Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida adabiy til me’yorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, namunaviy nutq hozirgi ozbek adabiy tili talablariga mos holda shakllangan bolishi, turli g’ayriadabiy va g’ayriaxloqiy til elementlaridan xoli bolishi kerak. Bu masalaning til jihati bolib, nutqiy tozalikning tildan tashqari – paralingvistik jihatlari ham undan kam bolmagan ahamiyatga ega. Chunki u boy ma’naviy-axloqiy qadriyat-larga ega bolgan va bugun mustaqillik davrida yashab, dunyo hamjamiyati bilan teng mavqyeda muloqotda bolayotgan ozbek xalqining madaniy darajasiga mos bo`lishi lozim. Nutqimizning sofligiga, asosan, quyidagilar ta’sir qiladi: 1. Mahalliy dialekt va shevalarga xos soz, ibora, shuningdek, grammatik shakllar, soz va soz birikmalari-ning talaffuzi, urg’usi. 2. Orinsiz qollangan chet soz va soz birikmalari. 3. Jargonlar. 4. Vulgarizmlar. 5. Nutqda ortiqcha takrorlanadigan «parazit» sozlar. Nutqning ta'sirchanligi Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan og’zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e’tiborga olish ham muhim sanaladi. Ya’ni notiq auditoriyani hisobga olishi – ularning bilim daraja-sidan yoshigacha, hatto nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turilishi, nutqning tinglovchilar tomonidan qabul qilinishi nazorat qilib borilishi lozim boladi. Malakali bilimga ega bolgan kishilar oldida jon, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bolmagani kabi, oddiy, yetarli darajada ma’lumotga ega bolmagan auditoriya oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga yol qoyib bolmaydi. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi. Va butun diqqat-e’tibor ifodalamoqchi bolgan fikrni tolaligicha tinglovchilarga yetkazish vazifa qilib qo`yiladi. - E'tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |