Professional ta’lim muassasalarini 2022/2023 o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha Avgust seminarlarini o‘tkazish to‘g‘risida


Download 0.62 Mb.
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1070406
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Август семинар buyrug\'i 12.08.22

Professional ta’lim muassasalari boshqaruv xodimlari sho‘basi
NAMUNAVIY DASTURI





Mavzular

I.

Ta’lim va ijtimoiy sohada davlat siyosatining ustuvor vazifalari

Respublikaning jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlariga malakali mutaxassislar tayyorlashda professional ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarni yanada takomillashtirish, “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, kompetensiya va o‘qitish natijalariga asoslangan professional ta’limni rivojlantirish, ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, ish beruvchilarning ehtiyojlariga mos malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini ta’minlashning samarali usullaridan foydalanish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda zamonaviy boshqaruv texnologiyalarni keng joriy etish masalalari muhokama etiladi.





II.

  1. Professional ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni holati
    (Tahliliy ma’ruza) tahliliy ma’ruza.

Tahlil predmeti:

  • 2022/2023-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o‘quv me’yoriy va normativ hujjatlar bilan ishlash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni keng joriy etish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar beriladi;

  • Ta’limni boshqarish va taym menejment prinsiplarini qo‘llash;

  • Boshqaruvda qarorlar qabul qilish va inson resurslarini boshqarish;

  • Samarali kasbga yo‘naltirishda marketing strategiyalarini qo‘llash;

  • SWOT tahlillar asosida ta’lim muassasalari barqarorligini ta’minlash;

  • Pedagog kadrlar kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida ish beruvchi tashkilot bazalaridan foydalanish;

  • Dual ta’limni joriy etishda ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish;

  • Xalqaro tajribalarni o‘rganish va implementatsiyasini ta’minlash;

  • WorldSkills standartlarini tegishli kasb va mutaxassisliklarga joriy etish;

  • O‘quv-adabiyotlari va o‘qitish materiallari to‘plamlari bilan ta’minlash;

  • Professional ta’lim muassasalari uchun o‘qitish materiallari to‘plamini yaratishni tashkil etish;

  • Tayanch professional ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;

  • Professional ta’lim muassasalarini o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda innovatsion texnologiyalari asosida sarflanadigan materiallar hamda zarur xom-ashyo bilan ta’minlash me’yorlari va mexanizmini amalda qo‘llash;

  • Pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning dolzarb masalalari, 2021-2022-o‘quv yilida ta’lim muassasalarining pedagog kadrlar attestatsiyasi tahlili;

  • Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standarti “Chet tillari bo‘yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar”ni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish;

Bitiruvchilarni ishga joylashish ko‘nikmalari (rezyume yozish, suhbatga tayyorlash)ni rivojlantirish bo‘yicha tajribalar bo‘yicha taqdimotlar qilinadi. Ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida amalga oshirilgan tajribalar bo‘yicha mavzular:

  • Umumkasbiy va maxsus fan, xorijiy til o‘qituvchilarini malakasini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish;

  • Ishlab chiqarish ta’limi ustalari malakasini oshirishda innovatsion texnologiyalarni samarali qo‘llash;

  • Amaliy mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan xom-ashyolardan unumli foydalanish;

  • Amaliy ta’lim jarayonida asosiy vositalar jihoz va uskunalardan foydalanish; kasbiy ta’lim samaradorligini oshirishda axborot resurs markazlari faoliyatini rivojlantirish;

  • Kasbiy ko‘rik tanlovlar, olimpiadalar orqali iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning samarali uslublarini tashkil etish;

  • Amaliy ta’lim jarayonini rivojlantirish uchun ta’lim muassasasida innovatsion metodik ishlarni tashkil etish;

  • Amaliy ta’lim jarayonini tashkil etishda ishlab chiqarish korxonalarining yangi texnologiyalarini tahlil qilish;

  • Ta’lim muassasalarida innovatsion texnologiyalari asosida amaliy kasbiy ta’lim jarayonini tashkil etishdagi ilg‘or tajribalar va yuqori salohiyatli pedagog kadrlarning tajribalarini ommalashtirish;

  • WorldSkills standartlari, baholash prinsiplarini tegishli kasb va mutaxassisliklarga joriy etish bo‘yicha taqdimotlar qilinadi;

  • Ommaviy madaniyat tahdidi va unga qarshi kurash yo‘llari;

  • Ta’lim muassasalarida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish;

  • O‘quvchi-yoshlarni diniy ekstremizm va terrorizm xavfidan ogoh etish, soxta diniy g‘oyalar va aqidaparastlikka qarshi mustahkam tafakkurni shakllantirish;

  • O‘quvchi-yoshlarni “Internet xurujidan” himoya qilish;

  • Erta nikoh, erta tug‘ruqlarning oldini olishda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimotlar qilinadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining
2022-yil ____ - avgustdagi
______-sonli buyrug‘iga 3-ilova



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling