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin Avgust seminarlari va sho‘ba yig‘ilishlari orqali professional ta’lim muassasalari rahbar-pedagog xodimlarining mas’uliyati, tashabbuskorligi va kasbiy mahoratlarini yanada oshirish hamda yangi o‘quv yilida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda innovatsion ta’lim texnologiyalarni joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan Professional ta’lim muassasalariga metodik ko‘maklashish maqsadida Avgust seminarlari va sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘quv amaliy seminar tashkil etiladi.
Sho‘ba yig‘ilishlarida o‘tgan yilgi belgilangan vazifalar va ularning ijrosi, kelgusida rejalashtirilgan ishlar haqidagi tahliliy monitoring jadvallari tayyorlanadi. Shuningdek, ta’lim muassasasi direktor, direktor o‘rinbosarlari, metodik birlashmalar, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’lim ustalari uchun yillik ish rejalarni tuzish bo‘yicha takliflar beriladi.
Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari, ortga qolgan o‘quv yilida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni yangi o‘quv yilida takrorlamaslikdir.
Yangi o‘quv yiliga ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalar, o‘zaro tajriba almashish. Yangi qabul qilingan rahbar xodimlar uchun master klasslar o‘tkazish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarma boshliqlari, o‘rinbosarlari hamda Professional ta’lim muassasalariga metodik ko‘maklashish bo‘yicha seminarlarda ta’lim muassasasi direktorlari, o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlar, ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, yoshlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, moliya-iqtisod bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bosh buxgalterlar, harbiy chaqiriqgacha tayyorgarlik rahbarlari, jismoniy tarbiya rahbarlari, uslubchilar, bo‘lim boshliqlari, umumta’lim, umumkasbiy va maxsus fan o‘qituvchilari, ishlab chiqarish ta’lim ustalari va bosh ustalari uchun hududiy boshqarmalar tomonidan tasdiqlangan grafik hamda dislokatsiya asosida sho‘ba yig‘ilishlari tashkil etiladi.
Umumta’lim, umumkasbiy va maxsus fan o‘qituvchilari, ishlab chiqarish ta’lim ustalari va bosh ustalari uchun sohalar kesimida tasdiqlangan grafik asosida sho‘ba yig‘ilishlari tashkil qilinadi.
Hududiy boshqarmalar tomonidan seminar ishtirokchilari ro‘yxati shakllantiriladi. Seminar ishtirokchilarini qatnashishi uchun shaxsan ta’lim muassasasi rahbarlari mas’ul hisoblanadi.
Hududlarda o‘tkaziladigan Avgust seminarlariga tayyorgarlikni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlarida moderatorlik qilish uchun tanlab olingan tajribali trener-o‘qituvchilar va uslubchilarga hududiy boshqarmalar tomonidan o‘quv seminarlar tashkil etiladi.
Seminar mavzulari asosida moderatorlik qiladigan trener-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar, taqdimot materiallari tayyorlab hududiy boshqarmalar tomonidan muhokamadan o‘tkaziladi.
Avgust seminarlari o‘tkaziladigan professional ta’lim muassasalari ro‘yxati hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi. Avgust seminarlarini o‘tkaziladigan sho‘ba yig‘ilishlari uchun tanlangan professional ta’lim muassasalari zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan xonalarda o‘tkaziladi.
Hududlarda tashkil etiladigan Avgust seminarlari o‘quv amaliy seminarlari va sho‘ba yig‘ilishlarida mahorat darslari, professional ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalarini o‘quv me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, o‘quv-seminari ishtirokchilarini yangi innovatsion texnologiyalar bo‘yicha yaratilgan elektron o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar va o‘qitish matreiallari to‘plamini ko‘rgazma tarzida namoyish qilinadi.
Hududlarda o‘tkazilgan Avgust seminarlari natijalari bo‘yicha avgust oyining yakunida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Professional ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari va mutaxassislari, Professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktori, o‘rinbosarlar, bo‘lim, boshqarma boshliqlari va mutaxassislar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarma boshliqlari, metodistlar va hududlardagi faoliyat yuritayotgan professional ta’lim muassasasi rahbar xodimlari uchun onlayn va oflayn shaklida yakuniy seminar yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Professional ta’limi tizimida Avgust seminarlari va sho‘ba yig‘ilishlarni o‘tkazish jarayonlari bo‘yicha Respublika va viloyat ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borishi ta’minlanadi.
Hududlarda o‘tkazilgan Avgust seminarlari to‘g‘risidagi ma’lumot, fotoalbom va video lavhalari, pedagoglarning dars ishlanmalari, dars tahlillarini Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiga taqdim etiladi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling