Professional ta’lim muassasalarini 2022/2023 o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha Avgust seminarlarini o‘tkazish to‘g‘risida


Avgust seminarlari mashg‘ulotlari


Download 0.62 Mb.
bet4/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1070406
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Август семинар buyrug\'i 12.08.22

Avgust seminarlari mashg‘ulotlari
NAMUNAVIY DASTURI
Professional ta’lim muassasalari Umumkasbiy va maxsus fanlar, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha sho‘balari





Mavzular

I.

Ta’lim va ijtimoiy sohada davlat siyosatining ustuvor vazifalari:
Respublikaning jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlariga malakali mutaxassislar tayyorlashda professional ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarni yanada takomillashtirish, “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, kompetensiya va o‘qitish natijalariga asoslangan professional ta’limni rivojlantirish, ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, ish beruvchilarning ehtiyojlariga mos malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini ta’minlashning samarali usullaridan foydalanish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda zamonaviy boshqaruv texnologiyalarni keng joriy etish masalalari muhokama etiladi.

II.

FANNI O‘QITISH HOLATI
(Tahliliy ma’ruza)
Tahlil predmeti:

  • Fanlarning metodik ta’minoti holati, metodik xizmat sifatini oshirishdagi asosiy vazifalar;

  • Ta’lim texnologiyalari, ularning sifati;

  • Yangi o‘quv yilida ta’lim sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar;

  • O‘quv-me’yoriy hujjatlarda o‘zgarishlar va ulardan kelib chiqadigan yangiliklar;

  • Fan o‘qituvchilari salohiyati, o‘qituvchilarga ehtiyoj;

  • Moddiy-texnika ta’minoti;

  • Adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati;

  • Professional ta’lim muassasalari uchun o‘qitish materiallari to‘plamini yaratishni tashkil etish;

  • O‘qituvchilarning malaka oshirish va pedagogik qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etganlik holati;

  • Dars jarayoniga yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarning joriy etilishi;

  • Dars jarayoniga axborot kommunikatsion texnologiyalarining joriy etilishi;

  • Amaliy mashg‘ulotlar uchun tarqatma va didaktik materiallar (portfolio, keys-stadi, o‘qitish materiallari to‘plamlar) asosida hamda amaliy mashg‘ulotlarga mavzudan kelib chiqqan holda xomashyo ajratilishi;

  • Umumta’lim fan dasturlarining kasbga yo‘naltirilganligi;

  • Ta’lim jarayonida metodik ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar;

  • Pedagoglarning chet tillarini o‘zlashtirish samaradorligi;

  • Malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari asosida ishchi o‘quv reja va ishchi dasturlarini yaratish tajribalari;

  • O‘quv-me’yoriy hujjatlarni dars jarayoniga tadbiq etilishi;

  • O‘quvchilarning fan olimpiadalarida ishtiroki;

  • Jihoz va uskunalardan samarali foydalanish;

  • Fandan jihozlar yuklamasini joriy etilganligi.

  • Erishilgan ijobiy natijalar: (har bir fan yo‘nalishida bayon etiladi),

  • Yuzaga kelgan muammolar: (har bir fan yo‘nalishida bayon etiladi),

  • Kelgusidagi vazifalar:(har bir fan yo‘nalishida bayon etiladi).


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling